O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
01.05.2018

ISTEDODLAR OSMONDAN TUSHMAYDI

— Nuralini birinchi kursligidan bilaman. U maslahat so‘rashdan, izlanishdan toxtamaydigan, bilimga chanqoq oquvchi. Tarbiyasi, odobi, ichki dunyosi gozal, shuning uchun ham chizgan rasmlarida samimiylik bor, deydi yosh rassomning ustozi, Benkov nomidagi Respublika rassomlik kolleji oqituvchisi Xursanoy Inogomova.

Rasm chizishga bolaligimdan qiziqaman, deydi Nurali Ne’matov. Shuning uchun ota-onam Toshkent shahridagi 30-sonli musiqa va sanat maktabiga oqishga berishgan. U yerda menga Nelya Izgereyeva ustozlik qildi. Koplab tanlovlarda ishtirok etdim. 9-sinfda oqiyotganimda Germaniya va Ozbekiston hamkorligida tashkil etilgan xalqaro tanlovda «Yovvoyi tabiat» mavzusiga doir ishlarim bilan qatnashib, 2-orinni qolga kiritdim. Shuningdek, musiqa va sanat maktablari ortasidagi musobaqaning Respublika bosqichida grafika yonalishi boyicha 1 orinni egallaganman. 2015 yil Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejiga oqishga kirdim. Hozir 3-kursda oqiyman.

Ozbekiston Badiiy akademiyasida yaqinda bolib otgan tasviriy va amaliy sanat festivalida grafika yonalishida ishtirok etib, oltin medalni qolga kiritdim. Xalqaro sanat festivali ishtirokchilarining yoshi chegaralanmagan bolib, unda xorijlik rassomlar ham qatnashdi.

Har bir bolada tugma qobiliyat boladi. Buni kimdir anglaydi, kimdir anglamaydi, deydi Xursanoy Inogomova. Alloh bandasining qalbiga sanat urugini qadagan bolsa, u vaqti soati yetib, kurtak otib yuzaga chiqadi. Bogbonlar bolmish ota-ona va ustoz yaxshi etibor bersa bir kun kelib, gulga kiradi, barg yozadi. Farzandini iqtidorini vaqtida sezib togri yolga yonaltirishgani uchun Nuralining ota-onasiga rahmat aytmoqchiman.

Nuraliga 3-kursdan boshlab talim bera boshladim. Shogirdlarim songgi 4 oyda turli tanlovlarda 27 diplom, 1 oltin medalni qolga kiritishdi. 2 grant yutishdi. Bugungi kunda Nurali Alpomish asari ustida ish olib boryapti. Sanat haftaligida ham Alpomishdan parcha taqdim qildi. Bir soz bilan aytganda, instedodlar osmondan tushmaydi. Ular sizu bizning etiborimizga, gamxorligimizga, mehrimizga muhtoj.

Shahboz SAIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: