O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
05.06.2018

SIFATSIZ VA SERTIFIKATSIZ SOTILAYOTGAN MAHSULOTLAR

uchun javobgarlik kuchaytiriladimi?

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashida «Ozstandart» agentligi bilan hamkorlikda iste’molchilarni sifatsiz mahsulotlardan himoyalash mavzusida davra suhbati otkazildi. Tadbirda agentlik masul xodimlari Ozstandart tomonidan olib borilayotgan ishlar, standartlashtirish, olchovlarning yagonaligini taminlash va muvofiqlikni baholash tizimlarini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirishdi.

— Bozorlar jamiyat farovonligini, tokinligini ozida aks ettiradigan oziga xos vosita vazifasini otaydi, dedi OzXDP Markaziy Kengashi bolim boshligi Nilufar Yoldasheva. Shu manoda, ularda sifatsiz mahsulotlarning sotilishiga yol qoymaslik dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Lekin yashirishning hojati yoq, bu borada yechimini kutayotgan masalalar oz emas. Natijada istemolchilar tomonidan jiddiy etirozlar, shikoyatlar bolayapti.

Agentligimizga juda kop fuqarolardan bozorlarda sotilayotgan sifatsiz mahsulotlar togrisida shikoyatlar kelib tushayapti, deydi Ozstandart agentligi boshqarma boshligi Odiljon Tohirov. Shuning uchun istemolchilarni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish, tadbirkorlar ortasida soglom raqobat muhitini yaratish va sifatsiz mahsulotlarning yagona bazasini shakllantirish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda, nazorat xaridiga doir qaror loyihasi tayyorlandi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.

Qaror loyihasini tayyorlashdan avval xalqaro tajribani organdik. Yevropa Ittifoqi davlatlari ortasida rapeks tizimi bor bolib, undagi malumotlar bazasida har hafta sifatsiz mahsulotlarning royxati avtomatik ravishda yangilanib boriladi. Yaponiya, Janubiy Koreya, Belarus, Rossiya, Ukraina davlatlarida ham xuddi shu tizimda ish yuritilar ekan.

Otgan yili agentlikning sertifikatlashtirish idoralari, sinov laboratoriyalari tomonidan 141 milliard somlik mahsulot yaroqsiz, deb topilgan edi. Joriy yilning birinchi choragida 31 milliard somlik mahsulotning yaroqsizligi aniqlandi. Ularning asosiy qismini oziq-ovqat, avtomobil, skrining, maishiy texnika mahsulotlari tashkil qiladi. Sifatsiz mahsulotlarning asosiy qismi Xitoy, Rossiya va Turkiya davlatlari orqali kirib kelayapti.

Yaqinda Namangan viloyatida ishlab chiqarilayotgan kolbasa mahsulotidan namuna olib, laboratoriya sinovidan otkazdik. Natijalar shuni korsatdiki, kolbasa tarkibidagi yog organik kislotada erimadi. (Oshqozonimizda ovqatni hazm qilish uchun ishlab chiqariladigan kislota organik kislota hisoblanadi). Yani, kolbasaga inson oshqozonida hazm bolmaydigan yog qoshilgan. Kolbasa tarkibida modefikatsiyalangan organizm borligi, suniy boyoqlar ishlatilganligi malum boldi. Modefikatsiyalangan organizmni oziq-ovqat mahsulotlarida qollashni taqiqlash boyicha hozir qonunchiligimizga tuzatish kiritish ustida ish olib borilayapti. Lekin gap shundaki, hali bu ishlar yakunlangani yoq. Organizm uchun xavfli kolbasa mahsuloti esa sotilayapti.

Ozstandart agentligi tomonidan tuzilgan rejaga binoan biror-bir mahsulot tekshirilayotganida shaffoflikka amal qilinadi uni sotib olishdan tortib, laboratoriya, xulosalash jarayonlari videokameraga yoziladi.

Xorijiy davlatlarda mahsulot eskirishidan bir hafta oldin chegirma beriladi, bir kun oldin esa mahsulot rastadan olib tashlanadi. Lekin bizda bunday tizim yoq. Shuning uchun bularni ham korib chiqish kerak.

Bir qator davlatlarda sifatsiz mahsulot ishlab chiqqan va realizatsiya qilgan tadbirkorga eng kam oylik ish haqining 300-1000 barobarigacha jarima belgilanar ekan. Qozogistonda 300, Rossiyada 1000 barobar bolsa, Janubiy Koreyada bunday ish qilgan tadbirkor jinoiy javobgarlikka tortilib, umrbod qamoq jazosigacha jazolanar ekan.

Mamlakatimizda bunday xato uchun tadbirkor eng kam oylik ish haqining 3 barobarigacha miqdorda jarima tolaydi. Tasavvur qiling, tadbirkor bozorda 10 million somlik sifatsiz mahsulot sotayapti. U 500 ming som miqdorida jarima tolab, yana ishini davom ettiraveradi. Bizda hozircha ana shunday holat kuzatilmoqda.

Savdo rastalarida sifatsiz, sertifikatsiz sotilayotgan mahsulotlar juda kop. Buning oldini olish uchun agentlik xodimlari oz vakolati doirasidagi ishlarni amalga oshirmoqda.

Vazirlar Mahkamasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qaroriga kora, sifatsiz mahsulotlarni aniqlash boyicha yagona vakolat davlat soliq idoralariga berilgan. Ozstandart agentligi ushbu royxatga kiritilmagan. Qarorda davlat veterinariya qomitasi hamda Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining bozorlarda laboratoriyalari bolishi kerak, deb yozilgan.

2017-2018 yillar uchun Ozbekiston istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi bilan imzolangan memorandum asosida bozorlarda sotilayotgan mahsulotlar sifati laboratoriya tekshiruvidan otkazilayotgani, sifatsiz mahsulotlar haqidagi xulosalar tegishli tashkilotlarga berilayotgani haqida malumot berildi...

Davra suhbatida Ozstandart masul xodimlari Abdurauf Rasulov va Jamol Meliboyev ham kun tartibidagi masala boyicha oz fikrlarini bildirishdi. Ichki bozorlardagi istemol oziq-ovqatlari va boshqa turdagi mahsulotlar sifati boyicha jamoatchilik nazoratini yolga qoyish zarurligi haqida mulohazalar aytildi.

Shahboz SAIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: