O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
01.05.2018

JANGOHLARDAN KELGAN XATLAR OLIS XOTIRALARDAN SOZLAYDI

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi tashabbusi bilan Sergeli tumanida «Keksalarimizning farovon hayoti uchun mas’ulmiz!» loyihasi doirasida amaliy tadbir tashkil etildi.

Partiya faollari bilan dastlab Yoldosh-1 mavzesi tomon yol oldik.

— Bugungi kunda tumanimizda 40 nafar boquvchisini yoqotgan yakka-yolgiz nuroniylar hamda 14 nafar Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi yashaydi, dedi xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashidagi OzXDP guruhi rahbari, tuman partiya kengashi raisi Mirzohid Xidirov. Ularni tez-tez yoqlab turamiz. Hayot tajribalarini organamiz. Ayniqsa, tuman partiya kengashi qoshida tashkil etilgan Kongilli yoshlar guruhi bu borada faol. Ularning holidan doimiy ravishda xabardor bolishadi. Uy yumushlariga komaklashishadi. Urush qatnashchilarining xonadonlarida bolganimizda ularning xotiralarini diqqat bilan tinglaymiz, maslahatlarini olamiz.

Yoldosh-1 mavzesi 11 uyda istiqomat qilayotgan Alla Krecheveskaya xonadoniga kirib borishimiz bilan onaxon yoshlar qurshovida qolib ketdi. Fotoalbomlarini qolga olib, urush yillariga togri kelgan bolalik xotiralari haqida sozladi.

Bu suratlarda butun hayotim aks etgan, dedi u. Urush bolaligimizni, orzularimizni ogirladi. Millionlab odamlarning yostigini quritdi, qanchadan-qancha bolalarni yetim qildi. Mening otam ham urush qatnashchisi bolgan. Ozim urush yillarida evakuatsiya qilingan bolalarning biriman. Hamon yodimda, otam harbiy bolib ishlardi. Biz yashaydigan hududda evakuatsiya elon qilingan vaqtda otam xizmat vazifasini bajarayotgandi. Onam zudlik bilan meni, egizak singlim va uch yoshli ukamni olib, vokzal tomon shoshildi. Orada otamga xabar berish yolini ham qildi. Ammo biz vaqt tigizligi sabab ular bilan xayrlasha olmadik. Poyezd joyidan qozgalguncha kozimiz yolda boldi... Afsus, na oshanda, na undan keyin otamni kordik.

Onam bizga Toshkentga ketayotganimizni aytdi. Poyezd joyidan siljiganida osmonda ikki samolyot bir-birining osti-ustidan aylanib uchayotganini eslayman. Ular biroz vaqt otib, toqnashib ketdi. Poyezddagilarning bari jim boldi. Xuddi sasimizni chiqazsak, dushman bizni eshitib qoladigandek. Poyezd oz yolida davom etardi: Taqa-taq, taqa-taq...

Bir kun erta tongda kozimizni ochganimizda, musaffo osmonni kordik. Manzilga yetib kelganimizni angladik. Vokzal turli mamlakatlardan kelgan urush bolalari bilan tolgandi. Kun oxiriga borib, vokzal boshadi. Ozbek xalqi ham bu vaqtda qiynalib kun kechirar, borini urushdagi yaqinlariga jonatardi. Shu vaziyatda ham ozbeklar turli millat bolalarini ozlarinikidan kam kormadi. Uyidan joy berdi, nonini bolishdi. Onam ham tez orada poyabzal fabrikasiga ishga joylashdi. Biz oqishni davom ettira boshladik...

Oradan yetmish besh yil otdi. U kunlarni eslashning ozi ogir. Otamni yod etganimda ulardan kelgan xatlarni olib oqiyman. Goyibona suhbatlashgandek bolaman. Xotiralarim yanada jonlanadi.

Shundan song Alla Krecheveskaya ehtiyotkorlik bilan oralgan qogozdagi xatlarni qolimizga tutqazdi. Xatlar sargaygan, buklangan, ayrim sozlari ochgan, shoshilinchda yozilgani yaqqol sezilib turardi. Asta undagi satrlarga koz yugurtira boshlaymiz:

Salom, azizam Rivusya, qadrli farzandlarim. Men ayni vaqtda sog-salomatman va sizlarga ham shuni tilayman. Sizlarga bir xat jonatdim. Hozir yana birini yozishga shaylanyapman...

Sizlarni juda qattiq soginganligim bois yaqin orada xat yozolmasligim mumkin. Keyinroq fikrimni, diqqatimni bir yerga jamlab, albatta ahvolimni malum qilaman. Sizlarga soglik va baxt tilayman. Bu maktub 1943 yil 1 dekabrda yozilgan.

Sergeli-8 mavzesi 39 uyda yashaydigan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ravil Asqarovning uyida bolganimizda javonda tartib bilan terilgan yuzlab kitoblar diqqatimizni tortdi. Buni sezgan otaxon Kongilli yoshlar guruhi azolari bilan suhbatni shu mavzudan boshladi.

Kitob oqishni yaxshi koraman, dedi u. Otgan asr boshlarida nashr etilgan kitoblarim ham bor. Ularni qayta-qayta oqishdan erinmayman. Sizlar ham istagan vaqtingizda kelib, mojazgina kutubxonamdan foydalanishingiz mumkin.

Yoshlar bu taklifdan quvondi, suhbat otaxonning bolalik xotiralariga ulandi.

Namanganda tugilganman, dedi otaxon. Menga nomalum sabablarga kora, ota-onam Xitoyda asirlikka tushgan. Otamning quruvchilar otryadida xizmat qilganini bilaman, xolos. Oshanda 4-5 yoshlar atrofida edim. Ota-onam bilan lagerda yashashga majbur bolganmiz. Urush tugagandan song, vatanga qaytdik. U yerdagi dahshatlarni eslashni ham istamayman, rosti. Ammo hali-hanuz qulogimga otamning qol-oyoqlaridagi kishanlarning ovozi eshitiladi. Bazan kechalari bu sasdan uygonib ketaman. Tushimmi, hushimmi, biroz anglayolmay qolaman...

Shu kuni partiya faollari Sergey Uskov, Manzura Eshonqulova, Nozima Hayitova xonadonlarida ham bolishdi. Uy yumushlariga yordam berib, esdalik sovgalari topshirildi.

Bu yoqlovlar konglimizni togdek kotardi, dedi Manzura Eshonqulova. Bugungi tadbir tashkilotchilariga rahmat.

Katta taassurotlar bilan ishxona tomon otlandik. OzXDP Markaziy Kengashi bolim mudiri Nilufar Yoldosheva uchrashuvlardan olgan taassurotlarini sozlab berdi:

Har gal mana shunday muloqotlardan hayot haqida xulosa chiqaraman. Ayniqsa, urush qatnashchilari oldida qarzimiz kopligini anglayman. Ming afsuski, ular yildan-yilga kamayib bormoqda. Urush qatnashchilaridan eshitadiganlarimiz bizga va yoshlarga hayot yollarida asqotadi. Biz ularni nafaqat bayram kunlarida, balki har doim ardoqlab, hurmat-izzatini joyiga qoyishimiz zarur.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: