O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.05.2018

BIR QISHLOQ AHOLISINI QIYNAYOTGAN MASALA

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanining «Xitoy» qishloq fuqarolar yig‘ini Xitoy qishlogi ahli nomidan tahririyatimizga Ushalmagan orzu sarlavhali maktub keldi. Mavzusi dolzarb bolgani uchun uni ayrim qisqartirishlar bilan chop etishga qaror qildik.

...Bizning qishloq uzoq tarixga ega bolgan qadimiy qishloqdir. Ota-bobolarimiz dehqonchilik, bogdorchilik va chorvachilik bilan shugullanib kelishgan. Osha paytlarda aholi kam bolganligi uchun qishlogimizdan chiqqan buloq suvidan foydalanib kelingan. Hozir esa qishloqda 500 ga yaqin xojalik bor, buloq suvi yetmaydi. Natijada aholining ekin va mevali daraxtlarni sugorish uchun suvga bolgan ehtiyoji yil sayin oshib bormoqda.

Bahor oylarida qishloqdoshlarimiz umid bilan yerga ekin ekadi, lekin yoz oylariga kelib, ekinlari endi hosil beradigan mahalda suvsizlikdan qurib qoladi. Qiynalgan odamlar qishloqda suv muammosini hal etish uchun uzoq yillardan beri harakat qiladi. Tanxoz daryosidan hashar yoli bilan suv chiqarishga urinib kelinmoqda.

Qishloqning uchdan bir qismiga 4-5 km. masofaga quvur tortilib, suv keltirildi. Qishloqning qolgan qismiga esa suv chiqarish uchun 9-10 km. masofaga quvur yotqizish kerak. Bu borada ham kop harakatlar bolib, tort-besh yil davomida tog yon-bagridan 4,5 km. ariq qazildi. Aholidan yigilgan mablaglar hisobiga diametri 300 mm bolgan 1 km.ga yaqin temir quvur payvandlanib yotqizildi. Ammo yetarli mablag topolmaganimiz uchun mehnatimizga kuydik, qazilgan ariq ham komilib ketdi. Payvandlangan temir quvur qayta bolaklarga ajratilib, tashqariga chiqarib qoyildi.

Ushbu masala yuzasidan qaysi tashkilot yoki idoraga murojaat qilmaylik, natijaga erisha olmasdan kelmoqdamiz. Bizning qishloq ahli uyushqoq va mehnatkash. Agar bizga 10 km. masofaga diametri 200 yoki 300 mm. bolgan quvur olishda yordam berilsa, uni yotqizish va payvandlash ishlarini hashar yoli bilan ozimiz amalga oshirgan bolardik. Bizning taklifimiz shu.

Hozirda dehqon xojaligi sifatida bolib berilgan yerlar, tokzorlar, boglarimiz faqat bahorgi oqova yomgir suvlari bilan (oshanda ham sel chiqqan paytda) bir marta sugoriladi, xolos. Bir tasavvur qilaylik, bahorda qiygos gullagan daraxtlarimiz iyun-iyul oylariga kelib mevasi tokilib ketsa, tonnalab uzum beradigan boglarimiz avgust oylariga kelib quvrab qolsa, alam qilmaydimi...

Hurmatli tahririyat, ushbu murojaat bilan chiqishimizning boisi gazetangizda ochilgan Menda taklif bor! rukni orqali suv bilan bogliq muammomizni bildirish, taklifimizni berish edi.

Agar bizga ushbu masalada amaliy yordam berilsa, qolganini ozimiz uddalab, tomorqamizni gullatib-yashnatib, mol hosil olardik, foyda korardik...

Shokir MURODOV,

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Xitoy qishloq fuqarolar yiginiga qarashli Xitoy qishlogi.

TAHRIRIYATDAN: Shunday muammolar borki, ularning yechimi katta mablag va vaqt talab etadi. Ammo ba’zan katta mablag talab qilmaydigan muammolar ham yillab odamlarni qiynab yotadi. Ushbu maktubdagi muammoni hal etishga mutasaddi idoralar etibor qaratadi, deb umid qilamiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: