O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
25.09.2012

Sport kurashlari boyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini tashkil etish togrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Respublikamizda kuchli maktabga ega bolgan hamda Olimpiya oyinlari va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sport kurashini olimpiya sport turlaridan biri sifatida yanada keng rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni erkin va yunon-rum kurashi bilan muntazam shugullanishga faol jalb etish, ularning sport mahoratini oshirish hamda trener kadrlarning salohiyatini rivojlantirish, shu asosda mamlakatimiz terma jamoalari uchun ishonchli zaxirani shakllantirish borasida zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Ozbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasining Toshkent shahrida Sport kurashlari boyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini tashkil etish togrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Belgilab qoyilsinki:

Sport kurashlari boyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi idoraviy sport kompleksiga tegishli binolar va inshootlarning bir qismi negizida erkin va yunon-rum kurashi boyicha yosh istedodli kurashchilarni tanlab olish va tayyorlash bilan shugullanadigan oz internatiga ega bolgan sport-soglomlashtirish muassasasi sifatida tashkil qilinadi;

Sport kurashlari boyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabining umumiy kontingenti 60 nafar oquvchini tashkil qiladi, ular turar joy, tort mahal ovqat, sport ekipirovkasi hamda maxsus kiyim-bosh, sport uskunalari va anjomlari bilan taminlanadilar.

3. Quyidagilar Sport kurashlari boyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabining asosiy vazifalari etib belgilansin:

zarur bolgan taqdirda sport kurashi boyicha xorijiy trenerlar va mutaxassislarni taklif qilgan holda, kurashchilarni sport kurashi sohasidagi eng yangi ilmiy-metodik tavsiyanomalar asosida tayyorlash boyicha oquv-mashq jarayonini yuqori darajada tashkil qilish;

nazariy tayyorgarlik va texnik-taktik konikmalarni takomillashtirish, oquvchilarning professional qobiliyatini rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy sport kurashini rivojlantirishning xalqaro talablariga muvofiq holda Ozbekiston terma jamoalarini tayyorlash darajasini oshirish;

Birlashgan kurash usullari xalqaro federatsiyasi (FILA) trenerlarini oqitish dasturlaridan foydalangan holda, Sport kurashlari boyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi trenerlarining malakasini tizimli asosda oshirib borish;

oquvchi-kurashchilar va trenerlar tarkibining professional mahoratini oshirish uchun tajriba almashish borasida sport kurashi boyicha xorijiy maktablar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

4. Shunday tartib ornatilsinki, unga muvofiq, Sport kurashlari boyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:

Davlat byudjeti mablaglari;

Sport kurashlari assotsiatsiyasi mablaglari;

homiylar mablaglari va xalqaro tashkilotlarning grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

5. Ozbekiston Respublikasi Davlat mulki qomitasi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahri hokimligi bir oy muddatda Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahri, Mirzo Ulugbek tumani, Mustaqillik shoh kochasida joylashgan sport kompleksining tegishli binolari va inshootlarini, boshqa mulklarini, “Dinamo” stadionini Sport kurashlari boyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabining balansiga belgilangan tartibda bepul otkazilishini taminlasin.

6. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

Sport kurashlari boyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabining tuzilmasini va maktabga oquvchilarni tanlov asosida qabul qilish tartibini;

Sport kurashlari boyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi oquvchilarining yashab turishi uchun jihozlar, oziq-ovqat, shuningdek, sport ekipirovkasi va kiyim-bosh bilan taminlash normativlarini;

Sport kurashlari boyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi uchun oquv-mashgulot, sport va xojalik uskunalari, jihozlar, zamonaviy kompyuter texnikasi, texnik hamda transport vositalari, shuningdek, boshqa mulklarning zarur royxatini;

Sport kurashlari boyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi uchun oquv-mashgulot korpusining qurilishini tashkil etish boyicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin.

7. Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Ozbekiston Sport kurashlari assotsiatsiyasi bilan birgalikda:

bir oy muddatda belgilangan tartibda Sport kurashlari boyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabining Nizomi tasdiqlanishini, shuningdek, uning davlat royxatidan otkazilishini;

Sport kurashlari boyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabining yuqori malakali mutaxassislar bilan taminlanishini, oquv xonalarining zarur oquv-metodik adabiyotlar bilan jihozlanishini;

ikki oy muddatda ilgor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, erkin va yunon-rum kurashi boyicha yosh kurashchilarni tayyorlash dasturi tasdiqlanishini;

Sport kurashlari boyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi oquvchilari tayyorgarligining sifati muntazam ravishda monitoring qilib borilishi va zarur hollarda tayyorgarlik jarayoniga tegishli tuzatishlar kiritilishini taminlasin.

8. Ozbekiston Sport kurashlari assotsiatsiyasiga:

Sport kurashlari boyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga tizimli asosda tashkiliy va oquv-metodik yordam korsatish hamda uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga komaklashish;

ikki oy muddatda Sport kurashlari boyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini kerakli oquv-mashq va sport uskunalari, mebel va anjomlar, zamonaviy kompyuter texnikasi, texnik va transport vositalari hamda boshqa mol-mulk bilan taminlash boyicha chora-tadbirlar kompleksini homiylar bilan birgalikda amalga oshirish;

Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda, Birlashgan kurash usullari xalqaro federatsiyasi trenerlarini oqitish dasturlaridan foydalangan holda, Sport kurashlari boyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi trenerlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek, Sport kurashlari boyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabining oquv-mashgulot jarayoniga Federatsiyaning kadrlar va oquv-metodik salohiyati jalb etilishini taminlash tavsiya qilinsin.

9. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

ushbu qarorga muvofiq, 2013-yildan boshlab har yili, Davlat byudjeti parametrlarida Sport kurashlari boyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini tashkil qilish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish hamda uning joriy taminoti bilan bogliq xarajatlar uchun zarur mablag ajratilishini nazarda tutsin;

3 ta xizmat avtotransporti, shu jumladan, bitta avtobus taminoti uchun limit belgilasin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2012-yil24-sentabr


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: