O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
05.05.2018

Halok bolgan askarlar soni shunchalik kop ediki, faqatgina ozbekistonlik Ishoqov familiyasidagi jangchilarning ozi 200 tachani tashkil etardi...

Toshkentlik Ishoq otaning to‘rt ogli va bir qizi bor edi. Urush boshlangach, avval Yamin va Gofir, keyin Qochqor Ishoqov frontga jonab ketishdi...

1942 yilning yozida Gofirdan, 1943 yilning kuzida Qochqordan, 1944 yilning kuzida esa Yamindan qora xat keldi. Farzand dogidan kuyib, adoyi tamom bolgan Ishoq chavandozning kozlari xiralashib, kormay qoldi. 1952 yilda u ham olamdan otdi. Lekin vafoti oldidan Qochqorning bosh farzandi Abduvahobni chaqirib, yot yerlarda qolib ketgan ogillarining qabrini topib, ularning bir siqim xokini keltirib oz qabriga qoyishni vasiyat qildi...

Osha paytlarda Abduvahob Qochqorov Toshkentdagi 3-avtokorxonada haydovchi bolib ishlardi. U ishxonadan ta’til olib, otasi halok bolgan Smolensk viloyati, Yelnya tumanidagi Martinkov qishlogiga boradigan boldi...

Abduvahob yaqin dosti va qarindoshi Shoqosim Shoinogomov hamda turmush ortogi Sharifaxon bilan Yelnya tumani harbiy komissariatiga uchrashib, shu joylarda dushmanga qarshi janglarda halok bolgan otasi Qochqor Ishoqovning qabrini topishda yordam berishlarini soradi. Harbiy komissar, podpolkovnik Sergey Shtefan javonda turgan, Yelnya hududida halok bolgan jangchilarning surati yopishtirilgan albomlarni olib stolga qoydi. 14-albomdan Qochqor Ishoqovning surati topildi. Keyin qaragayzor ormonda joylashgan birodarlik qabristoniga borishdi. Abduvahob gullar barq urib yashnab turgan qabrlar ichidan otasining ism-sharifi yozilgan marmar taxtaga yuzini bosib, beixtiyor yiglab yubordi. Uning ruhi-pokiga Quron oyatlaridan tilovat qilishdi, bobosining vasiyatiga kora, xokidan bir siqim tuproq oldi...

Abduvahob Qochqorov birodarlik qabristonini toza-ozoda saqlanishiga etibor qaratayotgan maktab oquvchilari, shu yerda joylashgan harbiy qism askarlariga minnatdorlik bildirdi. Harbiy komissar Sergey Shtefan suhbat asnosida Yelnya shahar mamuriyati gvardiyachilar qabri ustidagi marmar taxtalarni yangilashni rejalashtirayotganini aytib qoldi. Shunda Abduvahob Ishoqov ularni Toshkent yaqinidagi Gazalkent konidan qazib olinayotgan qizgish rangli granit toshlar bilan almashtirish haqida taklif kiritdi. Shunday qilib, shahar mamuriyati say-harakati bilan gvardiyachilarning qabr toshi Ozbekistondan olib kelingan granit toshlarga almashtirildi...

Abduvahob Ishoqov Smolensk viloyatidan qaytib kelib, ozi tugilib osgan Dombirobod mahallasi qabristonida bobosining vasiyatini ado etdi — uning xokiga otasining qabridan olib kelgan bir siqim tuproqni qoshdi, ruhini shod qildi. Keyin qarindosh-uruglari, mahalla ahlini jamlab, ehson berdi.

Nurulloh DOSTON,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: