O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
15.05.2018

Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng organish va targib qilish maqsadida yoshlar ortasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish togrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Bugungi kunda mamlakatimizda 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda ulkan ozgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning manaviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ularning qalbida ona Vatanimiz hamda xalqimizga muhabbat va sadoqat tuygusini kuchaytirish, barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bolgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida etibor qaratilmoqda.

Qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning yuksak gumanistik goyalarga asoslangan boy manaviy merosi umumbashariy sivilizatsiya va madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa bolib qoshilgani dunyo jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda etirof etiladi.

Ulug ajdodlarimizning aql-zakovati va badiiy dahosi bilan yaratilgan noyob asarlar, xususan, matematika, mineralogiya, astronomiya, kimyo, tibbiyot, farmatsevtika, memorlik, tarix, adabiyot, sanat, ilohiyot, falsafa va boshqa sohalarga oid manbalar nafaqat bizning xalqimiz, balki jahon ahlining bebaho boyligi hisoblanadi.

Ana shunday beqiyos merosimiz asosida tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovida 250 ming nafarga yaqin yosh ishtirok etib, tanlov goliblariga Prezident sovgasi – yengil avtomashina topshirilgani yoshlar ortasida kitobxonlik madaniyati rivojlanishiga muhim tasir otkazdi.

Buyuk adib va mutafakkirlarimizning nodir merosi, ibratli hayoti

va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur organish va targib etish, yoshlarimizni ozlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular ortasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida:

1. Ozbekiston yoshlar ittifoqi, Ozbekiston Matbuot va axborot agentligi, Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Xalq talimi vazirligi, Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Manaviyat va marifat markazi hamda jamoatchilik vakillarining mamlakatimiz yoshlari ortasida otkazilgan kitobxonlik tanlovlarini ijobiy baholagan holda, ushbu tanlovlarni otkazish tizimini yanada takomillashtirish togrisidagi takliflari maqullansin.

2. Buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng organish va targib qilish maqsadida yoshlar ortasida Yosh kitobxon tanlovini (keyingi orinlarda tanlov deb ataladi) otkazish boyicha tashkiliy qomita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilab qoyilsinki:

a) tanlovni otkazish bilan bogliq xarajatlar Ozbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgarmasi mablaglari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;

b) tanlovni yuqori saviyada otkazish uchun:

Ozbekiston Matbuot va axborot agentligi, Ozbekiston yoshlar ittifoqi, Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Xalq talimi vazirligi tashkiliy-amaliy ishlar boyicha;

Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Manaviyat va marifat markazi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy-ijodiy ishlar boyicha masul tashkilotlar hisoblanadi.

4. Ozbekiston Matbuot va axborot agentligi Ozbekiston yoshlar ittifoqi, Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Xalq talimi vazirligi, Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Manaviyat va marifat markazi bilan birgalikda on kun muddatda Yosh kitobxon tanlovini otkazish tartibi togrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

5. Mazkur Nizomda:

buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning merosini chuqur organish maqsadida alohida nominatsiyalar boyicha tanlovlar tashkil etish;

2018-yilgi tanlovlarni Vatanimiz tarixi va xalqimizning manaviy hayotida beqiyos orin tutadigan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Rizo Ogahiy, Berdaq singari buyuk mutafakkirlarimiz ijodi va faoliyati, jahon adabiyotining durdona asarlari, shuningdek, Alpomish, Gorogli, Kuntugmish kabi xalq dostonlari boyicha otkazish;

keyingi tanlovlarni davrlashtirgan holda davom ettirish uchun tegishli royxatlarni shakllantirish;

tanlov goliblarini mukofotlash va ragbatlantirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, xususan, respublika bosqichida birinchi orinni egallagan qatnashchilarni yengil avtomobillar bilan taqdirlash, ikkinchi va uchinchi orin sohiblari va faol ishtirokchilarni ham munosib ragbatlantirish choralari nazarda tutilsin.

6. Ozbekiston Matbuot va axborot agentligi tanlov nominatsiyalarida belgilangan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning asarlarini, ularning hayoti va faoliyatiga oid kitob va risolalarni nashrga tayyorlash, chop etish hamda talim muassasalari kutubxonalariga, tegishli veb-saytlarga, axborot-resurs markazlari va keng oquvchilar ommasiga yetkazish choralarini korsin.

7. Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu qaror ijrosi bilan bogliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari X.M.Sultonov va Q.K.Quranboyev zimmasiga yuklansin.






Ozbekiston RespublikasiPrezidenti

Sh.MIRZIYOYEV


Toshkent shahri,

2018-yil 12-may

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: