O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
01.05.2018

OZING MENI ULUGLARDAN ULUGIMSAN, VATANIM...

Bugun O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf she’rini bilmaydigan ozbekni, uni kitobi kirib bormagan xonadonni, qoshiqlari yangramagan davrani topish qiyin.

Shoir ozining qisqa umri davomida betakror sherlar bitdi. Millionlab muxlislar olqishiga sazovor boldi. Bir soz bilan aytganda, butun hayotini adabiyotga bagishladi. Uning xalqchil satrlari millat ovoziga aylandi. Katta bayramlarda xalqimiz shoir sherlari ila aytiladigan qoshiqlarni baralla, birgalikda, hamjihatlikda kuylashiga kop bora guvoh bolganmiz. U tirikligidayoq oziga haykal qoyaolgan xalqimiz qalbidan orin olish baxtiga muyassar bolgan ijodkor edi.

Muhammad Yusuf istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab, yosh avlodda vatanparvarlik tuygularini uygotish, farzandlarimizni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ongiga milliy mafkura va manaviyat tamoyillarini singdirish borasida ulkan ishlarni amalga oshirdi.

Shoir vatanini, shunchalik sevdiki, ezozladiki, qadrladiki, kuyladiki bu borada unga teng kelishning imkoni yoq, albatta. Ona Ozbekistonni chin dildan yaxshi kormasdan, bunday otli, tasirchan sherlarni yozib bolmaydi.

Men oquvchilarimga Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida dars otar ekanman, uning sherlarini birgalikda tahlil qilamiz. Yod olamiz. Yoshlar shoir kitoblarini shu qadar sevib oqishadiki, bundan qalbim faxr-iftixorga toladi.

Muhammad Yusuf sherlarini shunchaki aytib bolmaydi. Ular shoirning yurak qoni bilan yozilganligi uchun ham, uni yurakdan, hayqirib aytmoq kerak.

Shoirning ozi ham, ijodi ham barhayot. Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida ornatilgan haykal, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Andijonda ochilgan Muhammad Yusuf maktab-internati fikrimizning yorqin dalilidir.

Vatan, mehr-muhabbat, insoniylik, ishonch va sadoqat kuychisi Muhammad Yusuf ijodi xalqimiz qalbida abadiy yashaydi.

Men dunyoni nima qildim,

Ozing yorug jahonim,

Ozim hoqon,

Ozim sulton,

Sen taxti Sulaymonim,

Yolgizim,

Yagonam deymi,

Topingan koshonam deymi,

Ozing mening uluglardan

Ulugimsan, Vatanim...

Lola TURDIQULOVA,

Toshkent soliq kolleji katta oqituvchisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: