O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
31.05.2018

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ROSATOM DAVLAT KORPORATSIYASI BOSH DIREKTORINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bolib turgan «Rosatom» atom energiyasi boyicha davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, Ozbekiston bilan Rossiya ortasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlashga, ozaro manfaatli serqirra hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilayotgan oliy va yuqori darajadagi muloqotlar muntazamlik kasb etganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ozaro tovar ayirboshlash hajmi jadal ortib bormoqda, birgalikda investitsiya, energetika, sanoat, transport va boshqa sohalarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda, izchil hududlararo muloqot yolga qoyilgan, madaniy-gumanitar almashuvlar faollashdi.

Muzokarada fan va yuqori texnologiyalar sohasida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, ikki mamlakat ilmiy-tadqiqot institutlari va innovatsiya markazlari ortasida, jumladan, otgan yili imzolangan Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik togrisidagi hukumatlararo bitim doirasida yaqin hamkorlikni yolga qoyish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qoshma dastur va loyihalar doirasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash boyicha tizimli ishlarni tashkil etish muhimligi takidlandi.

Rosatom davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi rahbariyatining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Rossiya mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yolida energetika sektorida keng kolamli sheriklik va ozaro foydali ilmiy-texnologik hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdorligi va bunga tayyorligi alohida qayd etildi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: