O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
31.05.2018

OZBEKISTONGA MABLAG AJRATISH MIQYOSINI KENGAYTIRDIK. BIZ KOZLAGAN ASOSIY MAQSAD MAMLAKATDAGI ISLOHOTLARNI QOLLAB-QUVVATLASH

Reuters axborot agentligi yuqoridagi sarlavha ostida maqola chop etdi. Agentlik xodimi Butunjahon banki va Xalqaro valyuta fondidagi rasmiy shaxslar bilan suhbat qurdi. Ularning aytishicha, O‘zbekiston valyuta tizimini liberallashtirganidan iqtisodni kotarishga zudlik bilan kirishmogi zarur.

Bu jarayonda ogriqli nuqtalar ham bor — narxlar kotarilishi mumkin. Ayni paytdagi talablarga mos kelmaydigan kompaniyalar raqobatga bardosh berolmaydi.

Xalqaro valyuta fondining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo boyicha departamenti direktorining orinbosari Yuha Kahkonen aytishicha, inflyatsiyaga qarshi kurashish uchun kuchli byudjet siyosatini olib borish zarur.

Jahon banki ushbu oyda Ozbekistondagi tortta yangi loyiha uchun 940 million dollar ajratdi. Bunda asosiy e’tibor energetika, bogdorchilik va tibbiyot kabi tarmoqlarga qaratildi.

«Ozbekistonga mablag ajratish miqyosini kengaytirdik. Biz kozlagan asosiy maqsad mamlakatdagi islohotlarni qollab-quvvatlash. Ushbu islohotlar surati mustahkam bolsa hamda shu tarzda davom etsa, ajoyib bolardi», deydi Timmer.

Oz navbatida u mazkur islohotlarning mehnat bozoriga tasiridan xavotiri borligini aytib, ehtiyotkorlik bilan harakat qilish zarurligini bildirdi.

Kahkonenning aytishiga qaraganda, inflyatsiyani nazorat qilish eng birinchi navbatdagi vazifadir. Ayni paytda bu raqam 20 foizga yaqin. Fikrimcha, davlat buni tushira oladi. Faqat buning uchun kuchli moliyaviy va pul siyosatini olib borish zarur, deydi u.

Shuningdek, energetika sohasidagi yoqotishlarni va davlatning zarar korishini kamaytirish boyicha choralar korish zarur.

Ozbekistonda amalga oshirilishi zarur bolgan ishlar kop. Ammo qisqa muddatda narx va valyutani kurslarini, shuningdek, boshqa yonalishlarni ham liberallashtirish boyicha sezilarli natijalarga erishildi, deydi Kahkonen.

Temur AZAM tayyorladi.

***

· Birinchi yarim yillikda 5 milliard 886 million dollarlik eksport amalga oshirilib, prognoz korsatkichlari 100,9 foizga bajarilishi va 2017 yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 25 foiz osishga erishish moljallanmoqda.

Joriy yilning 4 oyi mobaynida mamlakatimiz boyicha tovarlar importi 4 milliard 858 million dollarni tashkil etib, 2017 yilning shu davriga nisbatan 1 milliard 111 million dollarga yoki 30 foizga oshgan.

Suv tanqisligi kutilayotgan Qashqadaryo viloyatida takroriy ekin maydonlari 30 ming gektarga, Samarqand viloyatida 42 ming gektarga, Buxoro viloyatida 20 ming gektarga, Navoiy viloyatida 14 ming gektarga va Qoraqalpogistonda 10 ming gektarga kamaytiriladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: