O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.05.2018

AMERIKA YANGI OZBEKISTONGA ULKAN UMID BILAN QARAMOQDA

Navbahor IMOMOVA,

«Amerika ovozi» teleradiosining yetakchi muxbiri.

Vashington, 21 may, 2018 yil.

May oyining yomg‘irli bir haftasi Vashingtonda Ozbekistonga qiziqqan har bir rasmiy, jurnalist va siyosatchi uchun unutilmas damlar sifatida tarixga kirdi. Qoshma Shtatlar poytaxtidan mehmon arimaydi, jumladan, chet davlatlarning rahbarlari. Ular Oq uyga AQSh Prezidentining taklifisiz kela olmaydi.

Davlat tashrifimi yoki rasmiy, bunday uchrashuv bir necha oy oldin belgilanishi va izchil tayyorgarlik zarur. Biroq Ozbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi kuni mart oyining oxirida aniqlandi. Bu degani 15-17 may kunlaridagi uchrashuvlarga hozirlik korish uchun bir yarim oycha vaqt boldi, xolos. Ozbekistonning AQShdagi elchixonasida, ya’ni Vashingtondagi diplomatik vakolatxonada 15-16 kishi ishlashini, qolaversa, Amerikaning Ozbekiston va umuman, Markaziy Osiyo bilan aloqalarga masul idoralarida ham uzogi bilan 3-4 xodim kundalik ravishda tegishli masalalar bilan shugullanishini hisobga olsak, rasmiy tashrifni rejalash, kun tartibini belgilash, jamiki hujjatlarni, texnik va logistik ishlarni bitirish uchun kunu tun mehnat qilishga togri keldi.

Vashingtonning butun mintaqaga nisbatan siyosatini yoritib kelayotgan jurnalist sifatida bu jarayon menga ham juda qiziq boldi, chunki Ozbekiston va qoshni davlatlarning rahbarlari bu tomonlarga tez-tez kelmaydi.

Amerikaga 15 may kuni oqshom etib kelgan Prezident Mirziyoyev kelasi ikki kunda bu davlatning muhim dargohlarida yuksak ehtirom bilan kutib olindi. Oq uydagi qariyb ikki soatlik prezidentlararo muloqot, Pentagondagi muzokara, Davlat departamentidagi uchrashuv, Kongressda qabul — bu tadbirlar nafaqat Ozbekiston, balki mezbon davlat ham rasmiy tashrifdan maksimum darajada foydalanib qolishga harakat qilganini anglatadi.

Tomonlar yuzma-yuz muloqotlar kozlanganidan ham sermahsul kechganini bildirmoqda. Strategik hamkorlik haqidagi kelishuvni aks ettirgan qoshma bayonot Amerika Ozbekiston aloqalarini kuchaytirish uchun mustahkam zamin, deydi Prezident Trampning Markaziy va Janubiy Osiyo boyicha maslahatchisi Liza Kurtis.

Biroq AQShdek global lider bilan ishlash oson emas. Kelishuvlar soz va qogozdan amalga kochishi kerak. Avvalo Ozbekiston, Vashington kutayotganidek, umidbaxsh va jadal tarzda ijobiy tomonga ozgarayotgan mamlakat bolib qolishi kerak. Siyosiy, harbiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hamkorlikning asosiy sharti bolmish erkinlik, oshkoralik va adolat taminoti mustahkamlanishi talab etiladi.

Prezident Mirziyoyev aynan shu boradagi rejalari va fikrlari bilan Vashingtonda chuqur taassurot qoldirdi. Ozbekiston endi yangi yoldan ketmoqda, demokratik va ochiq sistemaga aylanadi, degan ishonchga putur yetmasa, yani bu borada salmoqli siljishlar bolsa, respublika nafaqat Markaziy Osiyoda balki butun dunyoda ham ilgor davlatga aylanishi muqarrar, deydi Mirziyoyev tanishtirgan islohot dasturini korib chiqib, uni quvvatlayotgan Amerika siyosatdonlari.

Jurnalist sifatida men Prezident Mirziyoyevning nafaqat rasmiylar, balki axborot vositalari bilan muomalasini ham yaqindan kuzatdim. Avvalo, Prezident bilan suhbatlashishga harakat qildim. Prezident tashrifi kun tartibi nihoyatda tigizligi uchun iltimoslarim qoniqtirilmadi. Lekin men imkoniyatni boy beradigan jurnalist emasman. Prezident bilan yuzma-yuz korishishim aniq edi. Oq uyda Prezident Tramp ofisida salom-alikdan keyingi shovqinli muhitda men ham ovozim boricha Toshkentdan kelgan oliy mehmonga murojaat qildim. Prezident Mirziyoyev chuqur mamnuniyat ila javob berdi. Prezidentdan uning tashrifini hayajon bilan kuzatayotgan ozbeklarga, jahonning turli burchaklarida kun kechirayotgan vatandosh va elatdoshlarga nima gapingiz bor, deb soradim.

Men oylayman, bugungi uchrashuvlar dunyo ozbeklariga ham katta tasir va etibor korsatadi, deya javob berdi Ozbekiston rahbari.

Rahmat, sog boling! deya qoshib ham qoydi.

Men ham minnatdorlik bildirar ekanman, Siz bilan suhbatlashamiz, degan umiddamiz, dedim.

Mirziyoyev tabassum ila Keling Ozbekistonga. Registratsiya qildik-ku endi, deya meni Ozbekistonga taklif qildi.

Oq uydagi bu qisqa muloqot unutilmas daqiqalar bolib qoladi, chunki shu paytgacha bu erda hech kim ozbek tilida bir-biri bilan gaplashmagan. Ozbekiston rahbari va ozbek jurnalisti bu dargohda soz almashmagan.

Amerikada jurnalistlar qanday ishlashini, ayniqsa davlat rahbari bilan korishish imkoniyati bolganida uni qanchalik savolga tutishini oldin kormaganlar uchun manzara baqir-chaqir va tartibsizlik sifatida korinishi mumkin. Aslida esa Vashingtondek demokratik poytaxt uchun bu tabiiy manzara. Savollar ham aynan uchrashuv va kun tartibidagi masalalar haqida bolmasligi mumkin. Jurnalist bor imkoniyatidan foydalanib, ozi istagan savolni berishi, oz muxlislari uchun dolzarb hisoblangan mavzuni kotarishi mumkin.

Biroq mening auditoriyam uchun Ozbekistonning Amerika bilan bugungi aloqalari, davlat rahbarining Vashingtonga tashrifi haqiqiy yangilik edi. Tramp agar ketma-ket savollarga javob berib, vaqtni olganida men uni gapdan toxtatib, iltimos, mehmon ham sozlasin, deya murojaat qilishga shay edim. Ozbekiston rahbarining menga javobi tarjima qilinar ekan, Tramp menga va mehmoniga qarata bosh irgab maqulladi.

Prezident Mirziyoyev bilan alohida suhbatlashganimda undan Amerika taassurotlarini albatta soragan bolar edim. Afsuski, Vashingtonda buning imkoni bolmadi. Lekin Ozbekiston rahbari uchun bu rasmiy tashrif bebaho imkoniyat bolgani muqarrar. Amerika poytaxtini, dunyo siyosiy yuragini yaqindan korish, uni tebratayotgan odamlar bilan yuzma-yuz gaplashish, gala-govur ichida bolib, uni his qilish va eng muhimi, undan samimiy chiqib keta olish har qanday rahbar uchun oziga xos yutuq.

Men kabi xorijdagi ozbek jurnalisti va Ozbekistondan tashrifni yoritish uchun kelgan onlab jurnalistlar uchun bu kunlar unutilmas ekani shubhasiz. Saboq oldik. Bir-birimizni ish ustida tanidik. Bir-birimizni qiynagan azaliy savollarning ayrimlariga javob oldik. Faoliyatimizni muhokama qildik. Ozbekistondagi ozgarishlar haqida fikr almashdik.

Prezident Mirziyoyevning Matbuot kotibi Komil Allamjonov uchun ham bu katta tajriba boldi, deb oylayman. Vashingtonda u ikki kunlik matbuot markazini yuritdi. Press brifinglar qildi. Bundan tashqari, men singari uzoq yillardan beri chetdan malumot uzatib kelayotgan jurnalistlar bilan tanishdi. Tanqidiy yondashuvi bilan hukumatga yoqmay kelgan axborot vositalarining vakillari bilan yangicha muloqot boshlandi. Bu aloqa kengayadi, degan umiddaman.

Minbardan turib aytiladigan gaplar va maruzalar boshqa, jurnalist bilan yuzma-yuz savol-javob boshqa. Ikkinchisi rahbarni ommaga yaqinlashtiradi, shaxsiyati va iqtidorini ochib beradi va shu tariqa uning nufuzini mustahkamlaydi. Ozbekistonning bugungi rahbari bunday muloqotga moyil va tayyorligiga ishonch hosil qildim.

Menga hozir Ozbekistonga yol ochiq. Akkreditatsiya qilingan muxbir sifatida Toshkentdan turib materiallar tayyorlashim, vaziyatni yoritishim mumkin. Mening rejam Ozbekistondagi real holat va real ozgarishlarni, xususan, davlat tashqi siyosati, qoshnilar bilan aloqalar, Afgonistonga nisbatan strategiya, biznes muhit va islohotlar kolamini yoritish. Shu tarzda men dunyoga Ozbekistonning qayta kashf etilishiga hissa qoshaman. Yangi Ozbekistonning.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: