O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.06.2018

BEBAHO NEMATNI ASRAYLIK

Suv – hayot demakdir. Obi-hayot bor joy gullab-yashnaydi, to‘kinlik va farovonlik boladi. Shu bois ota-bobolarimiz suvni e’zozlab, isrof bolishiga yol qoymagan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 29 may kuni otgan videoselektor yigilishida ham goza parvarishi, galla orimi, takroriy ekinlar ekish va suvdan oqilona foydalanish zarurligiga alohida etibor qaratildi.

Xosh, bu borada Surxondaryo viloyatida qanday ishlar amalga oshirilyapti? Mirishkor bobodehqonlar, mutaxassislar nima deydi?

Faxriddin UMAROV, «Topalang-Qoratog» irrigatsiya tizimi boshqarmasi boshligi:

— Tasarrufimizda umumiy uzunligi 354 kilometrni tashkil qiladigan 21 tumanlararo kanal va qator qurilmalar bor. Boshqarmamiz vohaning Qiziriq, Boysun, Qumqorgon, Shorchi, Uzun, Sariosiyo va Denov tumanlaridagi 117 ming 800 gektardan ortiq paxta, galla va boshqa ekin maydonlarini suv bilan taminlaydi. Joriy yilning fevral oyida 2018 yil mavsumida ekin maydonlarini suv bilan kafolatli taminlash va suv tanqisligi salbiy oqibatlarining oldini olishga qaratilgan kechiktirib bolmas chora-tadbirlar togrisida Vazirlar Mahkamasining qarori elon qilingandi. Shunga kora, sugorish davridagi ustuvor vazifalarni belgilab oldik. Qisqa davrda umumiy uzunligi 17,5 kilometrli magistral va tumanlararo kanallar tozalandi. Joylardagi 29 ta suv olchash va 9 ta yirik gidrotexnik inshootlar tamirlanib, 19 sugorish agregati hamda 10 quduq shay holga keltirildi.

Zamonaviy sugorish texnologiyalarini joriy qilish davr talabidir. Shunga asosan, amaldagi qishloq xojaligi yilida 266 gektar maydon tomchilatib sugoriladi. 725 gektar yerga kochma egiluvchan quvurlardan foydalansak, 642 gektardan ortiq ekinga plyonka yordamida suv taraladi.

Malumki, tunggi sugorish tejamkor va samarali usul hisoblanadi. Mazkur yonalishda boshqarmada maxsus ishchi guruhi tuzilgan bolib, tajribali xodimlar kuzatuv-monitoring ishlarini olib borayapti. Faoliyatini togri yolga qoygan istemolchilar ragbatlantiriladi, xojasizlarcha foydalanganlarga esa suv inspeksiyasi xodimlari tomonidan tegishli choralar koriladi.

Bahorning songgi on kunligidagi yomgir Topalang, Janubiy Surxon suv ombori va boshqa inshootlarni yetarli zaxira bilan toyintirdi. Ammo yoz va kuz oylarida tanqislik kuzatilishi mumkin. Mutaxassislar limit otgan yilga nisbatan 10-12 foizgacha kam bolishini malum qilishdi. Masalan, 2017 yilgi mavsumda (1 apreldan 1 sentabrga qadar) 998,5 million kub suv olingan bolsa, joriy yilda bu korsatkich ortacha 878 million kubni tashkil qilishi takidlanmoqda.

Qishloq xojaligi sohasini isloh qilish, gallakor, paxtakor va tomorqa yer egalari uchun zarur sharoitlar yaratish, eng muhimi, suv tanqisligining oldini olish boyicha viloyat hokimi Erkinjon Turdimov rahbarligida maxsus dastur asosida ish olib borilayapti.

Tolqin JUMAYEV, Denov tuman qishloq va suv xojaligi bolimi boshligining orinbosari:

Topalang suv ombori mamlakatimizdagi yirik inshootlardan hisoblanadi. Chuqurligi 170-180 metr, uzunligi 16 kilometr, eni esa 400-600 metrga teng. Havzaga Ozbekistondagi eng baland choqqi Hazrati Sulton muzliklaridan obihayot keladi. Ayni kunlarda 340-350 million kub suv toplangan. Bu meyorga yaqin, deganidir. Suv ombori Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Shorchi, Qumqorgon tumanlaridagi 130 ming gektarga yaqin maydonni suv bilan taminlaydi. Kelajakda bu korsatkich 265-270 ming gektarni tashkil qilishi kozda tutilgan.

Suv tanqisligini bartaraf etishda Uchqizil, Degrez, Oqtepa suv omborlari va Jarqorgon gidrouzeli ham ayni muddao bolmoqda. Vohada Surxondaryo, Sheroboddaryo, Qoratogdaryo, Topalangdaryo, Sangardakdaryo, Hazorbog, Daytolak, Qumqorgon, Amu-zang, Sherobod kabi daryo va kanallar bor. Tog va togoldi hududlarida yuzlab chashmayu buloqlar uchraydi. Bularning hammasi borliqning bebaho nematlaridir. Ammo suv serob ekan-ku, ertaga yana bir gap bolar, qabilida ish korish salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin...

Shokirjon MIRZAYEV, Sariosiyo tumanidagi Shodmon-Shokir fermer xojaligi rahbari, xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi:

Fermer xojaligimiz 2006 yilda tashkil topgan. Tasarrufimizda 40 gektar yer maydoni bor. 20 gektardagi bugdoy 5 marta sugorilgan bolsa, 3 marta ogit berildi. Har gektar maydondan ortacha 55-60 sentnerdan hosil olib, rejani 110 foizga bajarmoqchimiz.

Aprel oyining boshlarida 20 gektardagi chigit toliq va bir tekis undirib olingan edi. Zarur ogit berilib, uch marta kultivatsiya qildik. Hozir paxta qator oralariga ikkinchi ogit va navbatdagi ishlov berilyapti. Keyin sharbat suvi taraladi. Endi tunda sugorish usulidan foydalanamiz. Bir gektar maydondagi paxtaga ortacha 10-12 ming kub metr suv sarflansa, tunda bu korsatkich ikki martagacha kamayadi. Nam saqlanishi motadillashadi, hosildorlik ortadi. Obi-tobidagi ishlov esa hosilga hosil qoshadi. Dalalarni kollatmaslik va chanqatmaslik ham muhimligini unutmaslik kerak. Bir soz bilan aytganda, Gozadan kafolatli hosil yaratish zarbdor oyligida barcha agrotexnik yumushlarni sifatli va namunali amalga oshirishni ustuvor vazifa qilib belgilaganmiz.

Rustam RAMAZONOV, Ozbekiston XDP Sariosiyo tuman kengashi raisi:

Yaqinda deputatlar va faollar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi. Maxsus yol xaritasi tuzilib, Sariosiyo tuman Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhining 8 nafar azosi fermer xojaliklariga biriktirildi. Zarbdor oylikni namunali tashkil qilish vazifalari belgilab olindi.

Hozir suv tanqisligining salbiy holatlarini kamaytirish choralarini korishimiz muhim ahamiyatga ega. Biz partiya faollari va deputatlar bir oy davomida paxtakor va gallakorlar muammolarini organib, yordam korsatishimiz zarur. Ayniqsa, suvdan oqilona foydalanish bilan bogliq targibot ishlarini kuchaytirishimiz kerak boladi.

Abdumalik HAYDAROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: