O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.05.2018

Ozbekiston Turkiya: HAMJIHATLIKDA HIKMAT KOP

Turkiya Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi koplab sabablarga kora tarixiy voqea boldi. Ikki davlat rahbarlari — Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogon ortasida olib borilgan oliy darajadagi muzokaralar va ularning yakunlari boyicha imzolangan 25 hujjat Ozbekiston va Turkiya ortasidagi ozaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz.

Komila KAROMOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi a’zosi:

Insonlar bir-birlariga yaxshi niyat bildirishsa, tinchlik va sadoqatli dost doim hamroh bolishini tilaydi. Tinchi, dosti bor odamni baxtli inson, deb atashadi.

«Qoshning tinch, sen tinch», degan maqolda ham katta hikmat borligi hammamizga ayon. Yon qoshnilarimiz bilan munosabatlarimiz yaxshilanib, dostona aloqalarimiz faollashib boryapti. Ortadagi tosiqlar olib tashlanmoqda. Qozoq, qirgiz, tojik, turkman, bugun turk qardoshlarimiz bilan bordi-keldimiz yangi bosqichga kotarildi.

Otgan yilning 25-26 oktabr kunlari Prezidentimizning Turkiyaga tashriflari goyat samarali kechgan bolsa, kuni-kecha Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogon janoblari yurtimzda boldi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Turkiya Prezidenti rahbarligidagi delegatsiyaning tashrifi dostona munosabatlarimizni amalda yana bir bor namoyon etdi. Prezidentning xalqimizga cheksiz hurmatidan qalblarimiz nurga toldi.

Ayniqsa, dunyoda tinchlik ornatish boyicha Ozbekiston tashabbuslariga alohida toxtaldi. Koryapmizki, nafaqat bizning tilimizda, dostlarimiz, qardoshlarimiz tilida ham yangi soz tez-tez ishlatilayapti. Bu Ozbekiston tashabbuslari, degan ezgu goya mujassam bolgan soz. Tinchlikparvarlik, hamjihatlik, ozaro murosa va muzokara goyalari bilan sugorilgan taklif-tashabbuslar Ozbekiston tashabbuslari nomi bilan dunyoga mashhur bolayapti.

Turkiya Prezidenti oz nutqida yurtimizning 33 millionlik va Turkiyaning 81 millionlik xalqi tovar ayirboshlash hajmini 1,5 milliarddan yaqin kelajakda 5 milliard dollarga yetkazadi, deb ishonch bildirdi.

Shuningdek, oliy martabali mehmon Ozbekistonda demokratiyani mustahkamlash, davlat va jamiyat qurilishida parlamentning roli oshayotganligini alohida etirof etdi. Qonunchilik palatasida 23 dostlik guruhi faoliyat olib borayapti. Otgan yili Turkiya Buyuk Millat Majlisi bilan Hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Parlamentimizda Ozbekiston-Turkiya dostlik guruhiga asos solinganligi hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash imkonini bermoqda. Parlamentimiz azolari Turkiya Buyuk Millat Majlisida bolishib, ozaro tajriba almashmoqdalar. Parlamentlararo hamkorlik davlatlarning ozaro hamjihatligiga katta hissa qoshadi. Zero, hamkorlik hamisha ezgu niyatlar royobini taminlaydi.

Gulnoza SADRIDDINOVA, Shayxontohur tumanidagi 46-oilaviy poliklinika bosh shifokori, Shayxontohur tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Etiborimni tortgan jihat shuki, Turkiya davlati bilan tibbiyot sohasida hamkorlik yolga qoyilmoqda. Natijada ikki mamlakatning sohadagi kozga koringan ilmiy tekshirish institutlari ortasida tajriba almashinuvi jadallashadi. Tizimda yuqori korsatkichlarga erishiladi. Soha rivoji aholiga korsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishi shubhasiz.

Turkiya oxirgi yillarda tibbiyot sohasida koplab tajribaga ega boldi. U yerda tibbiy sugurta yaxshi yolga qoyilgan. Har bir shifoxonasida yuqori darajada xizmat korsatiladi. Xodimlarning bilim va malakasini oshirish masalasiga ham alohida etibor qaratiladi. Ularning oqishi, zamonaviy tibbiyot sirlarini chuqur organib, bilimlarini boyitishi uchun katta mablaglar yonaltiriladi.

Aytish kerakki, turkiyaliklar nafaqat tibbiy xizmat turlarini, balki ular uchun ishlatiladigan asbob-uskunalar hamda dori vositalarini ishlab chiqarishni ham yolga qoyish borasida izlanmoqda. Masalan, tomografiya, ultratovush kabi zamonaviy diagnostika uskunalarini ishlab chiqarishni orgatishga ixtisoslashtirilgan kurslarni ochish arafasida. Muhimi, hamkorlik asosida ushbu tajriba ozbekistonlik yoshlarga ham orgatiladi. Yirik tibbiyot bilim yurtlarida malaka oshirish, davlat grantlari asosida farzandlarimizning oqitilishi tizim istiqboliga xizmat qiladi.

Tajriba almashish maqsadida Toshkentda hamkorlikdagi jarrohlik amaliyotlari otkazilmoqda. Yurtimizdagi salomatlik haftaligi davomida Turkiya va Ozbekistonlik vrachlar ishtirokida plastik jarrohlik yonalishida amaliyot otkazildi. Bir guruh fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy korikdan otkazilib, davolandi. Kardiologiya, urologiya, ortopediya, genekologiya kabi yonalishlarda ham hamkorlikdagi operatsiyalar qilinmoqda.

Munosabatlarning shu zaylda davom etishi ikki xalq uchun yangi tarix sahifasi ochilayotganidan dalolat beradi.

Akmal UMARALIYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

Turkiya Prezidentning tariximiz, madaniyatimiz, urf-odatlarimizni yaxshi bilishi mamlakatimizga, xalqimizga bolgan cheksiz hurmat-ehtiromidan dalolatdir.

Mamlakatimizda tadbirkorlikka keng yol ochilayotgani, xorijiy, jumladan, turkiyalik investorlarning ishonchini mustahkamlamoqda. Ezgu say-harakatlar hozirdanoq oz natijasini korsata boshladi. Turkiya rahbari mana shu masalalarga etibor qaratar ekan, ushbu jarayonda parlament azolarining oziga xos ishtiroki zarurligini qayd etdi. Zotan, parlamentlararo hamkorlik aloqalari nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, balki siyosiy-huquqiy munosabatlarni rivojlantiradi.

Parlamentimizdagi nutqda qardosh davlat rahbarining yurtimiz tarixi, madaniyati, sanatiga qiziqishi namoyon boldi. Xalqlarimiz ortasidagi dostlik rishtalarini yanada mustahkamlashga bolgan urinishlari oz ifodasini topdi. Qisqa va mazmunan boy maruzada hamkorlikning tarixi, buguni va istiqboldagi rejalari aks etdi. Bu tilaklar yaqin vaqtlar ichida oz royobini topadi va xalqimizga cheksiz hursandchilik baxsh etadi, albatta.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Zilola UBAYDULLAYEVA yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: