O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
29.05.2018

Nodavlat notijorat tashkilotlar: TOSIQLAR OLIB TASHLANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Prezident huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boyicha maslahat kengash tashkil etilmoqda.

Mazkur Kengash endilikda orta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning strategik yonalishlarini aniqlash va milliy modelini shakllantirish boyicha takliflarni ishlab chiqadi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi davlat siyosati va uning amaliy natijalari haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli ravishda organadi.

2018 yil 1 iyundan boshlab royxatdan otkazuvchi organ bilan NNTlarning tadbirlarini kelishish tartibi rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida xabardor qilish bilan almashtiriladi.

Shuningdek, NNTning hisob varaqlariga chet davlatlardan, xalqaro va xorijiy tashkilotlardan, chet el fuqarolaridan yoki ularning topshirigiga binoan boshqa shaxslardan ularning nizomlarida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun kelib tushgan pul mablaglaridan va mol-mulkdan, ularni olish royxatdan otkazuvchi organ bilan belgilangan tartibda kelishilgandan song, biron-bir tosiqlarsiz foydalaniladi. Ilgari NNTning hisob varaqlariga chetdan kelayotgan mablaglari majburiy tarzda Moliya vazirligi tizimi orqali kelib tushar, bu esa oz navbatida NNT vakilini vaqtini olishi yoki ma’lum bir suniy tosiqlar qoyilishi bilan mablag oz vaqtida tushmas edi. Endilikda ushbu ovoragarchilikning oldi olinishi NNTlar tomonidan loyihani oz vaqtida va sifatli amalga oshirish imkonini beradi.

Jamoat fondi mamuriy xarajatlarining, shuningdek, vasiylik kengashi va taftish komissiyasi azolariga beriladigan mukofot puli tolovlarining va ular oz vazifalarini bajarishi bilan bogliq xarajatlar kompensatsiyasining yillik umumiy summasi fondning barcha xarajatlari summasining 30 foizidan oshmasligi belgilandi.

NNTlarning pensioner xodimlariga pensiya ularning mazkur tashkilotlardagi faoliyati yagona ish joyi bolgan taqdirda, toliq tolanishi ham farmon bilan belgilab qoyildi.

Bugungi kunda NNTlarning eng dolzarb muammolaridan biri bu joy masalasidir. Kop yillardan beri hal etilmay kelinayotgan mazkur muammo ham endilikda oz yechimini topdi.

Yil songgiga qadar butun respublikada boshab yotgan va samarali foydalanilmayotgan davlat mulki obektlari negizida Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari tashkil etiladi. Bu esa fuqarolik jamiyati institutlari vakillari yanada shijoat bilan ishlashiga katta turtki beradi.

NNTlar faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun mamuriy undiruvlarni qayta korib chiqish va sezilarli darajada qisqartirish rejalashtirilgan.

Qoraqalpogiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyat hokimliklari huzurida fuqarolik jamiyati instituti vakillarini qollab-quvvatlash fondlari tashkil etiladi. Mazkur fondlar hududlardagi NNT vakillari uchun ijtimoiy buyurtma va grant tanlovlarini elon qiladi. Bu esa muhim qulaylikdir.

NNTlarni davlat royxatidan otkazish uchun undiriladigan davlat boji miqdori 5 baravarga, ularning ramzlarini davlat royxatidan otkazish uchun undiriladigan yigimlar miqdori 2,5 baravarga kamayadi. Royxatga olingan NNTning alohida bolinmalarini davlat royxatidan otkazishda davlat boji olinmasligi nazarda tutilgan. Davlat royxatidan otkazish togrisidagi murojaatlar ikki oy muddat orniga bir oy muddatda korib chiqilishi belgilanmoqda. Bu jarayonda tasis hujjatlarni notarial tasdiqlash va boshqa qoshimcha talablar bekor qilinmoqda. NNT tomonidan hisobotlar topshirish va tadbirlarni kelishish tartiblari osonlashtiriladi. NNT mansabdor shaxslari tomonidan qonun buzilishi holatlari sodir etilganda javobgarlik choralari yengillashtiriladi.

Shu bilan birga, NNT faoliyati va moliyaviy holatining oziga xos jihatlaridan kelib chiqib, Ozbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53-moddasida belgilangan yuridik shaxslar olti oy mobaynida bank hisobvaraqlari boyicha pul operatsiyalarini otkazish bilan bogliq moliya-xojalik faoliyatini amalga oshirmagan taqdirda ularni tugatish uchun asos bolishini nazarda tutuvchi qoida NNTlarga joriy etilmasligi mustahkamlab qoyildi. Bundan keyin malum sabablarga kora, vaqtinchalik moliya-xojalik faoliyatini amalga oshirmayotgan NNTlar faoliyati tugatilmaydi, ularning soni kamayishi mumkinligi holatlariga chek qoyildi.

Prezident huzurida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boyicha maslahat kengashi tuzilishi sohadagi muammolarni samarali yechishga katta imkoniyatlar ochib berishi kutilmoqda.

Izzatillo XODJAYEV,

Ozbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi guruh rahbari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: