O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
12.05.2018

OBOD QISHLOQ DASTURI IJROSI PARTIYAMIZ ELEKTORATI MANFAATIGA XIZMAT QILINISHINI UNUTMAYLIK

O‘rol OROZBOYEV, Ozbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati:

— Prezidentimiz tashabbusi bilan «Obod qishloq» dasturining amalga oshirilishi chekka hududlarda yashayotgan aholi hayotini yaxshilashda, munosib turmush tarzini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dostlik tumanidagi Manas qishlogidan boshlangan bu harakat ayni paytda butun respublika boylab keng quloch yoymoqda.

Otgan asrning 60-yillarida barpo etilgan Manas qishlogida bugungi kunda 6500 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Mazkur hududda yashayotgan odamlarni uzoq yillardan buyon ichimlik suvi, elektr energiyasi bilan bogliq koplab masalalar oylantirardi. Dastur doirasida qisqa muddatda keng kolamli ishlar amalga oshirilishi natijasida Suvoqova davlat unitar korxonasi tomonidan 6,5 kilometrlik suv quvuri yotqizildi. Suv tarqatish inshootlari ta’mirdan chiqarildi. Sizot suvlari sathi kotarilishini bartaraf etish uchun 41 kilometr uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlari tozalandi. Ikki qavatli 34 uyning tomi qayta yopildi. Ularning atrofidagi rejasiz qurilishlar ornida aholi talabidan kelib chiqib tandirxonalar, yordamchi binolar qurildi. Mevali va manzarali daraxt kochatlari otqazildi.

Qishloq vrachlik punkti qayta rekonstruksiya qilinib, bir vaqtning ozida 500 nafar kishini qabul qilish imkoniyatiga ega oilaviy poliklinika tashkil etildi. Prezidentimiz Manasga tashrifi chogida joylarda barpo etilayotgan zamonaviy tibbiyot muassasalarini malakali mutaxassislar bilan taminlash lozimligini aytdi. Bu orqali aholiga korsatilayotgan tibbiy xizmatning sifatini oshirish galdagi vazifa ekanligini alohida takidlab otdi. Haqiqatan ham chekka hududlarda malakali mutaxassislar yetishmasligi bor gap.

Hududdagi umumtalim maktabi tamirlanib, yangi jihozlar bilan taminlandi. 17 bolalar maydonchasi, 2 mini futbol maydoni, 250 orinli stadion barpo etildi. Bu inshootlarning barchasi manaslik yoshlarning soglom va barkamol bolib ulgayishlarida muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham Obod qishloq dasturi ijrosini taminlashda siyosiy partiyalar ham oz tashabbuslari bilan faol ishtirok etishi lozim.

Davlatimiz rahbari yaqinda Toshkentda bolib otgan videoselektor yigilishida dehqonchilikdagi agrotexnik tadbirlarni sifatli otkazish, jumladan, tomorqa xojaligini rivojlantirish bilan bogliq dolzarb vazifalarni belgilab berdi. Ushbu masala, partiyamiz elektorati hisoblanmish kam taminlangan oilalarni boqimandalik kayfiyatidan chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqib, partiyamiz faollari tomonidan Manasdagi ehtiyojmand oila vakillari ishtirokida tomorqadan unumli foydalanish va daromad olish borasida muntazam ravishda targibot tadbirlari otkazilmoqda. Natijada Manas kochasida yashaydigan 4 nafar fuqaro oz hovlisida issiqxona tashkil etdi. Ochiq maydonlardagi tomorqa xojaliklarida ham bahorgi ishlar qizgin. Tomorqaga bodring, gul kochatlari ekilmoqda. Xonadonlarda tovuqchilik, quyonchilikni rivojlantirishga alohida etibor qaratilyapti.

Oz navbatida Manasda Obod qishloq dasturida amalga oshirilayotgan ishlar partiyamizning ijtimoiy tarmoqdagi Telegram va facebook sahifalarida, mahalliy, markaziy ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borilyapti. Bu fuqarolarimizda islohotlarga daxldorlik hissini oshishiga xizmat qiladi.

Takidlash lozimki, kocha va xonadonlarni obod qilinishi, yashash sharoitini yaxshilanishi odamlarni dunyoqarashiga ozining ijobiy tasirini korsatyapti.

Odamlarda yaxshi yashashga bolgan ishtiyoq ortayotganligi, hayotga munosabat ozgarayotganini korib, mingta quruq gapdan bitta amaliy harakat maqulligiga yana bir bor amin bolasan kishi.

Obod qishloq dasturi doirasida viloyatimizning Mirzachol, Forish, Sharof Rashidov tumanlarida ham keng qamrovli ishlar davom ettirilmoqda. Masalan, Zafarobod tumani Lolazor qishlogidagi 60 oila istiqomat qiladigan 5 ta ikki qavatli uy tamirlandi. 100 nafar xotin-qiz ishlaydigan tikuv sexi, dorixona, savdo va xizmat korsatish inshootlari barpo etilmoqda.

Biz deputatlar, partiya tashkilotlari bu jarayonda tomoshabin bolib qolmasdan taklif va tashabbuslarimiz bilan faol ishtirok etishimiz kerak. Avvalo, Obod qishloq dasturining ahamiyatini odamlarga tushuntirishimiz, bu masalaga daxldor takliflarni doimiy komissiya va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalariga kiritishimiz lozim boladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: