O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
05.05.2018

MURUVVATLI BOLISH BURCHIMIZ

O‘zbekiston XDP Qoraqalpogiston Respublika kengashi ishchi guruhi va xalq deputatlari Xojayli tuman Kengashidagi partiya geruhi a’zolari tumandagi ayollar Muruvvat internat uyida bolib, u yerdagi shart-sharoit bilan yaqindan tanishdi.

Xalqimiz orasida azal-azaldan insonlarga mehr-oqibat korsatib kelingan. Partiya dasturiy maqsadlariga mos ravishda keksalar, boquvchisini yoqotganlar, nogironligi bolgan shaxslar hayoti bilan tanishib borish ananaga aylangan.

— Muassasamizda 137 nafar xizmatchi xodim 235 xotin-qizlarga xizmat korsatadi, deydi Muruvvat nogiron xotin-qizlar internat uyi direktori Lidya Kim. Internatga 18 ga tolgan va undan katta yoshdagi nogironligi bolgan xotin-qizlar qabul qilinadi. Ularning munosib turmush kechirishi uchun sharoitlar yetarli. Bazi mehnatga layoqatlilari paypoq toqish bilan ham shugullanadi. Kutubxonani imkon qadar kitob zaxiralari bilan boyitishga harakat qilamiz.

Internatda yashovchilar yiliga 2 marta tibbiy korikdan otkaziladi. Kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari shartnoma asosida sotib olinmoqda. Lekin nogironligi bolgan xotin-qizlarga jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanish uchun zal yoq. Shu bois homiy tashkilotlar tomonidan berilgan inventarlar foydalanilmay turibdi.

Shuningdek, u yerdagi opa-singillarimizga shaxsiy gigiyena anjomlari yetishmasligi aytildi. 22 nafar internatda yashovchilar uchun biomterik pasport olish bilan bogliq masalada komak soraldi. Organilgan kamchiliklar yechimi yuzasidan deputatlar tegishli tashkilotlarga murojaat bilan chiqishdi. Tez orada masalalar ijobiy hal etilishi haqida vada berildi.

Muruvvat uyida istiqomat qilayotganlarning konglini kotarish maqsadida madaniy-marifiy tadbirlar ham tashkil qilinmoqda.

Minajatdin QUTLIMURATOV,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: