O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
17.05.2018

SUD TIZIMIDA YANGILIK

Fuqarolik ishlari bo‘yicha respublikamizdagi barcha sudlarga endilikda masofadan turib hujjatlarni elektron tarzda topshirish imkoniyati yaratildi

Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan fuqarolik ishlari boyicha Toshkent viloyati Zangiota tumanlararo sudida tizimga joriy etilayotgan yangi axborot texnologiyalari hamda ularning afzalliklariga bagishlangan media-tur tashkil etildi.

Tadbirda fuqarolik ishlari boyicha sudlarda samarali foydalanilayotgan E-SUD elektron sudlov axborot, audio-video tasvirga olish tizimi va boshqalar togrisida ma’lumot berildi.

2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda sud-huquq sohasiga oid tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, odil sudlov samaradorligini oshirish maqsadida sud tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilayotgani sohada ochiqlik va xolislikni taminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

— Ozbekiston Respublikasi Oliy Sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda BMT taraqqiyot dasturining «Ozbekistonda qonun ustuvorligi yolida hamkorlik» qoshma loyihasi asosida ishlab chiqilib, sudlar amaliyotiga joriy etilgan E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimi fuqarolik ishlarini sudlarda korib chiqish muddatlarini qisqartirish, sud xabarnomalari va hujjatlarini taraflarga yetkazish mexanizmlarini takomillashtirish, bu borada sansalorlik, byurokratizmga yol qoymaslik kabi maqsadlarga xizmat qiladi, deydi Ozbekiston Respublikasi Oliy Sudi raisi orinbosari Xolmomin Yodgorov. Ushbu tizimni ishlab chiqishda Janubiy Koreya, Germaniya va Singapur kabi rivojlangan davlatlar tajribasi chuqur organildi. Qariyb, ikki yildan buyon fuqarolik ishlari boyicha respublikamizdagi barcha tumanlararo, shahar va tuman sudlarida E-SUD tizimi muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda.

Etiborlisi shundaki, endilikda sudga murojaat etish uchun sud binosiga borish, navbatda turish, hujjatlarni qolda yozib, qogoz shaklida topshirish kabi jarayonlarga vaqt va mablag sarflash zarurati yoq. E-SUD tizimi orqali fuqarolik ishlari boyicha respublikamizdagi barcha sudlarga istalgan kun, vaqt va masofadan turib hujjatlarni elektron tarzda topshirish mumkin. Kelib tushgan elektron murojaat uch kun ichida korib chiqiladi va shikoyatchiga javob yuboriladi. Bundan tashqari, internetni yaxshi bilmaydigan fuqaro murojaat qilmoqchi bolsa, sud binosiga kelib, devonxona xodimiga uchrashadi va u shikoyatni elektron tizimga kiritadi. Qisqacha qilib aytganda, birinchi instansiya sudlariga qilinayotgan murojaatlarning barchasi elektron korinishda amalga oshirilmoqda. Yana shuni malumot ornida aytish mumkinki, bu tizim hozirgi davrda faqatgina birinchi instansiya sudlarida amaliyotga qoyilgan. Kelgusida apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibidagi ishni korish bosqichlariga ham tatbiq etish kozda tutilgan.

Shuningdek, ish bilan bogliq materiallarni elektron tarzda shakllantirishning bunday tartibi, avvalambor qol mehnatini va ortiqcha qogozbozlikni qisqartirishga olib keladi. Shu bilan birga, ishlarni saqlash, ularni yuqori instansiya sudlariga yuborish, ish materiallari bilan taraflarni tanishtirish, ulardan nusxalar olish kabi protsessual jarayonlarni sezilarli tarzda soddalashtiradi...

Media-tur doirasida jurnalistlar sudda ishlarni korish jarayonida ochiqlik va shaffoflikni taminlash maqsadida yolga qoyilgan audio-video tasvirga olish tizimi SRS Femida faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi. Yani sud binosiga ish yuzasidan borgan odam sudda ishi korilayotgan fuqarolarni sudga kiraverishdagi foyyeda ornatilgan monitor orqali bevosita kuzatishi mumkin. Bu kabi zamonaviy axborot-texnologiyalarining sud sohasiga joriy etilishi sudyalar masuliyatini oshirish bilan birga, korilayotgan ishga xolis yondashishda, haqiqatni yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir doirasida fuqarolik ishlari boyicha sudlarning joriy yilning birinchi choragidagi faoliyati haqida ham atroflicha malumot berildi. Takidlandiki, fuqarolik ishlari boyicha sudlar tomonidan 56653 ish korib chiqilgan va ulardan 83 milliard somdan ziyod majburiy tolovlarni undirish haqida 111376 sud buyrugi chiqarilgan. Fuqarolik ishlari boyicha 49150 hal qiluv qarori chiqarilib, ushbu qarorlar boyicha talablarning 83 foizidan ortigi qanoatlantirilgan.

Loyiha doirasida fuqarolarning huquqiy ongini oshirish maqsadida infografika va huquqiy savodxonlikka oid kitoblar tarqatildi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.