O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
12.05.2018

TOSHKENTDAN KONGLIMIZ TOGDEK KOTARILIB, QUVONCHGA TOLIB, YASHARIB QAYTDIK

9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan poytaxtimiz Toshkent shahridagi «Botanika» bog‘ida otgan bayram tantanasida qatnashgan urush va mehnat faxriylarining quvonchini hech narsa bilan olchab, soz bilan ta’riflab bolmaydi. Ayniqsa, Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlardan kelgan urush qatnashchilarining quvonchlari cheksiz. Ular Toshkentdan uylariga qaytishgach, joylardagi muxbirlarimiz ularning dil sozlarini yozib olishdi.

Abdusalom RAHMONOV, Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi, Namangan tumanidagi Xonobod qishlogidan:

Toshkentda otkazilgan Xotira va qadrlash kuni bayramida 22 nafar namanganlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ishtirok etdik. Ayniqsa, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning har birimiz bilan alohida hol-ahvol sorashganidan, bizni diqqat bilan tinglaganidan biz frontovoylarning boshimiz osmonga yetdi.

Bayram marosimi shu qadar yuksak saviyada ediki, barchamiz bir zumning ozida navqiron yigitlik pallalarimiz kechgan otmish janggohlaridagi lahzalarni esladik...

Harbiy mundirdagi kursant qizlarning iltifotlari, quchogimizni toldirgan rango-rang gullar, atrofdan taralayotgan kuy-qoshiqlardan kozlarimiz quvonch yoshlariga toldi.

Ertaknamo ochil dasturxon tevaragida yetmish ikki tomirimizga singib ketgan harbiy suxandon Yuriy Levitanning ruhbaxsh, oktam ovozi sadosi jismimizga yangitdan navqironlik bagishladi.

Odamning boshi toshdan, deganlaricha bor ekan. Noming ochkur urush sababli ne-ne azob-uqubatlarni kechirmadik, deysiz. Kunimizdan bor ekan, shundoq dorilomon kunlarni korish nasib etdi.

18 yoshga tolgan yigit edim. Maktabda yaxshi oqiganim uchun ozim savod chiqargan 27-maktabga oqituvchi qilib ishga olishgandi. 1942 yilning kuzida Gorkiy shahridagi 205-oqchi polkiga keltirishdi. Bir yarim oylar chamasi bizni maxsus tayyorgarlikdan otkazishdi. Moskvaga alohida topshiriqlarni bajaruvchi dviziyaga yuborildim. Omsdon, Grozniy Cheboksari shaharlarida boldim. Moskva, Stalingrad mudofaasi janglarida qatnashdim.

1947 yilda ota-onam bilan diydorlashib, ularni tirik ekanimga ishontirish uchun qishloqqa kelib ketishimga ruxsat berishdi.

Galabaga erishilgan bolishiga qaramay, quroldoshlarimning aksariyati xizmatni davom ettirayotgan harbiy polkimga qaytishga burchli edim. Polkka qaytgach, Yapon urushida ham qatnashdim. Mogiliston, Manchjuriya va Koreyaga yuborildim. Xarbin, Xedzyu, Muntzyan shaharlarini ozod qilishda ishtirok etdim.

Keyin Vladivostokka kelib xizmatni davom ettirdim. Shu tariqa ona qishlogim Xonobodga 1949 yilda qaytib keldim. Sevimli kasbim uchun jonajon maktabimda oqituvchilikni davom ettirdim.

Mening yoshim 95 ga yetdi. Yetmishga kirganimda ham maktabimdan oyogimni uzmadim. Sakkiz nafar farzandimni oqituvchilik kasbi bilan voyaga yetkazdim. Bugun ularning bari oqigan, ishli, uy-joyli. Muhandis, quruvchi, tadbirkor. Mening izimdan oqituvchilik kasbini tanlagan oglim Abdulboqi fan nomzodi olim.

Yil on ikki oy uyimdan tabriklovchilar qadami uzilmaydi. Sovga ustiga sovga, mehr ustiga mehr, olam-olam izzatu hurmat.

Kishi bir lahzada ham ming yashnab, ming yasharishi mumkin ekan. Toshkentdagi bayram tantanasida shularni his qildim. Bularning barchasi uchun Prezidentimizga ming rahmat!

Tursunqul ERGASHEV, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Nurota tumanidan:

Botanika bogida bolib otgan Xotira va qadrlash bayrami hech qachon yodimdan chiqmaydi. Hamma mukofotlar bir boldi-yu Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev samimiyat bilan qolimni mahkam qisib sorashgani bir boldi. U kishi hammamizni galabaning 73 yilligi bilan tabrikladi, uzoq umr tiladi. Ha, aytmoqchi, men bilan korishayotib: Sogliq qanday? deb soradi. Men sahnada raqsga tushayotgan chaqqon yigitlarni korsatib: Ana shulardekman! dedim. Doim sog boling, dedi. Bunday etibordan, Prezident men bilan shaxsan sorashganidan gururlanib ketdim. Yodimda Prezidentimiz Saylovoldi uchrashuvlari bilan Nurota tumanida bolganida, mendan tumandagi ahvol, keksalarimizning yashash sharoitini soragan, odamlarning yashash sharoiti bilan qiziqqan edi. Bu safar ham Prezidentimiz bilan korishib, suhbatlashish baxtiga muyassar boldim.

Bundan 73 yil avval tengqurlarim qatori urushga borganman. Uning dahshatlari hali-hanuz koz oldimdan ketgan emas. Dushman bilan bolgan janglarda qancha-qancha dostlarimiz nobud boldi. Kopchiligining peshonasiga nogironlik qismati bitildi.

1944 yili mina parchasi chap bilagimning yarmini yulib ketdi. Kop qon yoqotdim, dala gospitali joylashgan qishloq aholisi menga qon berdi, oyoqqa turgunimcha holimdan xabar olishdi. Frontdan qaytib, ona-qishlogimda ellik yil bolalarga tarix fanidan dars berdim. Farzandlarimni oliy malumotli, jamiyatga nafi tegadigan qilib tarbiyaladim.

Bayram tantanalarida urush yillarini eslatuvchi kuy va musiqalar yangragani, harbiy texnikalar namoyish etilgani, yoshlar harbiy kiyimlarda yurganini korib, frontdagi voqealarni esladik. Hammamiz ham hayajonga tushdik, kozlarimizga yosh keldi. Korsatilgan etibor va ragbatdan boshimiz kokka yetdi. Yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligiga koz tegmasin.

Rejep QURBANMEDOV, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Qoraqalpogiston Respublikasi Taxiatosh tumanidan:

Endi Toshkent degani juda ozgarib ketibdi. Voy-boy, bu osmonopar binolar, bu obodgarchiliklarni umrim bino bolib, hech yerda korganim yoq. Yoshim 90 da, charchab qolaman-ov, devdim, yoq, judayam hurmat-izzatimizni joyiga qoyishdi. Bizni moshinada olib yurishdi. Yotoq joylarida ham hamma narsani muhayyo qilib berishdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning aytgan gaplarini eshitdingizmi... Mehr bilan gapirdi, bizni juda hurmatlab gapirdi, harbiy kiyimdagi yosh yigit-qizlar bizni raqsga taklif qilishdi. Ularni korib yoshligim esimga tushdi, frontdagi dostlarimni esladim. Qayta-qayta kozimga yosh keldi... Urush yillarida aytilgan qoshiqlarimizni eshitib, juda hayajonlandim.

Men 1943 yilda xizmatga chaqirilib, Dneprni dushmanlardan ozod qilish paytida oyogimdan jarohat olganman. Osha jang maydonida halok bolgan qanchadan-qancha quroldosh dostlarimni hech qachon unutmayman.

Yapon urushida qatnashganman, 1950 yilda qadrdon qishlogimga qaytib keldim.

Urushdan qaytgach xalq xojaligini tiklashda qatnashdim. 1984 yilgacha traktorchilar brigadasini boshqardim. Biz urush qatnashchilariga davlatimiz tomonidan katta etibor korsatib kelinmoqda. Otgan yili Taxiatosh shahridan menga uy sovga qilingan edi. Bu yil, qarang, Davlatimiz rahbari tomonidan 5 million som pul, tilla soat sovga qilindi. Tabrik maktubi ham oldik. Buning ustiga bizni Toshkentga bayramga taklif qilishdi. Prezident har birimiz bilan quchoq ochib sorashdi. Bu kunlar hech qachon yodimdan chiqmaydi. Togrisini aytsam, bunchalik etibor, qadrlash umrimizga umr qoshadi, bizga kuch-quvvat beradi.

Men ozimni dunyodagi eng baxtli insonlardan hisoblayman. Yoshligimning eng gullagan yillarini urushning qonli maydonlarida otkazgan bolsam, buning hammasi Vatan uchun, kelajak uchun edi. Ollohga behisob shukur, menga mana shunday yorug kunlarni korish nasib etdi. On nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazdim, 45 nevara, 75 evaram bor, bundan ortiq baxt bormi!

Bizni uluglaganni Yaratgan ozi kam qilmasin.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: