O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.09.2012

AXBOROT-MARIFAT XONALARI

imkoniyatidan samarali foydalanish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish zarur

SIYOSIY PARTIYANING TARG‘IBOT-TASHVIQOT ISHLARIDA MUSTAHKAM AXBOROT BAZASI MUHIM AHAMIYAT KASB ETADI. ELEKTORAT HUQUQIY BILIMI, IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH, PARTIYA KENGASHLARI QOSHIDAGI TARGIBOTCHILAR GURUHLARI ISHINI SAMARALI YOLGA QOYISH, SIYOSIY VA FUQAROLIK MA’RIFATI TIZIMIDAGI OQUV MASHGULOTLARINI YUQORI SAVIYADA TASHKIL ETISH AXBOROT-MARIFAT XONALARI FAOLIYATIGA BEVOSITA BOGLIQ.

OzXDP viloyat, tuman va shahar kengashlari qoshida tashkil etilgan Axborot-marifat xonalarida turli sohaga tegishli 18 mingdan ziyod adabiyot mavjud. Shundan 13 mingga yaqini siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, qolganlarini esa boshqa sohalarga tegishli adabiyotlar tashkil etadi. Partiya mahalliy Kengashlari Axborot-marifat xonalarining aksariyati zamonaviy kompyuter texnikasi bilan taminlangan. Joriy yilning otgan davrida partiya Markaziy Kengashi Axborot uslubiyat markazi tomonidan 9 ta uslubiy qollanma tayyorlanib, barcha mintaqaviy partiya kengashlariga yuborildi.

Biroq bu materiallar ayrim viloyat partiya kengashlari tomonidan joylarga yetkazib berilmayapti. Axborot-marifat xonalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, adabiyotlar fondini boyitish, partiya tashkilotlari, deputatlik guruhlari faoliyatiga oid malumotlarni yangilab borish ishlari talab darajasida emas. Partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qomitasining tegishli qarorida nazarda tutilgan vazifalar oxirigacha bajarilmayapti. Shu sababli Axborot-marifat xonalari faoliyatida qator kamchilik va foydalanilmagan imkoniyatlar kozga tashlanmoqda.

Ayni paytda Namangan viloyat, shahar va tuman partiya kengashlarida 12 ta Axborot-marifat xonasi mavjud. Ammo viloyat partiya kengashi Axborot-marifat xonasining ozida adabiyotlar yetarli emas. Shuningdek, kengashda partiya faoliyatining turli yonalishlari boyicha metodik qollanma va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni joylarga yuborish masalalariga yetarli etibor qaratilmayapti. Axborot-marifat xonalarining moddiy-texnika bazasi ham bugungi kun talablariga javob bermaydi. Namangan shahar, Namangan, Chortoq va Toraqorgon tuman kengashlarida ishlar yaxshi yolga qoyilgan bolsa-da, Uchqorgon, Norin, Chust, Pop va Yangiqorgon tuman kengashlarida bu borada qator kamchiliklarga yol qoyilgan. Axborot-marifat xonalari nomiga tashkil etilgan. Shu sababli bu yerda elektorat vakillarini ham, targibotchilar guruhi azolari yoki deputatlarimizni ham uchratmaysiz.

Bunga, eng avvalo, partiya kengashlari rahbarlari va faollarining masuliyatsizligi sabab bolmoqda. Axborot-marifat xonalari imkoniyatidan samarali foydalanilmayotgani oqibatida siyosiy seminar mashgulotlari ham quruq maruzalardan iborat bolib qolmoqda, ularda zamonaviy usullar, siyosiy texnologiyalar qollanilmayapti.

Bunday misollarni boshqa mintaqalardan ham keltirish mumkin. Axborot-marifat xonalarining ishini yaxshilash, jonlantirish partiya kengashlari faoliyati samarasini oshirishda katta ahamiyatga ega. Shunday ekan, mintaqaviy partiya kengashlari ular faoliyatidagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga jiddiy etibor qaratishi, bu borada aniq chora-tadbirlar korishi zarur, deb hisoblaymiz.

Abror QURBONOV,

OzXDP Markaziy Kengashi masul xodimi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: