O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.06.2018

OZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «Oliy ta’lim muassasalarida talim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taminlash bo‘yicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisida»gi qarori ahamiyati haqida fikr-mulohazalar

Eng avvalo shuni etirof etish joizki, mazkur qaror mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda oliy talim muassasalarining orni va ahamiyatini belgilashda, oliy talim sohasini tubdan yangicha shakllantirish va talim sifatini oshirishda shubhasiz muhim rol oynaydi.

Qarorning preambulasida oliy talim sifatining oshishiga hamda oliy talim muassasalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etishiga tosqinlik qiluvchi omillar orinli korsatilgan.

Malumki, oliy talimning samarasiga koplab omillar tasir qiladi. Bular qabul sifati, dars beruvchi professor-oqituvchilar bilim darajasi va malakasi, pedagogik mahorati, oquv rejalari va fan dasturlari tarkibi va mazmuni, ularning istemolchilar talabiga javob berishi, darsliklar sifati, oliy talim muassasalarining moddiy texnik bazasi kabilardir.

Lekin yuqoridagi omillarning ichida bugungi kunda, mening nazarimda, birlamchisi, eng zaruri, qisqa muddatda ijobiy natija berib, oliy talim sifatini kotarishga olib keladigan omil bor: talaba masuliyatining oshishi, mustaqil bilim olishga, oz ustida ishlashga undaydigan shart-sharoitning shakllanishi. Muayyan darajada buning sababi talabalar ozlashtirishini joriy baholashning maqomidadir.

Shu davrgacha biz oliy talim muassasalarida talabalar joriy ozlashtirishini oshirib baholab kelayapmiz. Sessiya yakunidagi qarzdorlik sonidan qati nazar, qayta topshirishga ruxsat berilishi talabani darslarni oqimaydigan, oqituvchini esa oz ustida ishlamaydigan qilib qoydi.

Qarorda belgilangan talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi togrisidagi nizomni ishlab chiqish bugungi kunning kechiktirib bolmaydigan vazifalaridan biri deb bilaman. Chunki amaldagi nizom talabalarni yalqovlikka, oqituvchilarni esa loqaydlikka olib kelmoqda. Shu sababli qarorda togri takidlanganidek, oqituvchi-xodim ishtiroki istisno etiladigan baholash tizimi talim sifatini baholashda optimal usuldir.

Talaba bilimini baholashning xolisligini taminlash nafaqat uning bilim olishiga intilishini ragbatlantiradi, balki dars berayotgan oqituvchining pedagogik faoliyati samaradorligini baholashda mezon bolishi mumkin. Oquv yili yakunida talim yonalishi yoki oliy talim muassasalarining ortacha reyting korsatkichiga nisbatan ozlashtirishi past guruhlarning oqituvchilari faoliyatiga baho berish omili yuzaga keladi.

Talaba bilimini baholashning yangi tizimiga otish, oqituvchilar faoliyatini baholash xulosalari, yakuniy davlat attestatsiyasi shaffofligi, obektivligini oshirish va boshqa bir qator choralarni amalga oshirish ogriqli masalalardir. Lekin bu ishlarni boshlamay mamlakat uchun havodek zarur bolgan, tom manoda uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi taqdiriga hal qiluvchi tasir korsatadigan muammo — oliy talim sifati masalasini yechib bolmaydi.

Albatta, har qanday dars shu vaqtda natija beradiki, qachonki talabaning ozi mustaqil ishlash tajribasiga va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish malakasiga hamda ozbek tilidan tashqari chet tillaridagi ilmiy va oquv adabiyotlarni oqish va tushunish darajasiga ega bolsa. Agar talaba talim jarayonida faol ishtirok etmasa, oliy talim muassasalaridagi barcha xatti-harakatlar, hattoki innovatsiyalar ham ijobiy natija bermaydi. Afsuski, bizning kuzatuv va tahlillarimiz shuni korsatayaptiki, bugungi talabaning aksariyat qismi rus yoki ingliz tilini deyarli bilmaydi, darslik bilan mustaqil ishlash konikmasiga ega emas.

Qabul sifati qobiliyatli, iqtidorli, oqishga ishtiyoqi bor yoshlarni oliy talim muassasalarga qabul qilish oliy talim sifati natijadorligining asosiy kafolatlaridan biri desak boladi. Shu sababdan uzoq yillardan buyon amaliyotda bolgan hozirgi test sinovlari oz dolzarbligini yoqotdi, desak boladi. Ular abituriyentni mantiqiy fikrlashga, imtihonda haqiqiy bilimini namoyish qilish imkonini bermaydi. Bu holat nafaqat oliy talim, balki, umumiy orta maktab talimi sifatiga, oquvchilarning oqishga munosabatiga, muayyan darajada keng jamoatchilik fikriga ham salbiy tasir korsatdi.

Abituriyent hujjatini qabul qilishni elektron shaklga otkazish tizimi abituriyentlar va ularning ota-onalarini ortiqcha tashvishdan xalos qiladi va oliy talim muassasalari ichki muhitini yanada soglomlashtirishga yordam beradi.

Respublika boyicha barcha oliy talim muassasalarida, muayyan talim yonalishida bir qolipdan chiqqan oquv rejalari asosida talim berilishi mantiqan noorinligini hayotning ozi korsatdi. Shuning uchun ham qarorda qoshimcha ravishda yetakchi oliy talim muassasalariga ozlari ishlab chiqqan oquv rejalari asosida talim jarayonini tashkil qilishga ruxsat berilishi xorijiy talim tizimlari maqomlariga yaqinlashishni taminlaydi. Har bir oliy talim muassasalarining oziga xos shakllanishi, bir-biriga oxshamas ilmiy-pedagogik maktablari talablari oquv rejalari va fan dasturlarida oz aksini topishi oliy talim tizimini maqsadli tashkil qilishning ilgor usullaridan biridir.

Qarorda belgilangan, oliy talim muassasalarida jamoatchilik kengashlarini tuzish, pedagog-oqituvchilarni ishga qabul qilish tizimini takomillashtirish natijasida professor-oqituvchilar tarkibi sifatini kotarish, qoshma oquv rejalari va fan dasturlari asosida xorijiy oliy talim muassasalari bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlash oliy talim sifatining oshishiga va binobarin, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga fundamental asos bolib xizmat qilishi tabiiy.

Qarorda oliy talim muassasalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda, davlat va jamiyat hayotida yuz berayotgan jarayonlarda ishtirokini faollashtirish boyicha chora-tadbirlar ham muhim shart qilib qoyilgan. Chunki, oliy talim muassasalari mamlakatimizda fan-maorif, madaniyatimizning yuksalishida, jamiyatimiz taraqqiyotida hal qiluvchi kuchdir. Oliy talim muassasalari hozirgi kunda ham davlat va jamiyat hayotida, undagi ozgarishlarni targib qilishda faol ishtirok etib kelmoqda. Shu manoda, bu qaror iqtisodiyotning real sektorlarini rivojlantirishga, innovatsion goya va ishlanmalarni yaratishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Oliy talim muassasalarida manaviy-marifiy ishlar boyicha prorektor lavozimi orniga yoshlar bilan ishlash boyicha prorektor lavozimining joriy qilinishi, talabalarni ilmiy faoliyatga yonaltirish, iqtidorli guruhlar tashkil qilish, yosh olim va talabalarning innovatsion tashabbuslarini qollab-quvvatlash va ragbatlantirish, imkonini beradi. Bu davlatimiz rahbarining yoshlarga alohida etiborining, Yoshlar ittifoqi roli va ahamiyatini oshirishdagi say harakatlarining yorqin tasdigidir.

Qarorning yana bir etiborli jihati shundan iboratki, oliy talim muassasalarida talabalarning oqishi va professor-oqituvchilarning samarali ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratishga ham alohida etibor qaratilgan. Adolat yuzasidan aytish lozimki, bugungi kunda viloyatlardagi aksariyat oliy talim muassasalarida Internet tizimining yomon ishlashi, professor-oqituvchilarning kompyuter texnologiyalari bilan taminlanganlik darajasining pastligi, chet ellarda malaka oshirish imkoniyatlarining chegaralanganligi, oquv-ilmiy laboratoriyalarning jismoniy jihatdan eskirishi talim sifati va samaradorligiga salbiy tasir korsatib kelmoqda.

Xulosa qilib aytganda, Prezidentimizning Oliy talim muassasalarida talim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taminlash boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori talim sohasi yangi va yuksak rivojlanish davriga kirganidan dalolat beradi.

Rustam XOLMURODOV,

Samarqand davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: