O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
03.05.2018

MAMLAKAT TARAQQIYOTI TALIM TARAQQIYOTIDAN BOSHLANADI

O‘zbekistonda innovatsion taraqqiyotni rivojlantirish, ta’lim tizimini sifat jihatdan ozgartirish va isloh qilishda Koreya Respublikasi tajribasidan ibrat olsa arziydi. Bir inson umriga teng muddat mobaynida bu mamlakatda dunyo ahlini hayratga soladigan darajada amalga oshirilgan islohotlar, birinchi navbatda, janubiy koreyaliklarning oz kuchi, salohiyati, iqtidoriga tayanishiga asoslandi.

Ozbekiston oz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida, jamiyat hayotining hamma sohalarida tub ozgarishlar va yangilanishlar davrini boshidan kechirmoqda. Jahon hamjamiyatida nihoyatda katta qiziqish uygotayotgan ushbu islohotlar, eng avvalo, xalqimiz turmush sharoitini sifat jihatidan yangi pogonaga kotarishga yonaltirilganligi bilan etiborlidir.

Kuchli ijtimoiy siyosatni qudratli iqtisodiy salohiyatga tayangan holdagina muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin. Davlatning kuchli ijtimoiy siyosati talim, sogliqni saqlash, madaniyat, sport muassasalari va inshootlarini barpo etish, ularni eng zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash, onalik va bolalikni, kam taminlangan aholini ishonarli himoya qilish, yol-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish va modernizatsiyalashda oz ifodasini topadi. Bu davlat byudjetidan ijtimoiy sohaga katta mablag ajratishni talab etadi.

Kuchli ijtimoiy siyosat inson kapitalini boyitishga, mamlakat qudrati va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Buni Janubiy Koreya misolida korish mumkin.

XX asrning birinchi yarmida Janubiy Koreya Yaponiyaning mustamlakasi edi. 1950-1953 yillarda bolib otgan fuqarolar urushidan keyin mamlakat iqtisodiyoti mutlaqo izdan chiqdi. 1960 yilda Janubiy Koreyada aholi jon boshiga togri keladigan yalpi ichki mahsulot atigi 80 AQSh dollarini tashkil etardi. Bu korsatkich Afrikadagi eng qashshoq mamlakatlar darajasiga togri kelardi.

60-yillar boshida mamlakat aholisining atigi tortdan bir qismigina orta malumotli edi. Shuning uchun asosiy etibor umumtalim, orta maxsus va oliy talim muassalari sonini kopaytirish, aholining savodxonligi va zamonaviy bilimlarini oshirishga qaratildi. Bu ilm-fanni jadal rivojlantirish, sanoatni tiklash va modernizatsiya qilish, qishloq xojaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish uchun olim va mutaxassislar, yuqori malakali konstruktorlar va muhandislar, agronomlar va melioratorlar tayyorlashda mustahkam poydevor boldi.

Bugungi kunda aholi soni 51 milliondan ortiq mamlakatda 419 universitet va oliy talim muassasasi maqomiga ega kollejlar faoliyat olib bormoqda. Orta umumtalim maktabini tugallagan mamlakat yoshlarining 75 foizi talabalar safidan orin oladi. Oliy talim muassasalarida 100 mingdan koproq chet ellik talaba tahsil olayotgan Janubiy Koreya yaqin yillar ichida ular sonini ikki baravarga oshirishni rejalashtirmoqda, chunki bu soha ham davlatga katta daromad keltirmoqda.

Bugungi kunda Janubiy Koreya iqtisodiy qudrati boyicha (mamlakatning yalpi ichki mahsuloti hajmi 1,85 trillion AQSh dollariga teng) jahonda 14 oringa kotarildi. Aholi jon boshiga togri keladigan yalpi ichki mahsulot esa 27221,5 AQSh dollariga yetdi. Janubiy Koreya sanoati rivojlangan yangi davlatlar peshqadamlaridan biridir. Uning industriyasida yadroviy reaktorlar va robot texnikasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mahsulotlari, avtomobilsozlik va kemasozlik kabi sohalar muhim orin tutadi. Mamlakat biznesni yuritishning yengilligi boyicha jahonda beshinchi orinda turadi. Bu yerdagi mavjud 8 erkin iqtisodiy va erkin investitsiya zonalarida chet el sarmoyadorlari uchun juda qulay shart-sharoitlar yaratilgan.

Janubiy Koreyaning milliy iqtisodiyotni tarixan qisqa muddatda ravnaq toptirish tajribasi jahon mamlakatlari, shu jumladan Ozbekiston uchun ham ibratlidir. 2017-2021 yillarda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida maktabgacha talim muassasalari, umumiy orta talim, orta maxsus va oliy talim sifatini yaxshilash boyicha belgilangan chora-tadbirlar bunga misol bola oladi.

Keyingi ikki yilda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining talim sohasiga doir yetmishdan koproq farmon, qaror va farmoyishlari qabul qilindi. Ushbu goyat muhim huquqiy hujjatlar mamlakatda talim tizimini tom manoda sifat jihatdan ozgartirish va yangilash jarayonlari uchun asos boldi.

Talim tizimining muhim bogini bolgan maktabgacha talim tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tuzilgan Maktabgacha talim vazirligi endilikda maktabgacha talim muassasalarining davlat va nodavlat tarmogini kengaytirish asosida bolalarni har tomonlama intellektual, manaviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga xizmat qiladi.

11 yillik talim qayta tiklandi, umumtalim maktablariga etibor kuchaytirildi. Talim tizimidagi innovatsiya va kreativ yondashuvlar asosida Muhammad Xorazmiy va Mirzo Ulugbek nomlari bilan ataladigan, aniq fanlar chuqur oqitiladigan maxsus maktablar tashkil etilmoqda. Yoshlarning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va manaviy jihatdan yetuk insonlar bolib voyaga yetishlarini taminlash, ularning qobiliyat va istedodi, intellektual salohiyatini royobga chiqarishga tubdan yangicha yondashuvlar kuzatilmoqda.

2017-2021 yillarda oliy talim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi izchil amalga oshirilmoqda. Yangi tashkil etilgan institut va filiallar hisobidan oliy talim muassasalari soni 81 taga, hududlardagi filiallar 15 taga, xorijiy universitetlar filiallari 7 taga yetdi. Olmaliqda Moskva polat va qotishmalar instituti, Toshkentda AQShning Vebster universiteti filialini tashkil etish boyicha kelishuvga erishildi. Iqtisodiyotning real sektoridagi talab va ehtiyojdan kelib chiqib, oliy talim muassasalarida sirtqi va kechki bolimlar ochildi.

Davlat ijtimoiy siyosatida sogliqni saqlash tizimini takomillashtirishga alohida etibor berilayapti. Hududlar aholisi uchun qulay bolgan, sifatli va zamonaviy tibbiy yordam korsatish, kasalliklarni barvaqt aniqlash maqsadida masofadan turib profilaktika qilishni taminlaydigan «Aqlli tibbiyot» va Yagona tibbiy axborot markazi konsepsiyalarini oz sharoitimizga moslashtirib tatbiq etish choralari korilmoqda. Ona va bola salomatligini asrash uchun 2018 yilda 46 tuman va shahar tibbiyot birlashmasi negizida tumanlararo perinatal markazlar tashkil etiladi.

Mamlakatimizda milliy inson kapitalini oshirish boyicha korilayotgan keng kolamli choralar iqtisodiyotimizni rivojlantirish suratlarini jadallashtirishi bilan bir qatorda aholining turmush sharoiti va sifatini yaxshilash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qilishi shubhasizdir.

Qalandar ABDURAHMONOV,

akademik,

Nodira ZOKIROVA,

professor.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: