O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
29.09.2012

OZBEKISTON OQITUVCHI VA MURABBIYLARIGA

Qadrli ustoz va murabbiylar!

Muhtaram yurtdoshlar!

Bugun, mana shu qutlug‘ ayyomda barchamiz uchun eng aziz, eng qadrli bolgan farzandlarimizga bilim va tarbiya berishdek ulug ishga butun borligini bagishlagan siz, hurmatli oqituvchi va murabbiylarni chin qalbimdan tabriklab, ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman.

Aziz dostlar!

Haqiqatan ham, dunyodagi ming-minglab kasblar orasida ikkita buyuk kasb – shifokorlik va oqituvchilik kasbi borki, ular, toki hayot bor ekan, ozining ma’no-mazmuni va olijanobligini, ahamiyati va hurmatini hech qachon yoqotmaydi.

Bugun biz Oqituvchi va murabbiylar kuni deb nom olgan gozal bayramimizni nishonlar ekanmiz, ozining istedodi va mahoratini, koz nuri va qalb qorini baxsh etib, yosh avlodimizga bilim, ilmu fan sirlari va odamiylik saboqlarini orgatadigan sizdek motabar zotlarga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi, albatta.

Shu bois bugun sizlarning qolingizda talim va tarbiya, hayotga yollanma olgan, ozini sizlarning oldingizda umrbod qarzdor deb his etadigan barcha insonlar nomidan, oquv maskanlarida talim olayotgan millionlab oquvchilar nomidan “Rahmat sizga, muallim, tazim sizga, ustozlar!” deb minnatdorlik bildirishimiz har tomonlama orinlidir.

Ozbekistonimizning taraqqiyoti yolida, biz oz oldimizga maqsad qilib qoygan rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kotarilishdek ulugvor vazifani amalga oshirishda siz azizlarning qoshayotgan beqiyos hissangizni baholash uchun yana bir fikrga alohida toxtalish zarur, deb bilaman.

Hech kimga sir emas, bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy, mustaqil fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va amaliy kasb-hunarlarga ega bolgan yoshlargina mamlakatning buyuk kelajagini taminlashi mumkin.

Ana shunday ota ogir va ota dolzarb, istiqbolimizni hal qiladigan maqsadga erishish uchun talim sohasida chuqur va puxta oylangan milliy dasturlarimizni tayyorlash va amalga oshirishda bizning oxirgi 15-yil davomida qilgan ishlarimizni butun dunyo tan olmoqda.

Buning yaqqol tasdigini shu yil fevral oyida Toshkent shahrida Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti mavzusida bolib otgan xalqaro konferensiya misolida korish mumkin. Ana shu anjumanda BMT va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlarning vakillari, dunyodagi eng dongi chiqqan universitetlarning olim va professorlari tomonidan Ozbekistonning bu sohada erishgan yutuqlari, mamlakatimizning talim modeli yuksak etirof etilgani Vatanimizning jahondagi obro-etiborini yangi bosqichga kotarishga katta xizmat qildi, desak, hech qanday xato bolmaydi.

Yoshlarimizning ongu tafakkurini, butun hayotini tubdan ozgartirib borayotgan, ilgor xorijiy tajribalarni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ozida mujassam etgan bunday dasturlarni amalga oshirish avvalo siz azizlarning ogir va murakkab mehnatingiz evaziga bolayotganini hech kim hech qachon inkor etolmaydi. Va sizlarning bu ezgu maqsadga erishish yolidagi olijanob xizmatlaringizni, yurtimizda erkin, obod va farovon hayot qurish borasida korsatayotgan fidoyiligingizni jamiyatimiz, xalqimiz doimo yuksak qadrlaydi.

Shu manoda, 1-oktabr sanasini bundan 16-yil oldin mamlakatimizda Oqituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami deb elon qilganimiz siz, azizlarga, sizlarning mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli mehnatingizga el-yurtimiz, shaxsan ozimning yuksak hurmat va ehtiromimning yaqqol ifodasi, desam, har tomonlama togri boladi.

Ozbekistonning talim sohasiga qaratayotgan ulkan etiborini tasavvur qilish uchun quyidagi bazi bir raqamlarni keltirish orinli, deb oylayman.

Mamlakatimizda har yili davlat byudjeti xarajatlar qismining 35 foizdan ziyodi talim sohasiga yonaltirilmoqda. Keyingi on yilda oqituvchi va murabbiylarning maoshi iqtisodiyotimizning real sohasidagi ish haqi miqdoridan ortacha 1,5 barobar kop osgani, pedagog xodimlar mehnatini baholash va ragbatlantirishning zamonaviy tizimi joriy etilganini alohida qayd etish lozim.

Shu orinda yana bir misolga etiboringizni jalb etmoqchiman.

Ozbekistonda talim sohasini rivojlantirish va isloh etishga yonaltirilayotgan yillik xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etmoqda. Vaholanki, dunyodagi koplab mamlakatlarda bu korsatkich 2-5 foizdan oshmaydi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda 9763 ta umumtalim maktabi, 300 dan ziyod musiqa va sanat maktabi, 143 ta akademik litsey, 1406 ta kasb-hunar kolleji, 59 ta oliy oquv yurtida katta hajmdagi qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilgani, ularning moddiy-texnik va oquv-metodik bazasi mustahkamlanib borayotgani talim tizimida biz amalga oshirayotgan islohotlarning miqyosi va kolami naqadar ulkan ekanidan dalolat beradi.

Qadrli vatandoshlar!

Bugun dunyoda, yon-atrofimizda roy berayotgan notinchlik, qarama-qarshilik va ziddiyatlar, hech shubhasiz, hammamizni oylantirishi tabiiy.

Men siz, hurmatli oqituvchi va murabbiylarni bu muammolarning barchasini qalbidan, yuragidan otkazib, ulardan togri xulosa chiqarib yashaydigan insonlar sifatida bilaman.

Ayrim qabih kuchlar tomonidan ozining strategik maqsadlarini kozlab, yovuz niyat bilan amalga oshirilayotgan bunday garazli ishlardan xalqimizni, ayniqsa yoshlarimizni ogoh etish, millat va elatlarni bir-biriga qarama-qarshi qoyishga urinishlarning haqiqiy manosini, ularning qanday ogir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ochib berishda, odamlarni hushyor va sezgir bolib yashashga, musaffo osmonimizni, tinch hayotimizni koz qorachigidek asrash va qadrlashga davat etishda men birinchi navbatda sizlarga ishonaman va bundan buyon ham barchangizni ozimning maslakdoshim, deb bilaman.
Men davlat rahbari sifatida siz jonkuyar muallim, murabbiy va domlalarning, barcha marifat ahlining oz tanlagan kasbingizdan rozi va mamnun bolib yashashingiz uchun, Vatan oldida, kelajak oldida qilayotgan ulug xizmatlaringizni munosib taqdirlash, hayotimizda yuksak obro-etibor topishingiz uchun ham qonuniy, ham moddiy, ham amaliy zamin tugdirib berishni ozimning nafaqat vazifam, balki sharafli burchim, deb hisoblayman.
Aziz va muhtaram ustozlar!

Sizlarni Oqituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik tilayman.

Umringizdan baraka toping, hech qachon kam bolmang, qadrli ustozlar!

Islom Karimov, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: