O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
15.05.2018

Ozbekistonning inson huquqlarini taminlash borasidagi tashabbuslari Vashingtonda etirof etildi

VASHINGTON, 14-may. O‘zA maxsus muxbiri Abu Bakr OROZOV xabar qiladi.

Avval xabar qilinganidek, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018-yil 15-17 may kunlari rasmiy tashrif bilan AQSHda boladi.

Davlatimiz rahbarining AQSHga rasmiy tashrifi oldidan Ozbekiston delegatsiyasi a’zolari qator muhim tadbirlarda ishtirok etmoqda. Vashington shahridagi Milliy press-klubda “Ozbekistonning inson huquqlarini taminlash borasida erishgan yutuqlari va istiqboldagi vazifalar” mavzuida konferensiya bolib otdi.

Inson huquqlari boyicha Ozbekiston Respublikasi Milliy markazi, Xalqaro press-klub, Ozbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Ozbekistonning AQSHdagi elchixonasi va qator xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan anjumanda taniqli olimlar, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi orinbosari S.Safoyev, Inson huquqlari boyicha Ozbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov, fransiyalik tarixchi olim, sotsiolog M.Laryuel, Human Rights Watch tashkilotining Markaziy Osiyo boyicha rahbari S.Sverdlov, Ozbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi F.Abduxoliqov, Xalqaro press-klub rahbari Sh.Qudratxojayev va boshqalar Ozbekistonda demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, inson huquqlarini taminlashda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, yurtimizning xalqaro maydonda munosib orin egallashiga yonaltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini takidladi.

Takidlandiki, Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va uning asosida qabul qilingan qonunlar jamiyat va davlat faoliyatining barcha sohalarini isloh qilish uchun mustahkam huquqiy asos yaratdi. Ozbekiston Konstitutsiyasida mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan song qoshilgan dastlabki xalqaro huquqiy hujjatlardan biri bolgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida nazarda tutilgan asosiy tamoyillar oz ifodasini topgan.

Bugungi kunda Ozbekiston inson huquqlari boyicha 70 ta asosiy hujjatga qoshilgan, BMT tomonidan ushbu sohada qabul qilingan 10 ta asosiy xalqaro shartnoma ishtirokchisidir.

Mamlakatimizda milliy qonunchilik va huquqni qollash amaliyotiga xalqaro standartlarni tizimli va bosqichma-bosqich implementatsiya qilishning oz modeli, insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi monitoringi milliy tizimi shakllantirilgan.

Ozbekistonda inson huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish maqsadida qonun hujjatlari muttasil takomillashtirib borilmoqda.

2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida mamlakatning xalqaro munosabatlarning tola huquqli subyekti sifatidagi orni va rolini yanada mustahkamlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan orin olish, Ozbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qoshnichilik muhitini yaratish boyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Konferensiyada songgi yillarda Ozbekistonda inson huquqlari boyicha amalga oshirilayotgan ishlar dunyo jamoatchiligi tomonidan alohida etirofga sazovor bolayotgani qayd etildi.

Tadbirda mamlakatimizda sud hokimiyatining fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi roli, sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida erishilgan natijalar yuzasidan fikr almashildi.

Soha mutaxassislari jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: