O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.05.2018

Eldor Aytmatov: Shavkat Mirziyoyevning qarori Qirgiz xalqini tolqinlantirib yubordi...

Eldor AYTMATOV, Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro fond prezidenti:

— O‘zbekistonda Chingiz Aytmatovning 90 yilligini nishonlash togrisidagi Prezident qarori qirgiz xalqini tolqinlantirib yubordi. Osha lahzalarda konglimdan otganlarini rosti, soz bilan ifodalab berolmayman. Bu tarixiy voqea edi. Ozbek va qirgiz xalqlari ortasidagi necha ming yillik dostlik aloqalarini mustahkamlash yolida tashlangan yana bir dadil qadam edi.

Aytmatovlar oilasi nomidan muhtaram Shavkat Mirziyoyevga cheksiz minnatdorlik bildiraman. Otamning 90 yillik yubileyi Ozbekistonda nishonlanishi, nomi sharaflanishi, asarlari nashr etilishi hammamizga faxr-iftixor bagishlaydi.

Shavkat Mirziyoyev har gal davlat tashrifi bilan Qirgizistonga kelganida, qardosh xalqlarning jipslashuvi yuzasidan goyalar berish bilan bir qatorda, juda katta ehtirom bilan Chingiz Aytmatov shaxsiga albatta, oz munosabatini bildirib otadi, yodga oladi.

Alohida e’tirof etish kerak, Ozbekiston, Turkiya Chingiz Aytmatov yubileyini otkazish masalasiga davlat siyosati darajasida, birinchilar qatorida etibor qaratgan davlatlar hisoblanadi.

Chingiz Aytmatovning asarlari Markaziy Osiyoning hech bir davlatida Ozbekistondagidek qadrlanmaydi, mutolaa qilinmaydi.

Chingiz Aytmatov tili, dini, madaniyati bir turkiy xalqlar Markaziy Osiyo mamlakatlarining aloqalari mustahkam bolishini istardi. Nazarimda, aynan Ozbekiston Prezidentining bugungi islohotlarini korganida otamning orzulari, armonlari ushalgan bolardi.

Chingiz Aytmatov Ozbekistonni juda yaxshi korardi, xalqingizga hurmati cheksiz edi. Otam bilan Toshkent, Samarqandga sayohat qilganimiz hamon yodimda. U ozbek xalqining buyuk va qadimiy tarixiga hamisha hurmat va ehtirom bilan qarar edi.

Otam biz farzandlarini ozgacha mehr bilan yaxshi korardi. Biror marta ovozini balandlatib gapirganini eslolmayman. Hatto bizning bahs-munozaralarimizni tinglab oqilona yechim-xulosasini bildirardi. Otamni nafaqat bizning, balki dostlarimizning ham muammolari qiziqtirardi. Juda jonkuyar, gamxor edi. Biror joyda ushlanib qolsak, uxlamasdan kutib otirardi. Eng asosiysi, otam bizni bolaligimizdan kitobga mehr qoyishga, kop oqishga undagan. Men otam bilan birga vaqt otkazishni yaxshi korardim. U oz xonasida ishlar, men moyqalamda rasm solardim. Otam hamma chizgan suratlarimni xonasining devoriga osib qoyardi.

Biz otam bilan barcha yumushlarni mumtoz kuy tinglab bajarar edik. Hozir bu voqealarni sizga aytib berayapman-u, hammasi kino lentasiday bir-bir koz ongimdan otayapti. Vaqt oliy hakam, xotiralar inson kongliga taskin beradi. Men otamga ham kotib, ham tarjimon edim. Songgi kunlarigacha uning yonida bolganim uchun taqdirdan juda minnatdorman.

Chingiz Aytmatovning 90 yilligi oldidan III Issiqkol forumi otkazilishi kozda tutilgan. Unga butun dunyodan adabiyot ixlosmandlari tashrif buyuradi. Biz albatta Ozbekiston delegatsiyasini ham intizorlik bilan kutamiz...

Tomaris AZAM

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: