O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.05.2018

INSON HUQUQLARINI TAMINLASH SOHASIDAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

Toshkent shahrida 23 may kuni BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Universal davriy hisoboti doirasida Ozbekiston Respublikasining Uchinchi milliy ma’ruzasi yakunlariga bagishlangan brifing tashkil etildi.

Unda Inson huquqlari boyicha Ozbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov, Ozbekiston Respublikasi adliya vaziri orinbosari M.Istamov, ichki ishlar vaziri orinbosari B.Odilov, bosh prokuror orinbosari E.Yoldoshev va boshqalar Ozbekiston Respublikasining Uchinchi milliy maruzasi korib chiqilishi yakunlari boyicha malumot berdi.

BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan 2006 yil 5 mayda qabul qilingan Universal davriy hisobot Inson huquqlari boyicha kengashning mexanizmi bolib, uning doirasida BMTga azo davlatlarning inson huquqlari sohasidagi faoliyatini baholaydi va inson huquqlari buzilishi holatlariga nisbatan zarur choralar koradi.

2018 yil 7-18 may kunlari Jenevada BMTning Inson huquqlari boyicha kengashi Universal davriy hisoboti boyicha ishchi guruhning 30-sessiyasi bolib otdi. Unda Ozbekiston Respublikasi milliy maruzasi taqdim etildi. Ushbu maruza orqali xalqaro hamjamiyat mamlakatimizda inson huquqlarini taminlashni yanada takomillashtirish borasida korilayotgan chora-tadbirlar, songgi yillarda erishilgan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlar va rivojlanishning ustuvor yonalishlari bilan tanishtirildi.

Universal davriy hisobot doirasida Ozbekiston Respublikasining Uchinchi milliy maruzasi yakunlari boyicha Inson huquqlari boyicha kengashdan 200 dan ziyod tavsiyalar kelib tushgan.

Tadbirda Inson huquqlari boyicha kengash delegatsiyalari Ozbekistonning inson huquqlari sohasidagi say-harakatlari, erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy, institutsional va mamuriy islohotlar, mamlakatning konstruktiv muloqot uchun ochiqligini yuqori baholagani qayd etildi.

Ayniqsa, 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi qabul qilingani mamlakatimizning inson huquqlarini taminlashni yanada yuksaltirish va bu borada xalqaro majburiyatlarni bajarish tarafdori ekanini namoyon etgani alohida takidlandi.

Tadbirda Prezidentimizning 2018 yil 5 maydagi «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bagishlangan tadbirlar dasturi togrisida»gi farmoni, BMT Inson huquqlari boyicha kengashining din va etiqod erkinligi masalasi boyicha maxsus maruzachisi tavsiyalari asosida parlament palatalari Kengashining qoshma qarori bilan tasdiqlangan din va etiqod erkinligini taminlash boyicha Yol xaritasi taqdimotlari otkazildi.

Tadbir doirasida BMT Taraqqiyot dasturi va Inson huquqlari boyicha Ozbekiston Respublikasi Milliy markazi ortasida Ozbekistonda BMT Nizomi va shartnomaviy organlari tavsiyalarini amalga oshirishni qollab-quvvatlash boyicha qoshma loyiha imzolandi.

— BMT Ozbekiston bilan hamkorlikka juda katta umid boglagan. Universal davriy hisobot doirasidagi ushbu hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan yangi loyiha imzolangani muhim voqeadir, dedi BMT Taraqqiyot dasturining Ozbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer. Mamlakatingizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar ochiqlik, shaffoflik tamoyillari asosida olib borilayotgani va bu jarayonlarga inson huquqlari boyicha xalqaro tashkilotlar ekspertlari keng jalb etilayotgani tahsinga sazovor.

Bayram AYTMURODOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: