O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
08.05.2018

SABR SULTONI

Qashqadaryo viloyatida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovgalari topshirilmoqda. Shuningdek, bugun oramizda bolmagan sobiq jangchilar nomi xotirlanmoqda. OzXDP Qashqadaryo viloyat kengashi «Nuroniy» jamgarmasi viloyat bolimi, Qarshidagi 4-maktab jamoasi hamkorligida urush qatnashchisi, ustoz muallim Uzoq Qurbonov hayot yoliga bagishlangan Sabr sultoni kitobi taqdimotini otkazdi.

...Qarshi shahrining Chaqar mahallasidagi oddiygina xonadonda tugilgan ogil farzandga ota-ona umri uzoq bolsin, degan qutlug niyatda Uzoq deb ism qoydi. U yoshligidan ilmga qiziqdi. Yaxshi oqidi. Osha yillarda muallim yetishmasdi. Maktabda til-adabiyot oqituvchisi bolib ishlay boshladi. Ota-onasi uni uylantirib qoyishdi. Ammo dunyo tinch turmas ekan, qattol urush boshlanib ketdi, Uzoq Qurbonov ham frontga safarbar etildi. Onasi Muharram aya, umr yoldoshi Halovat ostonada zor yiglab qolishdi...

U Leningrad frontida jang qildi, Rossiyaning bir qator shahar va qishloqlarini ozod qilishda qatnashdi. Uzoq Qurbonovni yurt mehri, ona duosi asradi, oyogidan ogir yaralanib, urushdan qaytdi. Ilmga tashna emasmi, Buxoro pedagogika institutida oqib, matematika fani oqituvchisi boldi. Butun umrini yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga bagishladi. Avval maktabga direktorlik, keyin Qarshi shahar xalq talimi bolimiga rahbarlik qildi. Uzoq Qurbonov 2001 yil 6 mart kuni 82 yoshda olamdan otdi. Agar hozir hayot bolganida 100 yoshga yetgan bolardi...

OzXDP viloyat kengashi, Nuroniy jamgarmasi viloyat bolimi, 4-maktab jamoasi xotira tadbirini tayyorlash uchun kop mehnat qildi. Maktab oquvchilari Uzoq Qurbonovning hayoti, urush xotiralarini sahnada jonlantirib berishdi. Yuzlab shogirdlarga ustozlik qilgan Uzoq Qurbonov umr yoldoshi Halovat aya bilan 5 qiz va 3 ogilni ulgaytirib, barini oliy malumotli qilishdi. Uning farzandi Ilhom Qurbonov viloyatdagi yirik suv inshootlaridan birining rahbari. U samarali mehnatlari uchun bu yil Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlandi.

Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Roziyev Kitob tumanining Olaqoylik qishlogida yashayotgan 98 yoshli Majid Xidirovga ham Prezident sovgalarini topshirdi. Harbiy orkestr sobiq jangchiga urush yillari ommalashgan qoshiqlarni ijro qilib berdi. Keyin milliy kuy-qoshiqlar yangradi. Bobo Prezidentimizni duo qildi...

— Bobolarimizning hayoti, jasorati, mehnati biz yoshlar uchun tengsiz ibrat, deydi OYoI Qashqadaryo viloyat bolimi qoshidagi Kamalak bolalar tashkiloti yetakchisi, 4-umumtalim maktabining 8-sinf oquvchisi, Yil sardori korigi Respublika bosqichi golibi Marjona Joraqulova. Biz yoshlar mamlakatimiz rahbari davat qilayotganlaridek kop kitob oqib, ilm sirlarini organamiz, munosib kasblarni egallaymiz, yurtimizga astoydil xizmat qilamiz!

Yunus UZOQOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: