O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.05.2018

ORGANISHLAR NATIJASI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlaridan tarkib topgan guruh Toshkent shahar Mirobod tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani tubdan isloh etish hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini taminlash borasida olib borilayotgan ishlarni organdi.

Ushbu organish Prezidentimizning 2017 yil 8 avgustdagi «Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar togrisida»gi qarori ijrosi doirasida otkazildi.

Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi sessiyasida mazkur organishlarning natijasi muhokama qilindi. Unda Qonunchilik palatasi deputati, ishchi guruh rahbari R.Kusherbayev axborot berdi.

2017 yilda Mirobod tumanida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 117,3 foizga, chakana savdo aylanmasi 109,8, jami xizmatlar 119,7, pudrat qurilish ishlar hajmi 107,4 foiz osishiga erishilgan. Otgan yilda tumanda kichik biznes subektlari 4407 ta bolib, shundan 731 tasi yangidan tashkil etilgan. 2017 yil yakuni boyicha tumanda mahalliy byudjet daromadlar rejasi 10,2 milliard somga ortigi bilan bajarilgan. Ushbu mablaglar tumanning ijtimoiy soha obektlari, jumladan, sogliqni saqlash, madaniyat, sport, talim muassasalarini hamda obodonlashtirish sohasini rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholiga tibbiy xizmat korsatish sifatini yaxshilashga yonaltirilgan.

2016-2018 yillarda Mirobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 143 loyiha ishga tushirilishi natijasida mingga yaqin qoshimcha ish orni yaratilgan.

Mavjud kamchiliklar haqida ham soz yuritildi. Xususan, umumtalim maktablarining ayrim sinflarida oquvchilar meyordan kop. Tumandagi barcha maktablarda informatika xonalari kompyuterlar bilan taminlangan bolsa-da, ulardagi 11 foizdan koproq kompyuterlar yaroqsiz holatda va manaviy eskirgan. Maktablarni darsliklar bilan taminlash tizimida ham kamchiliklar mavjud. Olib borilgan ishlarga qaramasdan, muqaddam sudlangan yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni oshganligi tanqidiy tahlil qilindi.

Mirobod tumani hokimligiga uy-joyga muhtoj ehtiyojmand oilalarga Sergeli tumanida imtiyozli kredit asosida qurilayotgan kop qavatli uy-joylardan kvartira ajratish borasida 2017 yildan shu kunga qadar mingdan ziyod fuqarodan ariza tushgan. Shulardan 478 tasiga komissiya xulosasiga asosan uy-joy berilgan.

Sessiya yigilishida Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yoldoshev sozga chiqdi.

G.SATTOROVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: