O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
10.05.2018

FACEBOOK IJTIMOIY TARMOGIDAGI SAXOVAT GURUHINI BILASIZMI?

O‘zbekiston XDP Toshkent shahar va Olmazor tuman kengashlari mas’ul xodimlari Urush va mehnat faxriylari respublika pansionatiga borishdi.

— Yolgiz qizim 19 yoshida xastalanib qoldi, dedi Manzura Husainova. Onam bilan maslahatlashib, uni davolatish uchun yashab turgan uyimni sotdim. Taqdir ekan, biroz otib u vafot etdi. Shundan song mutasaddilar bizni pansionatga joylashtirishdi. Bu maskanda bizga oxshagan insonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Shukr, hech narsadan kamimiz yoq, deydi Nemat Bobojonov. Xonamizga bir kirib koring. Har birimizga alohida televizor, muzlatgich, yumshoq mebellar berilgan. Pansionat xodimlari ogil-qizimizdek. Saxovatpesha insonlar holimizdan xabar olib turishibdi. Ulardan juda mamnunmiz, baraka topishsin.

Suhbatdoshlarimiz bilan tashkilotchilar tomonidan uyushtirilgan bayram dasturida uchrashishga vadalashdik. Shu vaqt nimalarnidir muhokama qilayotgan bir guruh odamlarga kozimiz tushdi. Ular tomon bordik. Bu insonlarning barchasi «Saxovat» guruhi azolari ekan.

Hayron bolmang, dedi guruh tashkilotchilaridan biri Nodir Abdullajanov. Biz Facebook ijtimoiy tarmogidagi Saxovat guruhi azolarimiz. Pansionatga tez-tez kelib, bu yerdagi nuroniylarning holidan xabar olamiz, suhbatidan bahramand bolamiz. Ularning konglini olish uchun qoldan kelgancha harakat qilamiz. Tadbirlar uyushtiramiz.

Guruhimizning paydo bolishi haqida ham ozgina toxtalib otsam. Sinfdosh dostim Bahrom Alimov bilan tijorat maqsadida guruh tashkil etgan edik. Shu vaqtda ehtiyojmand oila vakillariga yordam zarurligi haqidagi xabarga kozimiz tushdi. Guruh azolari birlashib, savob ishda bosh-qosh boldik. Shundan song guruhimiz nomini Saxovat deb ozgartirdik. Hozir guruhimizda 16 mingga yaqin turli yoshdagi, turli kasb egalari bor. Ular xayriya tadbirlariga oz farzandlarini ham olib kelishadi. Bu ham tarbiyaning bir usuli, deb oylayman. Negaki, yoshlar ota-onalarining nafaqat pandu nasihatlarini eshitishadi, balki amaliy ishlariga ham guvoh bolishadi. Kelajakda ulardan ibrat olishadi.

Respublika koz kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori, xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Otabek Ikromovni bir guruh nuroniylar orasida uchratdik.

Otaxon-onaxonlar bilan suhbatlashib dil yayraydi, dedi u. Nuroniylarning har bir sozi oltinga teng. Pansionatda kop bolaman. Ular bilan ozaro hamkorlikda ish olib boramiz. Vaqti-vaqti bilan tibbiy koriklar otkazamiz. Kozida muammosi bor insonlarga bepul jarrohlik amaliyoti otkazilishi yolga qoyilgan. Shu boisdan ham pansionat direktori Farangiz Akramovaga ota-onalaringizning barini kozidan taniyman, deb aytaman.

Rostdan ham shunday, dedi Farangiz Akramova. Muassasamizda 145 nafar otaxon-onaxonlar istiqomat qilishadi. Barchalari oziga xos fel-atvorga ega. Bazan yosh boladek bolib qolishadi. Bu yerda yashayotganlarning barchasi mehrga zor. Biz buni yaxshi bilamiz. Uydan qanday kayfiyatda chiqmaylik, ularga buni bildirmaslikka harakat qilamiz.

Shuningdek, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi masul xodimlari, deputatlar zominlik 97 yoshli Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abdurazzoq Oripov xonadonida ham bolishdi.

Men 1940 yilda 19 yoshimda Smolenskdagi harbiy bilim yurtiga oqishga yuborildim, deb xotirlaydi Abdurazzoq Oripov. 1941 yil 22 iyunda Smolensk shahriga nemislar tomonidan bomba tashlandi. Oqishimizni Ural shahriga kochirishdi. 3 oydan song bizni frontga jonatishdi. Urushning songgi kunlarigacha dushmanlarga qarshi jang qildim...

Ozbekiston XDP Sirdaryo viloyat kengashi faollari ham Sirdaryo tumanidagi Muruvvat nogironligi bolgan ayollar uchun internat uyida bolishdi. Yoshlik mahallasida istiqomat qilgan 2000 yilda Sox voqealarida vatan uchun mardonavor kurashib, jon bergan Xayrulla Bozorovning xonadoniga borishdi.

Ozbekiston XDP Qoraqalpogiston Respublika kengashi va Nukus shahar kengashi tomonidan ham mazkur sanaga bagishlab tadbirlar tashkil etildi. Nukus shahrida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Nurulla Abdullayev, Atabay Yermaganbetov, Qadirbay Narmanov xonadoniga borishib, ularni bayram bilan qutlashdi.

OzXDP Dehqonobod tuman kengashi xodimlari 94 yoshli urush faxriysi Inat Sharipov holidan xabar olib, partiyaning esdalik sovgalarini topshirishdi.

Toshkent viloyat partiya kengashi ham Chinoz, Oqqorgon, Bektemir tumani hamda Chirchiq shahrida umrguzaronlik qilayotgan urush faxriylari holidan xabar olishdi. Bayram bilan tabriklab, sovgalar topshirishdi.

Mahliyo ALIQULOVA

tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: