O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.05.2018

OZBEKISTON RESPUBLIKASI VA ROSSIYA FEDERATSIYASI PREZIDENTLARINING TELEFON ORQALI MULOQOTI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot avvalida davlatimiz rahbari Vladimir Putinni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti lavozimiga kirishgani bilan yana bir bor samimiy tabrikladi va faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Ozbekiston va Rossiya ortasida dostlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal rivojlanayotgani va izchil mustahkamlanib borayotgani, shuningdek, ozaro manfaatli va kop qirrali hamkorlikda erishilgan yuqori natijalar chuqur mamnuniyat bilan alohida qayd etildi.

Muloqot davomida davlat rahbarlari Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Ozbekiston Respublikasiga davlat tashrifiga tayyorgarlik doirasidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik boyicha hukumatlararo qoshma komissiya faoliyati doirasida avval erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni amalga oshirish muhim ekani ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan Rossiyaning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida energetika majmui, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika sanoati va boshqa yuqori texnologik tarmoqlarda istiqbolli loyihalarni tayyorlash masalalariga etibor qaratildi.

Hududlar darajasida faol muloqotlarni davom ettirish hamda joriy yil kuzida Toshkent shahrida Ozbekiston va Rossiyaning birinchi hududlararo forumini otkazish boyicha kelishib olindi.

Turizm va madaniyat sohalaridagi almashinuvlarni yanada kengaytirish, talim va sogliqni saqlash sohalarida ozaro manfaatli dasturlarni amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosatning dolzarb masalalarini ham muhokama qildilar. Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taminlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot songgida Ozbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari turli formatlarda yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini takidladilar.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: