O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.05.2018

HA ENDI, BIZ TILCHI EMASMIZ BAHONASIDA ONA TILIMIZ QOIDALARINI BUZAYOTGANLAR

Ko‘pchilikka ma’lumki, kochalardagi turli elon va reklamalar, hatto gazeta, jurnallar, kitoblarda ham imloviy xatolar uchrab turadi. Albatta, bu hol kishi dilini xira qiladi. Surishtirib korsangiz, kopchilik aybni harf teruvchi yoki kompyuterchi xodimga yuklaydi. Yoki: «Ha endi, biz tilchi emasmiz», kabi bahonani rokach qiladi. Sozni togri yozish uchun tilchi yoki filolog bolish shartmi? Maktabda, oliy oquv yurtida oqigan kishi oz ona tilini yaxshi bilishi kerak. Agar nari-beri oqigan bolsa, savod ham shunga yarasha boladi.

Oz ona tilida togri gapirish va yozish inson manaviyatining muhim mezonlaridan hisoblanadi. Kocha-koyda qad rostlagan binolar, toyxona va idoralar muayyan bir shaxslarning mulkidir, lekin madaniyatimiz belgisi bolgan til va yozuv butun jamiyat, butun millat mulki sanaladi.

Shahrimiz korkiga kork qoshib turgan koplab binolar, toyxonalar, restoran, nodavlat tashkilot va xususiy firmalar borki, biz bu binolarga faxr-iftixor tuygusi bilan qarash orniga, ularning nomlanishida milliylik yoqligidan ranjiymiz. Masalan, binolar peshtoqidagi VERSAL, NAPALYON, LION, BLACK STAR kabi nomlar milliy qadriyatlarimizga xosmi, mosmi, munosibmi? Ozbek tilida bir-biridan chiroyli, manoli nomlar istagancha topiladi-ku.

Tilni asrash uchun eng avvalo oilada, mahallada, talim muassasalarida, yoshlarga beriladigan har bir dars jarayonlarida alohida etibor talab etiladi. Atoqli yozuvchi Abdulla Qahhorning osha davrda talabalarga aytgan quyidagi fikri nihoyatda ibratlidir: Institutni bitirgandan keyin joylarga borib oquvchilarga ingliz, nemis, ispan, fransuz tillarini orgatasizlar. Mening sizlarga aytadigan eng zarur gapim shuki, sizlar boradigan joylarga chet tillari bilan birga, balki birinchi navbatda, oz ona tilimiz – ozbek tiliga cheksiz muhabbat tuygusini olib boringlar! Ozbek tili goyat boy, nihoyatda chiroyli, har qanday fikr va tuyguni ifoda qilishga qodir ekanini amalda korsatinglar! Qayerda va qanday sharoitda ishlamanglar, til madaniyatimizning mashali bolinglar!.

Til sofligi haqida gap ketganda, yana Abdulla Qahhorning yarim asr avval bildirgan ushbu fikrlari yodga tushadi: Nima uchun tilimizning qonun-qoidalari buzilyapti? Nima uchun kocha harakatini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi?.

Alisher Navoiy nomidagi ozbek tili va adabiyoti universitetida ana shunday muammolarning oldini olish maqsadida otkazilgan Tilshunoslikning dolzarb masalalari mavzuidagi ilmiy-amaliy konfrensiyada tilshunos olimlar va bir qator mutaxassislar tomonidan Lingvistik ekspertiza markazini ochish va talim muassasalarida insho, diktant, bayon kabi yozma ishlarga keng orin berish zarur, degan takliflar bildirildi.

Ushbu amaliy harakatlarimiz bilan biz ona tilimiz sofligiga munosib hissa qoshgan bolamiz.

Dilfuza TOSHPOLATOVA,

Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universiteti 3-kurs talabasi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: