O'zb  
 
17.05.2018

KICHIK QONUN LOYIHASI ATROFIDA KATTA TORTISHUVLAR

Parlament quyi palatasi qo‘mitalarida qonun loyihalari boyicha muhokamalar izchil tus olyapti. Ayniqsa, «Ozbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 565-moddasiga qoshimchalar kiritish togrisida»gi qonun loyihasi atrofidagi munozaralar qizigandan qiziyapti. Ushbu hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan va Qonunchilik palatasida birinchi oqishda qabul qilingan.

Qonun loyihasi Fuqarolik kodeksidagi bitta moddaga qoshimchalar kiritish haqida. Bu modda transport vositasini ijaraga berish shartnomasining shakli haqida bolib, unda transport vositasini ijaraga berish shartnomasi, uning muddatidan qat’i nazar, yozma shaklda tuzilishi shartligi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat royxatidan otkazilishi lozim bolgan avtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomasi notarial tasdiqlangan bolishi kerakligi nazarda tutilgan.

Mamlakatimizda transport vositalarini ijaraga berish masalalari notarial tasdiqlash talab etiladigan bitimlar turiga kiritilgan. Jahon tajribasida turistlarga avtotransport vositalaridan foydalanishda hech qanday ortiqcha mamuriy cheklovlar, tosiqlar belgilanmagan. Bizda ushbu jarayon qoshimcha vaqt, xarajat talab qiladi. Bu muammoni bartaraf etish uchun avtomototransport vositalarini 30 kungacha bolgan muddatga notarial tasdiqlovsiz ijaraga berish kozda tutilmoqda. Bu huquqqa faqat ixtisoslashgan yuridik shaxslar ega bolishi qayd etilmoqda. Taklif etilayotgan qoshimchalarning manosi shunday.

Qonun loyihasi boyicha har xil fikrlar bildirilyapti. Birov hammasi togri bolyapti, desa, boshqa birov kutilayotgan ozgarish ayrim cheklovlar va anglashilmovchiliklarni keltirib chiqaradi, deb hisoblamoqda.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi azosi Sattor Rahmatovning mazkur qonun loyihasi boyicha fikri, pozitsiyasi quyidagicha:

— Maqsad tushunarli, lekin avtomototransport vositalarini ijaraga berish boyicha xizmat korsatishga ixtisoslashgan, degan jumlaga etirozim bor. Bu ixtisoslashuv nimaga kerak? Deylik, mening haydovchilik guvohnomam bor, demak, mashina boshqarishga huquqim bor, mashina egasidan mashina olmoqchiman. Bu yerda qanaqa ixtisoslashuv kerak? Yana bir munozarali savol, nega aynan yuridik shaxslarga bu imtiyoz berilmoqda, jismoniy shaxslarning ham qanchadan-qancha avtomashinalari bor. Ushbu loyihada qatiy chegaralar qoyilgan, buni aniqlashtirish kerak.

Avtomototransport vositalarini ijaraga berish boyicha xizmatlarni faqat yuridik shaxslarga berilishi qizgin tortishuvlarga sabab bolyapti. Ayrim deputatlarning fikricha, Fuqarolik kodeksiga kiritilayotgan ozgartish fuqarolik huquqi nazariyasiga ziddir. Ijara shartnomasi fuqarolik huquqiy munosabatda tomonlar teng bolishi kerak. Bu tamoyilga zid ravishda qoshimcha kiritilayotgani esa cheklovga olib keladi. Bu esa tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi...

Qonun loyihasi keyingi muhokamalarda qanday korinish oladi?.. Jarayonni kuzatishda davom etamiz.



DB query error.
Please try later.