O'zb  
 
15.05.2018

DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Ustav fondida davlat ulushi ustuvor bolgan davlat korxonalari va boshqa yuridik shaxslar (keyingi orinlarda davlat korxonalari deb yuritiladi) ustuvor sohalarda, eng avvalo, yoqilgi-energetika, agrosanoat, tog-kon komplekslarida, mashinasozlik, transport, kimyo sanoati, telekommunikatsiya sohalarida hal qiluvchi orinlarni egallagan holda milliy iqtisodiyotda muhim rol oynaydi.

Shu bilan birga, bugungi kunda davlat korxonalariga oz vazifalarini toliq bajarish va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik rivojlantirishga komaklashish imkonini bermaydigan qator muammolar mavjud. Xususan:

birinchidan, korporativ boshqaruv jarayonida davlat korxonalarining boshqaruv organlarida ijro etuvchi hokimiyatning sohaviy komplekslari va davlat boshqaruvi organlari rahbarlari ishtiroki oqibatida yuzaga keladigan manfaatlar toqnashuvining mavjudligi;

ikkinchidan, davlat korxonalarida optimal boshqaruv qarorlari qabul qilish, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlovchi investitsiyaviy jarayonlarni boshqarishning yolga qoyilgan tizimi mavjud emasligi;

uchinchidan, korporativ boshqaruvning shaffof emasligi, davlat korxonalarining moliyaviy va xojalik faoliyatini muntazam tahlil qilish, ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi va natijadorligini samarali nazorat qilish amaliyotining mavjud emasligi;

tortinchidan, davlat korxonalarining korporativ va loyiha boshqaruvi sohasidagi rahbar xodimlari va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining samarasiz ekanligi.

Davlat aktivlarini boshqarishning samaradorligini yanada oshirish, davlat korxonalari faoliyatini takomillashtirish, ularning Ozbekiston Respublikasini iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy jihatdan yanada rivojlantirishdagi rolini oshirish maqsadida:

1. Davlat korxonalari faoliyatini tashkil etishda keng kolamli ozgarishlarni amalga oshirish, shuningdek, davlat aktivlarining qiymatini va ularni boshqarish samaradorligini oshirishni kozda tutuvchi davlat korxonalarini transformatsiya qilish dasturlarini amalga oshirishning xalqaro tajribasi malumot uchun qabul qilinsin.

2. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga komaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasining quyidagilarni nazarda tutuvchi 2018-2020 yillarda ustav fondida davlat ulushi ustuvor bolgan davlat korxonalari va boshqa yuridik shaxslarni transformatsiya qilish dasturini (keyingi orinlarda – Dastur) amalga oshirish togrisidagi taklifiga rozilik berilsin:

boshqaruv xodimlariga yuklatilgan vazifalarning sifatli va oz vaqtida bajarilishi uchun ularning masuliyatini taminlovchi korporativ boshqaruv tizimini joriy etish;

davlat korxonalari faoliyati samaradorligini taminlash boyicha tashabbuslarni amalga oshirish;

davlat korxonalari rahbarlari va mutaxassislarining kasbiy konikmalarini, jumladan, tegishli tarmoqlar boyicha yetakchi xorijiy korporatsiyalar bilan tajriba almashinishni tashkil etish orqali rivojlantirish;

davlat korxonalarini transformatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirishda loyiha boshqaruvi vositalaridan foydalanish.

3. Belgilab qoyilsinki:

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Dasturning strategik maqsadlari va muhim vazifalarni aniqlash va tasdiqlash, shuningdek, uni amalga oshirish masalalari boyicha qarorlar qabul qilishga vakolatli Loyiha ofisi (keyingi orinlarda Loyiha ofisi) funksiyalarini bajaradi;

Dasturning amal qilishi “Ozbekneftgaz”, Ozkimyosanoat, Ozbekenergo, Ozbekgidroenergo, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Ozbekiston temir yollari aksiyadorlik jamiyatlari, Ozbektelekom AK, Navoiy kon-metallurgiya kombinati DK, Ozbekiston havo yollari MAK va AT Xalq bankiga (keyingi orinlarda davlat kompaniyalari) tatbiq qilinadi.

Loyiha ofisiga Dasturning amal qilishi muddatini uzaytirish, shuningdek, unga boshqa davlat korxonalarini kiritish boyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritish huquqi berilsin.

4. Belgilansinki, Dasturni amalga oshirish davrida:

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat kompaniyalarining boshqaruv organlarini shakllantirish boyicha;

Ozbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga komaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining davlat kompaniyalariga nisbatan;

Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligining AT Xalq bankiga nisbatan vazifa, funksiya va huquqlari Loyiha ofisiga otkaziladi.

Loyiha ofisi Dasturning ijrosi boyicha oz faoliyatini Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga komaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasidan mustaqil ravishda amalga oshiradi.

5. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Moliya bozori va davlat aktivlari boyicha daromadlar tushumini nazorat qilish boshqarmasi tugatilsin hamda boshayotgan 5 ta shtat birligi Ozbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga komaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga otkazilsin.

6. Loyiha ofisiga Dasturni amalga oshirish doirasida quyidagi vakolatlar berilsin:

Dasturga muvofiq davlat kompaniyalarining tashabbuslarini ishlab chiqish va joriy etish;

davlat kompaniyalarining moliya-xojalik faoliyati togrisidagi axborotlarni, shu jumladan, tijorat, bank, soliq sirlarini va boshqa cheklangan axborotlarni oz ichiga oluvchi malumotlarni sorab olish;

davlat kompaniyalarining faoliyatini, shu jumladan, ularning tashabbuslarini amalga oshirish nuqtai nazaridan muntazam tahlil qilish;

korporativ boshqaruvning samarali tizimini biznes-jarayonlarni takomillashtirish, asosiy ishlab chiqarish, mamuriy va operativ jarayonlarni optimallashtirish, zamonaviy menejment va resurslarni boshqarishni joriy qilish orqali yolga qoyish.

7. Quyidagilar:

Dasturni amalga oshirish masalalari boyicha Loyiha ofisining qarorlari davlat kompaniyalari tomonidan ijro etilishi uchun majburiy hisoblanadi;

Loyiha ofisi Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish sifati va muddatlari ustidan monitoring otkazadi;

davlat kompaniyalarining byudjetini shakllantirish Loyiha ofisi bilan majburiy kelishilishi lozim.

Loyiha ofisi Dastur amalga oshirilishining borishi togrisidagi maruzani har yili Ozbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish boyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim qiladi.

8. Loyiha ofisi davlat kompaniyalari bilan birgalikda ikki oy muddatda:

Loyiha ofisi ishining reglamenti;

Dasturni amalga oshirish boyicha yol xaritalarini ishlab chiqish

va belgilangan tartibda tasdiqlashni taminlasin.

Belgilansinki, Dasturni amalga oshirish tadbirlarini moliyalashtirish davlat kompaniyalarining shaxsiy mablaglari hisobidan amalga oshiriladi.

9. Ozbekiston Respublikasi Korporativ boshqaruv ilmiy-talim markazi (keyingi orinlarda Markaz) balansidagi binolari, inshootlari va boshqa moddiy-texnika qimmatliklari bilan birgalikda Loyiha ofisiga berilsin.

Ozbekiston Respublikasi Korporativ boshqaruv ilmiy-talim markazining Vasiylik kengashi tarkibi va tashkiliy tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

10. Belgilansinki, Markaz mavjud vakolatlari bilan bir qatorda:

davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarini loyiha boshqaruvi masalalari boyicha oqitishni tashkil etadi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining loyiha boshqaruvi hamda davlat xaridlari sohalarida malakasini oshirish boyicha maxsus qisqa muddatli talim dasturlarini ishlab chiqadi;

loyiha boshqaruvi hamda davlat xaridlari sohalarida kadrlar zaxirasini shakllantiradi;

loyiha boshqaruvi hamda davlat xaridlari sohalarida davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarini sertifikatlash tizimini ishlab chiqadi va amalga joriy etadi;

loyiha boshqaruvi hamda davlat xaridlarining xalqaro va milliy standartlari boyicha oquv qollanmalar, axborot beruvchi adabiyotlar va boshqa materiallar ishlab chiqishni amalga oshiradi.

11. Markazda 2018/2019 oquv yilidan boshlab:

har yilgi qabul kvotalari 40 kishidan iborat bolgan magistratura talim dasturi asosida Loyiha boshqaruvi (Project management) mutaxassisligi boyicha tolov-kontrakt asosida oqitish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarini loyiha boshqaruvi hamda davlat xaridlari sohalari boyicha tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yuzasidan imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda belgilangan namunadagi sertifikatlar berilgan holda, maxsus kurslar tashkil etilsin.

12. Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda belgilangan tartibda:

magistrlar tayyorlash sohasidagi zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda, Loyiha boshqaruvi magistratura mutaxassisligi boyicha kadrlar tayyorlash sohasida oliy talim davlat talim standartini tasdiqlasin;

oliy talim yonalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga Loyiha boshqaruvi magistratura mutaxassisligini kiritsin.

13. Markaz ikki oy muddatda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boyicha oquv rejalarini xorijda qisqa muddatli stajirovkalar otashni va loyiha boshqaruvi hamda davlat xaridlari sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilishni nazarda tutgan holda ishlab chiqsin va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin.

14. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining va Ozbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq ozgartish va qoshimchalar kiritilsin.

15. Ozbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga komaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar, shuningdek, davlat kompaniyalari bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi orinbosari B.M.Mavlonov va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M.Sadikov zimmasiga yuklansin.




Ozbekiston RespublikasiPrezidenti

Sh.MIRZIYOYEV


Toshkent shahri,

2018-yil 12-may


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: