O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
12.05.2018

OZBEKISTON AQSH: SAVDO-IQTISODIY HAMKORLIK YANADA RIVOJLANADI

Muzokaralar chog‘ida qator dolzarb masalalar bilan birga amaliy sheriklikni kengaytirish va ozbek iqtisodiyotiga Amerika sarmoyalari va texnologiyalarini jalb etish bilan bogliq masalalar ham muhokama etilishi kutilmoqda. Ushbu muhim voqea arafasida «Jahon» axborot agentligi Ozbekiston — Amerika savdo aloqalarining zamonaviy holati va istiqbollarini tahlil qildi.

Amerika Qoshma Shtatlari kopgina iqtisodiy va boshqa korsatkichlar boyicha sayyoramizdagi yetakchi mamlakat bolib qolmoqda: masalan, 2017 yil yakunlari boyicha yalpi ichki mahsulot 18 trillion dollardan oshdi. AQSh dunyoning eng diversifikatsiyalashgan postindustrial iqtisodiyoti bolib, unda yuqori ishlab chiqarish kuchiga ega innovatsiyalar tarmogi ustun ahamiyatga egadir. Mamlakat ilmiy-texnikaviy taraqqiyot natijalarini industriyaga tadbiq etish, oz kashfiyotlariga litsenziyalarni eksport qilish, ixtiro va eng yangi ishlanmalar borasida yetakchilik qilmoqda. Amerika yalpi ichki mahsulotining katta qismi allaqachondan beri xizmat korsatish sohasi tarmoqlari hisobidan shakllanib kelmoqda.

Oz navbatida, Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan, mintaqaning barcha mamlakatlari va Afgoniston bilan chegaradosh bolgan Ozbekiston izchil osuvchan iqtisodiyot hamda katta iste’mol bozoriga va, tabiiyki, barcha qoshni davlatlar bozoriga chiqish yoliga egadir. Arzon, biroq yuqori malakali ishchi kuchi va shitob bilan rivojlanayotgan infratuzilmaga ega bolgan respublika ota istiqbolli sarmoyaviy sherik hisoblanadi.

Shuning uchun Toshkent va Vashington ozaro munosabatlarda savdo-iqtisodiy almashuvlarni kuchaytirishga ustuvor ahamiyat bermoqda. 1993 yildan buyon savdo munosabatlarda eng qulay sharoit yaratish rejimi amal qilmoqda. 2006 yili imzolangan AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari ortasida savdo va sarmoyalar boyicha doiraviy bitim (United States Central Asia Trade and Investment Framework Agreement, TIFA) ham ozaro amaliy aloqalarni rivojlantirishga komaklashmoqda.

2017 yil sentabr oyida Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi doirasida Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh biznes doiralari vakillari bilan qator samarali uchrashuvlar otkazgani barobarida Amerikaning yuzdan ziyod yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi Ozbekiston AQSh biznes forumida ham qatnashdi. Tadbir yakuni boyicha AQSh kompaniyalari bilan neft-gaz va neft-kimyo jabhasi, mashinasozlik, elektrotexnika sanoati va fuqaro aviatsiyasi sohalarini qamrab olgan, umumiy qiymati 2,6 milliard dollarga teng bolgan yirik hujjatlar toplami imzolandi. Bundan oldin, 2017 yil fevralida xuddi shunday biznes-forum Toshkentda otkazilgan edi.

Qoshma dasturlar va turli jabhalardagi loyihalarni ilgari surishda Amerika Ozbekiston savdo palatasining hissasini alohida qayd etish joiz. 1993 yili tashkil topgan mazkur assotsiatsiya ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ortasidagi ishonchli koprik vazifasini otamoqda.

Ozbekistonda ishlab chiqarilgan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlariga, xalq hunarmandchiligi va toqimachilik buyumlariga okean ortida katta talab kuzatilmoqda. Bu yonalishdagi aniq maqsadni kozda tutadigan ishlarni yolga qoyish maqsadida otgan yili Nyu-Yorkda Ozbekiston Amerika savdo uyi ochildi. Uning asosiy missiyasi ishbilarmon doiralar vakillarining manfaat va say-harakatlarini muvofiqlashtirish, mamlakatimiz tadbirkorlari ishlab chiqaradigan mahsulotlar eksportini kopaytirish.

Malumki, Ozbekiston dunyoning kam sonli davlatlari qatorida ozining avtomobilsozlik sanoatiga ega. Respublikamiz General Motors korporatsiyasi bilan ozaro manfaatli hamkorlikni yolga qoygan. U 2007 yildan buyon mamlakatimiz bozorida faoliyat korsatmoqda. GM bilan sheriklik qoshma loyihalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, avtomobillarning yangi zamonaviy modellari ishlab chiqarilishini yolga qoyish bilan birga ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, eksport hajmlarini oshirish va uning jogrofiyasini kengaytirish, savdo strategiyasini takomillashtirish, marketing tadqiqotlarni olib borish singari masalalarni ham qamrab olgan. Shu orinda 2011 yili General Motors Powertrain Uzbekistan zavodi ishga tushirilgani, unda yengil avtomobillar uchun dvigatellar ishlab chiqarilayotganini ham esga olish orinli boladi.

Jahon aviasanoatining giganti hisoblanadigan Boeing mamlakatimiz uchun zamonaviy fuqaro havo kemalarini yetkazib beradigan asosiy sherik hisoblanadi. Yaqinda Ozbekiston havo yollari Milliy aviakompaniyasi parki ikkita Boing 787-8 Dreamliner bilan boyidi. Bugungi kunda Ozbekiston davlat bayrogi ranglari tushirilgan orzu laynerlari dunyoning uzoq masofadagi nuqtalariga betoxtov qatnovlarni amalga oshirmoqda. Shunisi ham diqqatga sazovorki, milliy aviakompaniyamiz yaqin yillar ichida yana tortta ana shunday orzu layneriga ega boladi. Bundan tashqari, Boeing 2016 yili Toshkentda ishga tushirilgan Samolyotlar kompozit tarkibiy qismlarini tamirlash markazini yaratish boyicha loyihadagi hamkor hamdir.

General Electric korporatsiyasi ozbek iqtisodiyotining neft-gaz va aviatsiya jabhalaridagi dasturlarni hayotga tadbiq etishda qatnashmoqda, sogliqni saqlash, qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishlab chiqishdagi loyihalarni moliyalashtirmoqda.

Ozbekistonning dam olish industriyasidagi salmoqli imkoniyatlari hamda respublikamizda sayyohlik biznesi uchun yaratilgan qulay sharoitlar Hyatt korporatsiyasining etiborini tortdi. Buguni kunda hashamatli Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi Ozbekiston poytaxtining markazini bezab turibdi. Hozirgi paytda kompaniya Buxoro, Xiva va boshqa shaharlarda mehmonxonalar tarmogini ochish rejalarini kozlamoqda. Boshqa yirik korporatsiya Hilton ham Ozbekistonga nazar solmoqda.

Bu hali ozbek bozoriga kirgan va kopgina muvaffaqiyatlarni qolga kiritgan Amerika biznes subektlarining tola royxati emas. Songgi paytlarda valyuta siyosatini liberallashtirish, soliq rejimini soddalashtirish, sarmoyadorlar uchun qoshimcha qulaylik va imtiyozlar yaratish boyicha tizimli chora-tadbirlarni korayotgan respublikamizdagi ishbilarmonlik muhiti AQShning yetakchi firma va kompaniyalarining etiborini oziga tortmoqda.

Shubha yoqki, Ozbekiston va AQSh ortasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning hozirgi darajasi tomonlarning salohiyati va intilishlariga tola javob bermaydi oldinda amaliy hamkorlikni faollashtirish boyicha ulkan chora-tadbirlarni hayotga tadbiq etish bilan bogliq ishlar turibdi. Yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Farmoni bilan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasining orta muddatli istiqbolda asosiy xorijiy sheriklar bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy hamkorligini rivojlantirishdagi ustuvor yonalishlarda bir qator aniq-ravshan chora-tadbirlar kozda tutilgan.

Xususan, ozbek iqtisodiyotini modernizatsiyalash, kadrlar tayyorlash va insoniy kapitalni rivojlantirish, jumladan, Amerika tomonining sarmoyaviy va maslahat komagini jalb etish yoli bilan respublikaning Jahon savdo tashkilotiga kirishi masalalarida Qoshma Shtatlar bilan hamkorlikni kengaytirish nazarda tutilgan.

Xalqimiz va kelgusi avlod farovonligini taminlash yolida milliy iqtisodiy tizimni sifat jihatdan yangilash, tarmoqlarni jadal va barqaror rivojlantirish, ayniqsa, iqtisodiyotni yuqori texnologiyalar asosida ravnaq toptirish boyicha Ozbekiston kozlagan rejalar nazarda tutilganda bu chora-tadbirlarning barchasi naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligi yaqqol ayon boladi.

Shahriyor TURGUNBOYEV

Jahon AA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: