O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
10.05.2018

BOLALIKNING SONGGI YOZI

«Bolalikning so‘nggi yozi» hujjatli filmini korgan kishi urush insoniyat boshiga cheksiz kulfatlar solganini yana bir bor chuqur anglaydi. Ozbek xalqining bagrikengligi, mehridaryoligini, yaxshilik eng oliy qadriyat ekanini yurak-yurakdan his etadi...

Bu olamda kattami-kichikmi, millat borki, ozigagina xos an’analari, qadriyatlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Ozbek xalqining fazilatlari haqida gap ketsa, avvalo bagrikengligi, mehr-oqibati yuksakligi etirof etiladi. Bunga koplab misollar keltirish mumkin, albatta. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi yillari xalqimiz chinakamiga insonparvarlik fazilatlarini namoyon etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 9 may — Xotira va qadrlash kuniga bagishlangan tantanali marosimdagi nutqida ham xalqimizning olijanob, gumanistik fazilatlarini faxrlanib, gururlanib takidlab otdi.

Darhaqiqat, urush xalqimiz boshiga ham behisob azob-uqubatlar, gam-anduhlar solgan, mushtipar onalar frontdan qora xat olayotgan, odamlar bir burda nonga zor bolayotgan ogir bir sharoitda urush ketayotgan hududlardan keltirilgan millionga yaqin odamni Ozbekiston oz bagriga oldi, ulardan 200 ming nafari bola edi. Ota-onalaridan, yaqinlaridan ajralgan bu norasidalarga turli tashkilotlar homiylik qilishdi. Yuzlab oilalar qanchalab yetim bolalarni oz qaramogiga oldi. Ozbek oilalarida bir burda non ham turli millat farzandlari bilan baham korildi, ular aka-uka, opa-singil bolib yashashdi.

Mashum urush tugab, tinchlik zamoni kelgach, Ozbekistonga evakuatsiya qilingan kishilar va bolalarning bir qismi Ozbekistonda umrbod yashab qoldi, boshqalari tugilgan yurtlariga qaytishdi...

Oradan yetmish yildan ziyod vaqt otdi. Afsuski, urush bolalarining koplari bugun oramizda yoq. Ular korgan-bilganlarini ozlari bilan olib ketishdi. Ammo urush yillari Ozbekistonda yashagan rus, ukrain, belarus, yahudiy kabi millatlar bolalarining ayrimlari bugun ham hayot, ular dunyoning turli mamlakatlarida yashashmoqda. Ular hozirgacha Ozbekiston nomini qalblarida mehr bilan asrab kelishmoqda, ozbek xalqi korsatgan bagrikenglikni chuqur hurmat-ehtirom bilan xotirlashmoqda.

Bolalikning songgi yozi hujjatli filmi ana shunday insonlar xotirasi, ularning ozbek xalqiga chin yurakdan bildirgan minnatdorliklari, mehr-muhabbatlari asosida yaratilgan. Film qahramonlari AQShning Nyu-york shahrida yashashadi, ularning sozlarini hayajonsiz tinglash mumkin emas, koz yoshni tiyib qolishga kuch topish qiyin, juda qiyin. Ular chin yurakdan aytayotgan sozlar tomoshabin yuragiga quyiladi, ularning koz yoshlari sizni ham qattiq hayajonga, iztirobga soladi. Ular ozbek xalqi shaniga aytgan otashin sozlar, etiroflardan qalbimizda faxr-iftixor tuygulari mavjlanadi.

Mana, ulardan ayrimlarining dil sozlariga etibor qarataylik:

Mixail Rujanskiy: Umrim davomida har kuni, bazan har daqiqa saxiy ozbek xalqini eslaganimda koz-yoshlarim daryo boladi. Bagrikenglikni, insoniylikni, insonparvarlikni jahon ahli aynan ozbeklardan organishi kerak...

Yefim Kominer: Yozuvchi Rahmat Fayziy ssenariysi asosidagi Sen yetim emassan filmida men Abram ismli yahudiy bola rolini oynaganman...

Men Ozbekistonda yashab, jon-jonim, qon-qonim, hatto suyaklarim bilan ozbek xalqi bizga faqat non emas, otalarcha issiq mehr berganini, shu tufayli biz, yahudiy yetim bolalar oyoqqa turganimizni eslayman, his qilaman, yuragimning eng torida burchdorlik tuygusi ustuvor ekanligini angab nafas olaman.

Yelena Goroshnik: Ozbekiston bizning hayotimizni saqlab qoldi. Bu yurtga yetib borganimning uchinchi kunidayoq men ozimni oz uyimda yashayotgandek his qildim. Bu xalq biz, yetimlarga minnatsiz yordam berayotgani uchun xavotirsiz yashay boshladim... Agar Ozbekistonga yuborishmaganida 1941 yildayoq ochlikdan yo daydi oqdan olib ketgan bolardim. Galaba kuni butun Ozbekiston bayram mamlakatiga aylandi. Turli millat vakillari kochalarni toldirib, bir-birimizni quchoqlab, raqsga tushardik.

Izrail Libus: Men ozimni avvalo ozbek farzandi hisoblayman. Biror daqiqa bolsin, Ozbekistonni sevishdan toliqmayman. Tomir-tomirimgacha bu yurtga boglanganman...

Bolalikning songggi yozi hujjatli filmini korgan kishi kopdan-kop xulosalarga keladi. Bu film yaxshilik hech qachon unutilmasligidan saboq beradi. Bu film ozbek xalqi qalbini dunyoga yaqinroq tanishtirishga xizmat qiladi. Bu film xalqimizning bebaho fazilatlari haqida bolgani uchun ham qadrli va qimmatli.

Xotira va qadrlash kuniga bagishlangan tantanali marosimda Prezidentimiz bunday yuksak fazilatlar farzandlarimizga ham otishini tiladi. Chunki bunday bagrikenglik, insonparvarlik nafaqat fazilat, balki bebaho manaviy boylik, jasorat, kuch-qudratdir.

Bu hujjatli film ijodkorlari mehnati, ayniqsa, ssenariy muallifi va rejissyori Nabi Razzoqovning mahorati alohida tahsinga, etirofga loyiqdir.

Safar OSTONOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: