O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
08.05.2018

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI BOSH VAZIRI ORINBOSARI, PREZIDENT ISHLARI BOYICHA VAZIRINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 may kuni mamlakatimizga tashrif buyurgan Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri orinbosari, Prezident ishlari boyicha vazir shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayonni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Ozbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari ortasida turli darajadagi aloqalar faollashgani, barcha sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga kotarilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama amaliy hamkorlikning asosiy yonalishlari, jumladan, Amirliklar investorlarini mamlakatimizdagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga keng jalb etish, ularning faoliyatini tizimli ravishda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Bu borada neft-gaz, kimyo, qurilish, qishloq xojaligi, logistika, turizm, shaharsozlik va boshqa qator sohalarda ozaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.

Oz navbatida, shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning yuksak hurmati va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda mehmon joriy yil mart oyida Toshkentda bolib otgan Afgoniston boyicha xalqaro konferensiyada Ozbekiston ilgari surgan tashabbuslar hamda Islom hamkorlik tashkiloti doirasida bildirgan takliflarni Amirliklar hukumati toliq qollab-quvvatlashini ta’kidladi.

Shuningdek, shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon Birlashgan Arab Amirliklari mamlakatlarimiz ortasidagi har tomonlama va ozaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, jumladan, aniq istiqbolli investitsion loyihalarni hayotga tola tatbiq etishga tayyor ekanini qayd etdi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: