O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
12.05.2018

Ekstremistik faoliyat: PROFILAKTIK TADBIRLAR, QARSHI KURASH CHORALARI KUCHAYTIRILADI

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga daxldor bo‘lgan qator qonun loyihalari muhokama qilindi.

Qonun loyihalari Ozbekiston XDP fraksiyasining majlisida ham atroflicha korib chiqildi.

Fraksiya a’zolari «Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartirish va qoshimchalar kiritish togrisida»gi qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi. Takidlandiki, loyiha Prezidentimizning Ozbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmonidagi vazifalarni qonun hujjatlarida muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Qonun loyihasiga kora, bir qator qonunlar hamda kodekslarga ozgartirishlar kiritish taklif etilmoqda. Masalan, Birjalar va birja faoliyati togrisidagi qonunga hisob palatasi zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida birja bitimi togrisidagi axborotlarning taqdim qilinishi bilan bogliq qoidani kiritish masalasi ilgari surilmoqda.

Deputatlar fikricha, taklif etilayotgan ozgartish va qoshimchalar orqali Hisob palatasining faoliyati tartibga solinadi. Hujjatlarda belgilangan asosiy vazifalari va yonalishlari boshqa qonunlarda ham aks ettirilishi taminlanadi.

Shuningdek, fraksiya azolari birinchi oqishda kiritilayotgan Ekstremizmga qarshi kurashish togrisidagi qonun loyihasini atroflicha muhokama qildi. Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida xalqaro terrorizm va ekstremizmning yangi tahdidlari paydo bolayotgan bir sharoitda bu boradagi profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirishni davrning ozi taqozo etayotgani takidlandi.

Shuhrat MAMAJONOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

— Taklif etilayotgan qonun loyihasi konseptual jihatdan maqullanmoqda. Mazkur hujjat orqali bugun butun dunyoni tashvishga solayotgan illatga, odamlarning ongi va hayotini zaharlovchi goyalar tarqatuvchilarga qarshi kurashish masalasining huquqiy asoslari yaratiladi. Ekstremistik guruhlar faoliyatiga chek qoyish choralari koriladi. Lekin loyiha ustida ishlash, uni yanada mukammallashtirish talab etiladi.

Ekstremistik faoliyatga qarshi kurashishda profilaktika masalalari dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun qonunning nomini ham qayta korib chiqish kerak, deb oylaymiz. Loyihada jumlalardagi oxshashliklar, noaniqliklar kop uchraydi. Ular tushunarli va aniq sozlar bilan almashtirilsa, maqsadga muvofiq boladi.

Muhimi, mazkur hujjat Terrorizmga qarshi kurash togrisidagi qonunni takrorlamasligi kerak. Bular ikki xil masala bolib, qarshi kurash chora-tadbirlari ham bir-biridan farqlanishi lozim, deb hisoblaymiz.

Aliya YUNUSOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

Togri, mazkur qonunni qabul qilishni davrning ozi taqozo etmoqda. Ammo undagi meyorlarni aniq, ravon, xalqaro standartlarga har tomonlama mos shaklga keltirish lozim. Ekstremizm global darajadagi masala bolib, qonun qabul qilingach, dunyo hamjamiyatining ham etiborini tortadi, xalqaro ekspertlar muhokamasida boladi. Puxta va sifatli qonun yaratish anchagina vaqt talab etadi.

Fraksiyamiz azolari qonun loyihasida ayrim jihatlar ozaro nomutanosib bolgani uchun uni qayta korib chiqish kerak, deb hisoblaydi. Ekstremistik faoliyatni cheklash bilan bogliq meyorlarni mantiqan mos keluvchi jumlalar bilan toldirish lozim. Davlat idoralariga profilaktik tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan qator vazifalar yuklatilmoqda. Gap shu haqda ketganda Ijtimoiy sheriklik togrisidagi qonunga murojaat qilish talab etiladi. Qonun loyihasida qaysi nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi aniq korsatib otilishi zarur, deb oylaymiz.

Shuningdek, ekstremistik guruhga aloqador shaxslar emas, guruhlar va tashkilotlar bilan bogliq meyorlar ham belgilanishi lozim. Sud qaroriga kora ekstremistik guruh deb topilgan holatda qanday choralar korilishi haqida aniqlik kiritilishi kerak.

Fraksiya yigilishida Ozbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 511-moddasiga ozgartish kiritish haqidagi qonun loyihasi ham deputatlar diqqat markazida boldi. Loyihada nogironligi bolgan shaxslarning injenerlik, transport va ijtimoiy infratuzilma obektlariga tosiqsiz kirishini taminlash masalasi asos qilib olingan. Belgilangan talablarni bajarishdan boyin tovlaganlik, shu orqali ularning huquq va erkinliklarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilmoqda. Bu boradagi qonun hujjatlari mamuriy javobgarlikni tartibga solish sohasidagi xalqaro hujjatlarga muvofiqlashtirilmoqda.

Sattor RAHMATOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

Nogironligi bolgan shaxslarni faol hayotga qaytarish, ular uchun tosiqsiz muhit yaratish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan qaraganda mazkur qonun loyihasini qollab-quvvatlaymiz. Lekin unga ayrim aniqliklar kiritilishi kerak. Masalan, panduslarning qanday bolishi, qay yosinda joylashtirilishi bilan bogliq meyorlar ishlab chiqilishi, ana shu asosida javobgarlik turlarini belgilash maqsadga muvofiq boladi.

Fraksiyamiz vakillari qonunning qabul qilinishi nogironligi bolgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun teng sharoitlar yaratilishini taminlaydi, deb hisoblaydi. Ularni jamiyat hayotiga faol jalb etishga, nogironligi bolgan shaxslarning huquqlarini taminlash sohasida tan olingan xalqaro meyor va standartlarni milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilishga olib keladi. Loyihadagi noaniqliklarni bartaraf qilish va yanada takomillashtirish lozim.

Yigilishda, shuningdek, Avtomobil yollari togrisidagi, Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari togrisidagi va qator qonun loyihalari atroflicha korib chiqildi.

Muhokama qilingan qonun loyihalari boyicha fraksiya oz pozitsiyasini belgilab oldi.



DB query error.
Please try later.