O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
15.05.2018

KECHAGI JASORAT, BUGUNGI ARDOQ

Komila KAROMOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Sizni kecha korgan edim... Oshanda boylaringiz baland, qadamlaringiz shaxdam, xushqad, xushsurat edingiz. Yelkangizdagi ogir qurol bilan Vatanni quchoqlab, uni osmon qadar keng bagringizga bosib ketayotgan edingiz. Siz huddiki, Farhod, Alpomish... Shuning uchun ham qahratonni, ochlik va azobni, hijronni yengdingiz. Vatan ishqi muzlarni eritdi. Chimildiq kormay dushman oqiga uchgan quroldosh dostlaringiz xotirasi haqi yuragingiz qasosga tolib boraverdi. Och olish azobi butun jismingizni egallab oldi. Bu intiqom galabani yaqinlashtirgandan yaqinlashtiraverdi.

Kechagi Siz bugungi bizlar. Kechagi mardligingiz bugungi tinchligimiz, dorilomon kunlarimiz.

Bugun Sizni yana kordim. Endi Siz ulgaygan edingiz. Farishta edingiz. Ozingizning yoshligingizga aylangan polvonkelbat yigit qollaringizdan tutgan, ohista-ohista qadam tashlab Sizni kutayotgan, qutlayotgan, olqishlayotgan davra tomon boshlab kelardi. Nigohlaringizda quvonch otli tuyguning rasmi, shukronalikning ifodasi bor. Siz ertangi kunimiz porloq bolsin, degan orzuingiz royobga chiqqanini sezdingiz, oz kozlaringiz bilan kordingiz. Quvonchingiz osmon boldi. Shukrona aytdingiz.

Urush tugaganiga 73 yil bolganiga qaramay, xotiralar, iztiroblar va koz yoshlar, ayriliqlar, hijronlar hamon biz bilan. Muhtaram Prezidentimiz takidlaganidek, mashum urushda 500 mingga yaqin yurtdoshimiz halok bolgan. Bu raqamlar kishini oyga toldiradi. Bu taqdirlar yodga olinganda tomirlaring muzlaydi, yuraging orqaga tortadi, dard-dunyoing qorongu boladi... 19 yoshida beva qolgan guldek kelinlar, ota diydoriga zor godaklar, bolasi yetimga aylangan onalar, alamlarini ichga yutgan metindek otalar koz ongimdan bir-bir otaveradi.

Xotira va qadrlash kunini yuksak saviyada otkazish maqsadida qabul qilingan Prezident Farmon va Qarorida, avvalo, yoshi ulug insonlarni, urush va mehnat fronti faxriylarining manzilli ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ular uchun yaratilayotgan imtiyozlar kolamini yanada kengaytirish kozda tutilgan. Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilariga bir martalik 5 million som pul mukofoti va qimmatbaho soatning tantanali ravishda topshirilgani ularning qalbini faxr-iftixorga toldirdi.

9 may Xotira va qadrlash kuniga bagishlab otkazilgan tantanali tadbir ham juda hayajonli va tasirchan otdi. Yaxshilikning umri boqiyligi, jasorat unutilmasligi, xotira uygoqligi, qadr abadiyligi shu kuni yana bir bor namoyon boldi. Bunga rosti dunyo havas qildi. Elchilar, diplomatik korpus vakillari tantanali davraning har bir ishtirokchisiga havas bilan qarashdi. Keksa avlodning kechagi jasoratiga, bugungi ardogiga... Mamlakatimizda inson shani uluglanayotganiga, qadr topayotganiga...

Bu shunday elki, mehr-oqibat korsatish unga qadim meros. Galaba bayramining keng nishonlanishi ayniqsa, osib kelayotgan avlod uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Chunki mard, jasur, vatan uchun jon fido qilgan yutdoshlarimizni uluglash, ularning xotirasini yod etish, tiriklarga hurmat korsatish, ezozlash orqali yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalaymiz. Biz ularni ezozlash orqali ulug qadriyatlarimizning boqiyligini, bardavomligini butun dunyoga namoyish etamiz. Davlatimiz rahbari aytganidek, «Bolalarimizga ham bagrikengligimiz otsin»...


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: