O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.05.2018

AMERIKAGA TARIXIY TASHRIF

Joriy yilning 15-17 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qoshma Shtatlariga rasmiy tashrifi ikki mamlakat ortasidagi hamkorlik aloqalari mutlaqo yangi bosqichga kotarilayotganini tasdiqladi

Abdugaffor QIRGIZBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Ozbekiston XDP fraksiyasi a’zosi:

— Deputat sifatida AQSh tarixi va diplomatiyasidan ozmi-kopmi xabardorman. Mamlakatga kelgan davlat rahbarlariga AQSh Prezidentlari tomonidan yuksak hurmat va ehtirom korsatilishi kamyob hodisadir. AQSh Prezidenti Donald Tramp Prezidentimizni Oq uyga kiraverishda shaxsan ozi kutib oldi. «Men uchun Ozbekiston Yetakchisi bilan uchrashish katta sharafdir», deb takidlashi uning davlatimiz rahbari va xalqimizga yuksak hurmatidan dalolatdir.

AQSh sanoati ota rivojlangan, har tomonlama qudratli davlat. Otgan yilda mazkur mamlakatda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmi 18 trillion dollarni tashkil etgan. Bu korsatkich dunyo mamlakatlari yalpi ichki mahsulotining salkam chorak qismini tashkil etadi. AQShning ulkan iqtisodiy salohiyati ozaro hamkorlikni rivojlantirishda keng imkoniyatlar ochadi.

Savdo-sotiq sohasida mamlakatlarimiz ortasida 1998 yildan buyon eng kop qulaylik yaratish tartibi amal qilmoqda. Yurtimizda amerikalik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan 180 dan ortiq korxona faoliyat korsatyapti. Uzoq yillar davomida ikki mamlakat ortasidagi ozaro mahsulot ayriboshlash hajmi 100-200 million dollar atrofida edi. Mazkur tashrif doirasida Prezidentimizning tashabbusi bilan Vashington shahrida ikki mamlakat kompaniyalari ortasida tarixda ilk marotaba salkam 5 milliard dollarlik shartnoma imzolandi. Bu yurtimizda koplab yangi ish orinlari yaratilishi va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish kengayishiga zamin boladi.

Ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida otgan muzokaralarda ham asosiy etibor savdo iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi. Vazirlik va kompaniyalar, ishbilarmon doiralar ortasidagi aloqalarni faollashtirish, yuqori texnologiyalar, savdo-sanoat, yoqilgi-energetika, transport va boshqa sohalarda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Donald Tramp Prezidentimizning islohotlar dasturini qollab-quvvatladi. Ozbekistonning mintaqada osib borayotgan rolini etirof etdi. Joriy yilda Markaziy Osiyo savdo forumini va Markaziy Osiyo davlatlari bilan AQSh ortasida savdo va investitsiyalarga oid hadli bitim boyicha Kengash yigilishini otkazish yuzasidan Ozbekistonning taklifi bundan dalolat berishini takidladi.

Davlatimiz rahbarining AQSh Prezidenti, shuningdek, AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo, AQSh Senati raisi orinbosari, moliya boyicha qomitasi raisi Orrin Xetch, mudofaa vaziri Jeyms Mettis, AQSh Kongresi vakillar palatasi azosi Trent Kelli boshchiligidagi kongressmenlar bilan bolib otgan muzokaralarda ikki davlat ortasidagi barcha sohadagi aloqalarni mutlaqo yangi, yuqori bosqichga kotarish masalalari muhokama etildi.

Jumladan, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar, parlamentlararo, harbiy, qishloq xojaligi va xalq xojaligining turli sohalaridagi ozaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan shartnomalar imzolandi.

Tashrif doirasida Prezidentimiz Jahon banki Prezidenti janob Jim Yong Kim bilan ham muzokaralar olib bordi.

Uchrashuv chogida bogdorchilikni rivojlantirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirish, sanoat korxonalarining energiya tejamkorligini oshirish, isitish tarmoqlarini modernizatsiyalash, moliyaviy konsultativ xizmat korsatish kabi sohalarga oid bitimlar imzolandi.

Umuman olganda, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qoshma Shtatlariga qilgan rasmiy tashrifi ota samarali va mazmunli boldi. Olib borilgan muzokaralar esa ozaro ishonch yanada ortishiga, iqtisodiy hamkorlik boyicha yangidan-yangi imkoniyatlar ochilishiga xizmat qiladi, deb ishonaman.

Shuhrat MAMADJANOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Ozbekiston Respublikasi oz tashqi siyosatida dunyodagi barcha davlatlar bilan tenglik, hurmat va ozaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishga alohida ustuvorlik beradi. Xalqaro miqyosda tarang vaziyat saqlanib qolayotgan va boshqa davlatlar ichki masalalari ularning hududlaridan tashqarida hal etilayotgan bir pallada bunday siyosat prinsipial ahamiyatga egadir.

Qayd etish joiz, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga davlat tashrifi ana shu siyosatning amaldagi natijasini yaqqol korsatib berdi. Ozbekistonning songgi yillarda amalga oshirayotgan islohotlari okean ortida ham katta qiziqish bilan kuzatib borilayotganining guvohi boldik. Prezidentlar Afgonistonning Markaziy Osiyodagi kop tomonlama hamkorlik munosabatlarida ishtirok etishini qollab-quvvatlashlarini bildirishdi.

Bugun insoniyat oldidagi eng murakkab va chigal muammolardan biri Afgonistonda tinchlikni taminlash bilan bogliqdir. Bu jarayonda Ozbekistonning orni alohida ahamiyatga ega bolmoqda. Mamlakatimiz tashabbusining AQShda ham qollab-quvvatlanishi xayrli ishning ijobiy natijasiga umid beradi.

Prezident Donald Tramp Prezidentimizni afgon hukumati va Tolibon tinch muzokaralarni boshlashi lozimligi togrisidagi xalqaro hamjamiyatning pozitsiyasini tasdiqlagan Toshkent xalqaro konferensiyasi muvaffaqqiyatli otkazilgani bilan qutladi. Ozbekiston tomonidan rejalashtirilayotgan Afgonistondagi temir yol va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishga siyosiy va konsultativ komak korsatishga tayyorligini bildirdi. Oz navbatida Prezidentimiz ham Afgonistonda tinchlik va barqarorlikka erishishga hissa qoshayotgan Shimoliy taminot tarmogini qollab-quvvatlashda davom etishini tasdiqladi. Ikkala davlat rahbarlari ham Afgoniston xavfsizlik kuchlari va tinch aholisiga qarshi qaratilgan terrorchilik hujumlarini qattiq qoralashdi. Afgoniston duch kelayotgan xavf-xatarlarga barham berish boyicha muloqotni kengaytirishga sodiqliklarini aytishdi.

Prezidentimiz kuni-kecha Andijon viloyatiga tashrifi davomida otkazilgan yigilishda Afgoniston masalasiga ham alohida toxtalib otdi. Bu mamlakatda tinchlik, taraqqiyot bolishi xalqimiz uchun naqadar muhim ekanini takidladi. ... buyuk bobolarimiz xoklari Hirotda. Ozbek millati uchun Hirotgacha yetib borsak, buyuk bobolarimiz ruhi madadkor boladi. Albatta, bunda afgon xalqining manfaati, iqtisodiyoti bor... Shuning uchun katta temir yol qurilishi tashabbusi bilan chiqqandik, katta rahmat, AQSh Prezidenti Donald Tramp qollab-quvvatlab, biz bayonnoma qabul qildik. Qoshma bayonotda ham AQSh Afgonistondagi temir yol qurilishini har tomonlama qollab-quvvatlashini bildirdi... Tarixni eslaylik, Ozbekiston va Afgoniston hududlarida azalda savdo-sotiq, iqtisodiy munosabatlar gurkirab rivojlangan, karvonlar izi uzilmagan zamonlar bolgan. Afgonistonda temir yol qurilishi ana shu qadimiy aloqalar, bordi-keldilarni qayta jonlantirish va rivojlantirishda muhim orin tutadi.

Yana bir muhim jihat shundaki, biz rivojlanishning innovatsion yonalishlarini tanladik va istaymizmi-yoqmi bu borada yetakchilar bilan hamkorlik ozimiz kutgan natijalarga erishishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Iqtisodiyotning real sektoriga, talim va ijtimoiy sohaning barcha yonalishlariga ilgor innovatsiyalarni joriy qilishda AQSh tajribasi juda asqotadi. Prezidentimiz bu masalaga ham alohida toxtalib otdi. Nima uchun bizga AQSh sarmoyasi, texnologiyasi kerak? Chunki, unaqa texnologiya va ishlanmalar hali Ozbekistonga kirmagan. AQSh texnologiyasi kirgan davlatda hisob-kitob joyida boladi. Ularning texnologiyasi kirgan joyda korrupsiya, ogrilik bolmaydi...

Shularni inobatga olib aytish mumkinki, bu tashrif tarixiy ahamiyatga ega boldi. Uning natijasini esa tez orada his eta boshlaymiz.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Mahliyo ALIQULOVA yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: