O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
12.05.2018

MARDLIK VA JASORAT UNUTILMAYDI

yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi

Prezidentimizning joriy yil 16 apreldagi «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish togrisida»gi farmoni hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik korish va uni otkazish chora-tadbirlari togrisidagi qarorida urush qatnashchilari holidan xabar olish, yurt tinchligi va ozodligi yolida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish singari ezgu maqsadlar oz ifodasini topgan. Ikkinchi jahon urushida halok bolganlarning xotirasini abadiylashtirish masalasiga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, bugun saflarimizda turib Vatan obro-etiborini yuksaltirishga, yoshlarni manaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoshayotgan faxriylarni ezozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan galabaning 73 yilligini nishonlash, urush qatnashchilari va nogironligi bolgan shaxslarni moddiy ragbatlantirish bilan bogliq qator vazifalar belgilangan.

Aytish kerakki, barcha vazirlik va idoralar, davlat va nodavlat tashkilotlari, keng jamoatchilik mazkur vazifalar ijrosiga safarbar etildi. Xalqimizga kotarinki kayfiyat ulashish, nuroniylar holidan xabar olish, ularni moddiy va manaviy ragbatlantirish bilan bogliq turli tadbirlar otkazildi. Ushbu nufuzli umumxalq bayramining yuqori va avj nuqtasi poytaxtimizda davom etdi.

Toshkent shahridagi Botanika bogida Xotira va qadrlash kuni, Galabaning 73 yilligiga bagishlangan bayram tadbirida davlatimiz rahbari nutq sozladi. Ikkinchi jahon urushi va Ozbekiston bilan bogliq koplab haqiqatlar, raqamlarga alohida toxtalib otdi. Xalqimiz korsatgan mardlik va jasorat aslo unutilmasligi takidlandi.

Prezident nutqi keng jamoatchilik tomonidan chuqur organilmoqda. Ozbekiston XDP faollari, deputatlarimiz ham oz fikr-mulohazalarini bildirishmoqda.

Ulugbek VAFOYEV, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari:

— Malumki, yurtimizda ijtimoiy himoya masalalariga alohida etibor qaratiladi. Ehtiyojmand oilalar, keksa avlod vakillari, nogironligi bolgan shaxslarning farovon hayot kechirishi uchun qator xayrli ishlar olib borilmoqda. Nuroniylar, jumladan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va frontorti xizmatchilarining konglini kotarish, salomatligini mustahkamlash, ular uchun qulayliklar yaratish borasida tizimli ishlar yolga qoyilgan. Galaba bayrami munosabati bilan urush faxriylarining har biriga Prezidentimiz tabriknomasi, 5 million somdan pul mukofoti va bayram sovgalari tantanali ravishda topshirildi. Ularning holidan xabar olinib, moddiy va manaviy yordam korsatildi.

Takidlash kerakki, 9 may Xotira va qadrlash kuni bu yil ozgacha korinishda, kotarinki kayfiyatda, birdamlik, ahillik va hamjihatlikda nishonlandi. Kocha-koyda harbiy kiyimdagi bolalar, orkestrlar jamoalari qoshiq aytib, kuy chalib, atrofdagilarga bayram shukuhini ulashdi. Ayniqsa, joylarda urush yillariga aloqador turli tillardagi qoshiqlar yoshi ulug kishilarni otmish xotiralariga qaytardi.

Malumki, keksalar, boquvchisini yoqotganlar, nogironligi bolgan shaxslar partiyamiz elektorati hisoblanadi. Shuning uchun partiyamiz azolari ham ushbu bayramni munosib kutib olishga harakat qildi. Barcha darajadagi partiya tashkilotlarimiz tomonidan keksalar holidan xabar olindi, Muruvvat, Saxovat uylarida turli tadbirlar otkazildi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari bilan uchrashuvlar bolib otdi.

Poytaxtimizda tashkil etilgan sayllar, urush vaqti aks ettirilgan turli korgazmalar yoshu keksada tarixiy xotiralarni tikladi, deb oylayman. Ayniqsa, bayram munosabati bilan otkazilgan tantanali marosimdagi Prezidentimiz nutqi hamyurtlarimizda cheksiz faxr-iftixor tuygularini uygotdi. Zotan, u yerda aytilgan fikrlar butun xalqimiz, otaxonu onaxonlarimiz, kattayu kichikning dilidagi, qalbidagi gaplar edi, desam yanglishmayman.

Nutqda ajdodlarimizning ulug Galabaga qoshgan ulkan hissasi borasidagi bazi raqamlarga alohida toxtalib otildi. Urushda qatnashgan 120 mingdan ortiq Ozbekiston farzandi jangovar orden va medallarga sazovor bolgani takidlandi. Ularning 280 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni, 82 nafari uchala darajadagi Slava ordeni bilan mukofotlangani qayd etildi.

Buning manosi shuki, biz ularga bundan-da yuksak ehtirom korsatishimiz, ular hayotidan rozi bolib yashashida bor kuch va imkoniyatimizni safarbar qilishimiz kerak.

Dilbarxon MAMAJONOVA, Ozbekiston XDP Fargona viloyat kengashi raisi:

Inson hamisha yaxshi yashashga, farzandlarining kamolini korishga intiladi. Buning zamirida esa tinchlik va osoyishtalik tushunchalari mujassam. Millionlab kishilar qurbon bolgan, onalar qalbini vayron qilgan, otalarga alam, farzandlarga esa mashum xotiralar qoldirgan va hali hanuz yuraklarni jumbushga keltiruvchi Ikkinchi jahon urushi osuda hayot tushunchasining qadrini yanada oshirdi.

Ajdodlarimiz xalqimiz qadr-qimmati, or-nomusini himoya qilishda bosqinchi kuchlarga qarshi bukilmas iroda va jasorat bilan kurashgan. Bugungidek farovon hayot uchun ne-ne jonlar qurbon bolgan. Ularning muqaddas xotirasini yod etish, ezgu ishlarini davom ettirish biz uchun azaliy qadriyatdir.

Bu yilgi bayram chin manoda bizni ushbu ezgu maqsad yolida birlashtirdi. Xususan, Prezident nutqi barchaning qalbiga chuqur kirib bordi. Nutqda Siz, azizlarni biz fashizmga qarshi mardona kurashgan, buyuk Galabaga beqiyos hissa qoshgan, Vatanimizning haqiqiy qahramonlari, deb bilamiz va sizlar bilan cheksiz faxrlanamiz, deb takidlandi. Bu sozlar kattayu kichikda birdek faxr-iftixor tuygularini uygotdi. Chunki barchamizning ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz, aka-opalarimiz ana osha shonli galabaga oz hissasini qoshgan. Urushdan sog-omon qaytib, bugun oramizda duogoy bolib yurgan bobolarimiz biz uchun katta baxt va beqiyos davlatdir. Shu bois fashizmga qarshi kurashda halok bolgan vatandoshlarimiz xotirasini yod etib, ruhi poklariga hurmat bajo keltirish har bir fuqaro uchun ham qarz, ham farzdir.

Aslida ham, sonmas xotiralarda minglab, millionlab insonlar taqdiri mujassam. Zotan, ayovsiz urush tufayli qanchadan-qancha oilalar boquvchisidan ajraldi, godaklar yetim, ayollar beva bolib qoldi. Jigarbandidan judo bolgan onalar qalbidagi alam va iztirobni ifoda etishga soz ojiz. Bugun bizdan juda yiroqda bolgan osha qonli jang maydonlarida mardlik korsatgan, front ortida mehnat qilib, hayotimizga fayz bagishlab yurgan muhtaram faxriylarimizni hamisha ezozlashimiz, boshimiz yerga tekkuncha tazim qilishimiz kerak.

Abdulhamid NURMATOV, Ozbekiston XDP Andijon viloyat kengashi raisi, viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari:

Xotira va qadrlash bayrami Andijonda ham birdamlikda nishonlandi. Turli tashkilot va idoralardan tortib, aholi xonadonlarigacha ayyom shukuhi, shukronalik ruhi hukm surdi. Partiyamiz azolari viloyatdagi barcha yoshi ulug insonlar xonadonlariga kirib borishga, ularning yashash tarzi bilan tanishishga harakat qildi. Yoshlar esa bobojonu buvilarining yoshlik xotiralarini diqqat bilan tinglashdi. Umrining bahorini, osmirligu yoshligini urush va undan keyingi tiklanish yillariga sarf etgan aziz insonlarning duosini olishdi.

Aytish kerakki, dunyodagi millionlab insonlar umriga zomin bolgan, mislsiz yoqotishlar, talafot va musibatlar olib kelgan Ikkinchi jahon urushini hech kim unutmaydi. Osha vaqtda Ozbekistonda 6,5 million aholi yashagan bolsa, 1,5 milliondan ortiq hamyurtimiz urushda qatnashgan. Har uch kishining biri halok bolgani, mayib-majruh qaytganlar, bedarak yoqolganlar hisobga olinsa, bu galaba xalqimiz uchun naqadar qimmatga tushgani yaqqol namoyon boladi.

Ming afsuski, bugun ham dunyoning turli mintaqalarida keskinlik ochoqlari kopayib borayotgani ayni haqiqat. Bunday murakkab va tahlikali davrda tinchlikni saqlash dolzarb vazifa sanaladi.

Butun xalqimiz katta qiziqish, chuqur hayajon bilan kutib olgan, diqqat bilan kuzatgan Prezident nutqida ham ushbu masalaga alohida toxtalib otildi. Tinchlikni asrash maqsadida yaqin va uzoq qoshnilarimiz bilan ozaro manfaatli aloqalarni kuchaytirayotganimiz takidlandi. Ayniqsa, mintaqamizda dostlik va hamkorlik ruhini mustahkamlash boyicha katta ishlar amalga oshirilayotganiga etibor qaratildi. Jafokash afgon zaminida salkam 40 yildan buyon davom etayotgan mojaroni tinch yol bilan hal etish borasidagi tashabbuslarning xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qollab-quvvatlanayotgani etirof etildi.

Endilikda, oldimizda turgan muhim vazifalardan biri yoshlar ongiga tinch va osuda hayotning qadriga yetish, uni asrab-avaylash tushunchalarini singdirishimiz kerak. Ogil-qizlarimizni ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik kabi illatlardan asrashimiz zarur. Ularga munosib talim-tarbiya berishda ota-onalar, mahalla-koy, talim muassasalari bilan bir qatorda, jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlarning alohida orni bor. Bu ishlarda partiyamiz tashkilotlari faol ishtirok etishi lozim.

Janna PAK, xalq deputatlari Mirzo Ulugbek tuman Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi azosi:

Ozbek xalqi ozining bagrikengligi, mehmondostligi bilan nom qozongan. Buning qanchalar haqiqat ekanini men va men kabi bu yurtni oz Vatani, deb biladigan, uni jondan sevadigan insonlar yaxshi bilamiz. Asli sirdaryolikman. Osha yerda tugilib osganman. Bobom 1937 yilda Koreyadan surgun qilinganini, ozbek xalqi ularni ochiq chehra bilan kutib olganini doim takidlardi. Otam fermer edi, onam esa hisobchi bolgan va hozir nafaqada. Bolaligimdan turli millat vakillaridan dost va ortoqlarim kop edi. Eng shirin va begubor xotiralarim ham ular bilan bogliq. Hozirgacha bir-birimizni yoqlab turamiz. Bu ham mana shu zaminda organgan odatlarimizdan, deb bilaman.

Ota-onam urush yillari haqida kop gapirishmaydi. Chunki unda faqat okinch, ayriliq va soginch borligini takidlashadi. Lekin dunyodagi millionlab insonlarning hayotiga zomin bolgan, koplarning yostigini quritgan fashizmni qoralash, galaba yolidagi qurbonlarni yodda saqlash kerakligini uqtirishadi. Bugun zamon ozgardi, odamlar hayotga yangicha qaray boshladi. Biroq anana va qadriyatlar osha-osha. Mehr-oqibat, birdamlik tushunchalarini yanada mustahkamlash yolida islohotlar olib borilyapti.

Men ishlaydigan dargohda ham turli millat vakillari faoliyat yuritadi va oqiydi. Ular ortasidagi dostona munosabat esa bir oila farzandlarini yodga soladi. Demak, aynan mana shu tushunchalar, mana shu qadriyatlar borki, yurtimiz tinch, hamyurtlarimiz ahil.

9 may Xotira va qadrlash bayrami arafasida bu sozlar bot-bot tilga olinadi. Yoshi ulug insonlarga har qachongidanda koproq hurmat korsatiladi. Biz ham homiy tashkilotlar hamda maktab jamoamiz bilan birgalikda hududdagi faxriylar xonadonida boldik. Keksa avlod vakillari bilan yoshlar ortasida uchrashuvlar, suhbatlar otkazdik. Sovga-salomlar ulashdik. Muhimi, bolalarimizga ornak bolishga, saxovat korsatish, urush qatnashchilariga, keksa avlodga hurmat korsatish, ularni ezozlash burchimiz ekanini anglatishga harakat qildik.

Zero, davlatimiz rahbari bayram kungi tantanali marosimdagi nutqida farzandlarimizga milliy qadriyatlarimizni orgatish masalasiga ham etibor qaratdi. Urush yillarida Ozbekistonga evakuatsiya qilinganlarning taqdiri haqida toxtalib, Osha suronli yillar haqida gapirganda, xalqimizning olijanob gumanistik fazilatlari togrisida har qancha faxrlanib, gururlanib soz yuritsak, arziydi, albatta deya takidladi. Men ham mana shunday tanti va oqkongil xalq oldida hamisha bosh egaman.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Zilola UBAYDULLAYEVA yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: