O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
17.05.2018

OZBEKISTON AQSH: YANGI UFQ VA MARRALAR SARI DADIL QADAMLAR

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018 yil 15 may kuni ilk rasmiy tashrif bilan Vashingtonga keldi.

Vashington, 16 may. OzA maxsus muxbiri Abu Bakr OROZOV xabar qiladi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 16 may kuni Amerika Qoshma Shtatlari Prezidentining rasmiy qarorgohi — Oq uyda bolib otdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Amerika Qoshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp kutib oldi.

Keyingi vaqtlarda ikki mamlakat ortasida davlat rahbarlari darajasida muloqotlar muntazamlik kasb etmoqda. 2017 yilda Ozbekiston va AQSh Prezidentlari ikki marta may oyida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida hamda sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi doirasida Nyu-Yorkda uchrashib, mamlakatlarimiz ortasidagi mavjud aloqalar va istiqboldagi rejalar xususida suhbatlashdi.

Shuningdek, 2017 yilda Ozbekiston va AQSh rahbarlarining telefon orqali muloqoti bolib otdi. Joriy yil mart oyida Prezident Donald Tramp Prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkent shahrida otkazilgan Afgoniston boyicha xalqaro konferensiya arafasida maktub yolladi.

Osha muloqotlarda davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga doir masalalar, ozlarini qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdilar. Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash, Afgonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash masalalariga alohida etibor qaratildi.

AQSh Prezidenti Ozbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan yaxshi qoshnichilik munosabatlarini rivojlantirish va kooperatsiyani faollashtirishga qaratilgan, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan ochiq va konstruktiv tashqi siyosati hamda faol say-harakatlarini qollab-quvvatlab kelmoqda.

Ozbekiston bilan Amerika Qoshma Shtatlarining strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ayniqsa, mintaqaviy va xalqaro tinchlik va barqarorlikni taminlash borasidagi dolzarb masalalar boyicha ikki davlat rahbarlarining qarash va yondashuvlari mushtarakligi mamlakatlarimiz ortasidagi keng qamrovli aloqalarni izchil rivojlantirish uchun mustahkam asos bolib xizmat qilmoqda.

Otgan vaqt davomida Ozbekiston bilan AQSh ozaro anglashuv, hurmat va manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan strategik sheriklik ruhidagi munosabatlarni rivojlantirish yolida muhim qadamlar qoydi.

Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli rejalarini birgalikda korib chiqish maqsadida Prezident Donald Tramp Ozbekiston rahbarini AQShga rasmiy tashrif bilan kelishni taklif qildi. Ozbekiston Prezidenti tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingan ushbu taklif oliy darajadagi muloqotlarning yangi davrini boshlab berdi.

Davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvida Donald Tramp mamlakatlarimiz ortasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik sohasidagi umumiy maqsadlarni amalga oshirishda birgalikda ishlashdan mamnun ekanini qayd etdi.

Amerika Qoshma Shtatlari Ozbekiston Respublikasining qoshni davlatlar mustaqilligi va hududiy yaxlitligi, shuningdek, Markaziy Osiyoni yanada taraqqiy ettirish va mintaqada hamjihatlikni mustahkamlashga yonaltirilgan say-harakatlarini qollab-quvvatlaydi, dedi Donald Tramp.

Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston delegatsiyasiga korsatilgan yuksak ehtirom va mehmonnavozlik uchun AQSh Prezidentiga minnatdorlik bildirdi.

2017 yilda bolgan uchrashuv va telefon muloqotlari chogida muhokama etilgan masalalarni bugun maromiga yetkazish kop qirrali hamkorligimizni jadal rivojlantirishda yangi qadam boladi, deb oylayman, dedi Shavkat Mirziyoyev. Ozbekiston va AQShdagi Prezident saylovlaridan keyin mamlakatlarimiz munosabatlari yangi bosqichga kotarildi. Bugun qabul qilinadigan «Ozbekiston va Amerika Qoshma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi» nomli Qoshma bayonot oz nomi va mohiyati bilan kop narsani anglatadi. Tomonlarning uzoq kelajakka moljallangan intilishlaridan dalolat beradi.

Davlatimiz rahbari Ozbekiston tashqi siyosatining konseptual asoslari ozgarmasdan qolishini alohida takidladi. Ozbekiston Respublikasi Amerika Qoshma Shtatlari bilan munosabatlarni yanada kengaytirish, har tomonlama hamkorlikni izchil mustahkamlash va rivojlantirishning qatiy tarafdoridir.

Ikki mamlakat ortasidagi aloqalar mustahkamlanishi Amerika biznesining yurtimizda uzoq muddatli faoliyatni yolga qoyishi hamda AQShning yetakchi korporatsiya va kompaniyalari bilan investitsiyaviy-texnologik hamkorlikni yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida chuqur oylangan, ozaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yuritish, mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qoshnichilik muhitini mustahkamlash kabi masalalarga ustuvor ahamiyat qaratilgan.

Prezidentimizning tashabbusi va siyosiy irodasi tufayli mintaqa davlatlari ortasida ozaro ishonch mustahkamlandi. Davlat chegaralari, suvdan foydalanish muammolari, transport yolaklari, savdo aloqalari, hududlar hamkorligi kabi koplab masalalar boyicha ozaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.

Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida sozlagan nutqida Ozbekiston oz tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratishini yana bir bor takidladi. Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan Ozbekiston ushbu mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qoshnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdordir. Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir. Ozbekiston ozaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qoshnichilikni mustahkamlashning qatiy tarafdoridir. Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha masalalar boyicha oqilona murosa asosida hamkorlik qilishga tayyormiz, dedi davlatimiz rahbari BMT minbaridan.

Ozbekiston Prezidentining AQShga tashrifi davomida bu masalaga alohida etibor qaratildi. Mintaqamizdagi ijobiy ozgarishlarni Prezident Donald Tramp alohida etirof etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Donald Tramp muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar.

Unda asosiy etibor savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi. Vazirlik va kompaniyalar, ishbilarmon doiralar ortasidagi aloqalarni faollashtirish, yuqori texnologiyalar, savdo-sanoat, yoqilgi-energetika, transport va boshqa sohalarda qoshma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Savdo-sotiq sohasida mamlakatlarimiz ortasida 1998 yildan buyon eng kop qulaylik yaratish tartibi amal qilmoqda. Ozbekistonda amerikalik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan 181 korxona faoliyat korsatmoqda. Ularning 46 tasi tolaligicha ushbu mamlakat kapitali asosida tuzilgan.

Ozaro savdo transport va transport kommunikatsiyalari, farmatsevtika, avtomobilsozlik, yengil sanoat, oziq-ovqat, qishloq xojaligi, elektrotexnika kabi koplab sohalarni qamrab olgan.

Tashkil etilganiga yigirma yildan oshgan Amerika Ozbekiston savdo palatasi bugun iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qoshma dastur va loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirishning muhim mexanizmiga aylandi. Ayni paytda AQShning Boeing, General Motors, General Electric, CNH Industrial, Hayatt, Hilton va boshqa koplab yirik kompaniyalari mamlakatimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Muzokarada tomonlar oliy darajadagi muloqotlarni izchil davom ettirish, iqtisodiyot, energetika, moliya, sarmoya, yuqori texnologiyalar kabi sohalardagi hamkorlikni yanada faollashtirish, ozaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, gumanitar aloqalarni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.

Mamlakatlarimizda ozaro hamkorlikni yanada kengaytirish uchun foydalanilmayotgan imkoniyatlar kopligi, ularni ishga solish ikki tomon uchun ham manfaat keltirishi takidlandi.

Davlat rahbarlari qishloq xojaligi, energetika, kimyo, moliya, turizm, toqimachilik sanoati, sogliqni saqlash va raqamli texnologiyalar sohalarida yanada yaqin hamkorlik qilish boyicha mavjud imkoniyatlarni organishga kelishib oldilar.

Tashrif davomida Ozbekiston va AQSh kompaniyalari ortasida 20 dan ortiq yirik shartnomalar imzolangani va ularning umumiy qiymati 4,8 milliard dollarni tashkil etishi qayd etildi.

Tomonlar madaniyat, ilm-fan, talim, sport va turizm sohalari boyicha ozaro hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Prezidentlar mamlakatlarimiz ortasida talim sohasidagi hamkorlikka oz hissasini qoshadigan Xalqaro talim boyicha Amerika kengashlarining Ozbekistonda akkreditatsiya qilinishini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Donald Tramp AQSh Ozbekistonda ingliz tili boyicha talim dasturlarini amalga oshirishda komak berishga tayyor ekanini bildirdi.

Davlat rahbarlarining Ozbekiston va Amerika Qoshma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi deb nomlangan Qoshma bayonoti qabul qilindi.

Shuningdek, ikki davlatning turli vazirlik va idoralari ortasida savdo-iqtisodiy, elektrotexnika, farmatsevtika, investitsiya, texnologiya, innovatsiya va talim sohalarida uzoq muddatli hamda keng kolamli hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid hujjatlar imzolandi.

Ozbekiston rahbarining ushbu tashrifi ozaro munosabatlarda yangi ufq va marralar sari dadil qadam ekani alohida takidlandi.

Kunning ikkinchi yarmida davlatimiz rahbari Artur Sakler galereyasiga tashrif buyurdi. Galereya kolleksiyasi Osiyo xalqlari sanati asarlaridan iborat 10 mingga yaqin eksponatni oz ichiga olgan.

Prezidentimiz galereyada saqlanayotgan ozbek toqimachilik buyumlari namunalarini kozdan kechirdi. Markaziy Osiyo bolimidagi miniatyura va qolyozmalar bilan tanishdi.

Vashingtonda AQSh ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv bolib otdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qoshma Shtatlariga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: