O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
15.05.2018

INSONIY BURCHIMIZ

Prezidentimiz taklifi olimlar, adabiyot va san’at arboblari, keng jamoatchilik zimmasiga ulkan masuliyat yuklaydi

Muslihiddin MUHIDDINOV, O‘zbekistonda xizmat korsatgan yoshlar murabbiysi, Samarqand davlat universiteti professori:

Prezidentimizning 9 may Xotira va qadrlash kuniga bagishlangan marosimdagi nutqida biz olimlar zimmasiga masuliyatli, ayni chogda sharafli vazifa qoyildi: «Men tarixchi olimlarimizga, adabiyot va sanat arboblariga, keng jamoatchiligimizga bir taklif bilan murojaat qilmoqchiman. Bu dahshatli urushda qatnashgan ota-bobolarimizning qahramonligi haqida yangi-yangi asarlar yaratish, jumladan, aniq tarixiy hujjatlar asosida mukammal kitob-albom tayyorlab, nashr etishning, oylaymanki, vaqti-soati keldi».

Biz avvalo bu topshiriqning mano-mazmuni va ahamiyatini chuqur anglab olishimiz kerak. Bu yil Ikkinchi jahon urushi tugaganiga 73 yil toldi. Urush qahramonlarining safi ham yildan-yilga siyraklashib bormoqda. Ular bilgan, korgan qancha-qancha tarixiy voqealarni, urush xotiralarini yozib olish, kelajak avlodlarga yetkazish barchaning, ayniqsa, tarixchi olimlarning vazifasi bolishi kerak.

Mamlakatimiz rahbarining tarixchilarga, barcha ziyolilarga qilgan murojaati, taklifi zamirida mana shu ezgu maqsad, xayrli harakat mujassamlashgan.

Mening nazarimda yaratiladigan kitob-albomda Ikinchi jahon urushidagi buyuk galabaga Ozbekiston qoshgan hissa, front ortini mustahkamlashda yurtdoshlarimizning fidokorona xizmatlari, urush qahramonlarining tarixiy xizmatlari oz ifodasini topadi. Yillar davomida saqlanib kelayotgan bu boshliqni toldirish uchun olimlarimiz, yozuvchilarimiz, sanatkorlarimiz, jurnalistlarimiz, fursatni boy bermasdan tezroq amaliy ishga kirishishlari lozim. Ikkinchi jahon urushida ozbek xalqi korsatgan jasorat va matonat bugungi kungacha tola ifoda etilgani yoq. Bu borada bizga Prezidentimiz nutqi dasturulamal bolib xizmat qiladi. Unda ilgari surilgan goyalardan kelib chiqib, tarixchilarimiz ilmiy tadqiqot ishlari olib borsalar maqsadga muvofiq bolar edi.

9 may bayramidan keyin Samarqand davlat universiteti rektori, professor Rustam Xolmurodov, Nuroniy fondi viloyat bolimi rahbari, OzXDP faoli Hasan Normurodov bilan Prezidentimiz taklifi yuzasidan suhbatlashdik. Bu ezgu tashabbusdan universitetimiz olimlari, ayniqsa, tarix fakulteti professor-oqituvchilari ham chetda turmaydi. Barchamiz murojaatda ilgari surilgan vazifalarni sidqidildan bajarishga ozimizni masul, deb bilamiz. SamDU tarix fakulteti domlalari, talabalaridan iborat guruhni shakllantirish, Samarqand viloyatidan urushda qatnashganlar, halok bolganlar, bedarak ketganlar haqida malumotlar, fotosuratlar, tarixiy hujjatlarni yigishda mutasaddi idoralarga beminnat, xolis yordam bermogimiz kerak.

Bu bilan biz Ikkinchi jahon urushi qahramonlari oldidagi insoniylik burchimizni ado etgan bolamiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: