O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.05.2018

XUSUSIY UY-JOY MULKDORLARI SHIRKATLARI OQILONA BOSHQARILISHI KERAK

Akmal UMARALIYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi:

— Harakatlar strategiyasining ustuvor yonalishlaridan biri aholining uy-joy sharoitini yanada yaxshilash, kommunal-maishiy xizmatlar bilan taminlanish darajasini oshirish hisoblanadi. Shu maqsadda kop xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini takomillashtirish vazifasi belgilangan.

Prezidentning tegishli qarori bilan Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirligi tashkil etildi. Uning vakolat va vazifalari belgilandi. Shuningdek, 2017-2021 yillarda kop xonadonli uy-joy fondini tamirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash dasturi tasdiqlandi.

Malumki, Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirligi faoliyatining asosiy vazifa va yonalishlari sifatida kop xonadonli uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish va ekspluatatsiya xarajatlarini aniqlash boyicha talablarni nazorat qiladi. Kop xonadonli uylarni texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari, ularga tutash hududlarning sanitariya meyorlari, gigiyena qoidalariga muvofiq holda saqlanishiga rioya etilishi ustidan ham nazoratni amalga oshirish belgilangan.

Shuningdek, vazirlik har yili kop xonadonli uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish boyicha belgilangan meyor va qoidalarni hisobga olgan holda, uning umumiy mulkini, unga tutash hududlarni saqlash uchun turar joy hamda noturarjoy binolar mulkdorlarining majburiy badallari eng kam miqdorini tasdiqlaydi. Ularni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga yetkazadi.

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga kop xonadonli uy-joylarni tamirlash va butlash ishlari uchun tijorat banklar tomonidan imtiyozli kreditlar (5 yilga 9 foiz) ajratib kelinmoqda. Bugungi kunda respublikamizdagi 32 mingdan ortiq kop xonadonli uylarga 5 mingga yaqin xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat korsatmoqda.

«Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari togrisida»gi Qonun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Shirkatlar, professional boshqaruv kompaniyalari, shirkatlar uyushmalari tashkil qilindi, asosiysi, fuqarolarning oz uyini ozi boshqarish, saqlash, tamirlash masalalariga munosabati ozgardi va mulkdor ekanligini his qila boshladi. Shirkatlar tomonidan ham bugungi kunda kop qavatli uy-joylarda yashovchi fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash, texnik-servis xizmatlar korsatish sifatini oshirish, tasarrufidagi kop qavatli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, umumfoydalanishdagi joylarini tamirlash, dam olish joylari, bolalar maydonchalari qurish masalalari hal qilinmoqda.

Bugungi kunda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi buxgalteriya hisob-kitoblarini markazlashgan holda yuritish tizimini joriy qilgan.

Bularning barchasi shirkatlarda bosqichma-bosqich Billing tizimi tashkil etilishiga va www.e-kommunal.uz portaliga shirkatlar boyicha malumotlar bazasi kiritilishiga zamin yaratmoqda.

Mazkur ishlar muhim, albatta. Lekin hal qilinishi kerak bolgan masalalar ham oz emas. Xususan, aholining uy-joy va kommunal xizmatlardan foydalanish xarajatlarining ijtimoiy maqbullik darajasini oshirish, buning uchun uy-joy fondini ekspluatatsiyasini tashkil etish boyicha aniq protsessual mexanizmlarni joriy qilish maqsadga muvofiq boladi. Uy-joy mulkdorlarining majburiy tolovlarini shakllantirish boyicha chuqur asoslantirilgan meyorlar ornatilishi ham dolzarb masala bolib turibdi.

Kop qavatli uylarda yashaydigan va noturar joylarda faoliyat korsatadigan mulkdorlar orasida koproq tushuntirish ishlarini olib borish lozim. Har qanday tamirlash ishlari katta mablaglar hisobiga amalga oshiriladi. Bu ishlar faqat shirkat raisi, boshqaruv azolari yoki mahalliy davlat hokimiyat organlari emas, avvalambor, shu uyda istiqomat qilib kelayotgan xonadon mulkdorlari ishtirokida olib borilishi kerak. Oz navbatida, buning uchun aholi, yani mulkdorlarning xabardorligi va faolligini kuchaytirish talab etiladi. Shunda shirkatlar samarali ishlaydi, masuliyati oshadi.

Sohadagi faoliyatning shaffofligini taminlash, istemolchilar uchun qulayliklar yaratish maqsadida yangi zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, avtomatlashtirish darajasini tezlashtirish zarur.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: