O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
01.05.2018

DAVLAT XARIDLARI SHAFFOF BOLISHI KUTILMOQDA

Qonunda davlat xaridlari tizimining huquqiy jihatlari, asosiy tamoyillari ochib berilgan. Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ sifatida belgilanib, unga davlat xaridlari bo‘yicha qator vakolatlar berildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi a’zolari hamda mutaxassislarga ayrim savollar bilan murojaat qildik.

— «Davlat xaridalari togrisida»gi Qonunni qabul qilishdan maqsad va uning asosiy jihatlari nimalardan iborat?

Erkin HOSILOV, Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bosh mutaxassisi:

Davlat xaridi tizimida shaffoflik va samaradorlikni taminlash masalasi qonunchilikni takomillashtirishni taqozo etdi. Yangi qonunda elektron davlat xaridining davlat boshqaruvi tizimi, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarni isloh qilish sharoitida resurslardan oqilona foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish, nazorat qilishning zamonaviy shakl hamda uslublarini joriy etish kozda tutilgan.

Shuni alohida takidlash kerakki, davlat va korporativ xaridlarining hamda tender savdolarini tashkil etishning amaldagi tartibi zamonaviy talablarga javob bermaydi. Turli xil korrupsiya korinishlari uchun sharoit yaratadigan koplab kelishish bosqichlari, bir-birini takrorlaydigan tartib-taomillar va sansalorlik holatlari mavjud. Bundan tashqari, tender jarayonlarining chozilishi, narx-navoni manipulyatsiya qilish, tovarlarning sifati, tavsifi haqidagi malumotlarni buzib korsatish va elektron savdoda tuzilgan bitimlar boyicha tovarlarni yetkazib bermaslik holatlari koplab kuzatildi.

Qonun davlat dasturlarini, Prezident farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlari, hukumat qarorlarida nazarda tutilgan loyihalar, korxona va tashkilotlarning xojalik faoliyatini royobga chiqarishda amalga oshiriladigan davlat xaridlariga nisbatan amal qiladi. Qonunni qollashni soddalashtirish uchun ayrim tushunchalarga batafsil izoh berilgan. Masalan, davlat xaridlarining subektlari, davlat xaridlari togrisidagi shartnoma, xarid qilish tartib-taomili, maxsus axborot portali operatori, elektron davlat xaridlari kabi tushunchalar tushuntirilgan.

Qonundagi muhim masalalardan yana biri shuki, davlat xaridlarining ochiqligi, shaffofligini taminlash maqsadida tegishli davlat organlariga, davlat xaridlari subektlariga, jamoatchilikka davlat xaridlari togrisidagi axborotdan toliq, oz vaqtida, erkin va bepul foydalanish imkoniyati yaratilmoqda. Bundan tashqari, Qonunda amalga oshiriladigan loyihalarning maqsadga muvofiqligi, asoslantirilgani va rentabelligini tahlil qilish, baholash qoidalari ifoda etilgan. Ularning qiymatini oshirib korsatish va boshqa suiistemolchilik alomatlarini aniqlashni taminlaydigan meyorlar kiritilgan.

Qonunda shuningdek, davlat xaridlari tartib-taomilini amalga oshirish, shartnoma tuzish va uni ijro etish qoidalari belgilangan. Yetkazib beruvchi va buyurtmachi ortasida yuz berishi mumkin bolgan nizolar hamda kelishmovchiliklar ustidan shikoyat qilish, ularni hal etish chogida shaffoflikni royobga chiqarishni nazarda tutuvchi meyorlar ham orin olgan.

Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organning vazifalari qay yosinda amalga oshiriladi?

Qonunda byudjet mablaglarining maqsadli va togri sarflanishini nazorat qilish, davlat xaridlari ishtirokchilariga qulay sharoitlar yaratish maqsadida Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi vakolatli organ etib belgilandi va unga qator vakolatlar berildi.

Vakolatli organ davlat xaridlarini tashkil etish va otkazish tizimini rivojlantirish boyicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi. Davlat xaridlarini tashkil etish va otkazish boyicha qoidalar, uning usuli va tartib-taomilini, axborot joylashtirish, oshkor qilish hamda undan foydalanish mezonini belgilaydi.

Takidlash kerakki, davlat xaridlari sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish dolzarb masala sanaladi. Qonunbuzarlik holatlarini aniqlash va unga chek qoyishga qaratilgan chora-tadbirlar Hisob palatasi, Bosh prokuratura, Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hamda Moliya vazirligi zimmasiga yuklatilgan. Mazkur davlat idoralari sohani monitoring va nazorat qilishiga ham alohida etibor qaratilgan.

Bundan tashqari, Qonunda jamoatchilik nazoratini ornatish belginlandi. Maqsad davlat xaridlarini rivojlantirish va takomillashtirishga komaklashishdan iborat.

Davlat xaridlarini amalga oshirishda shaffoflikni taminlash masalalari haqida batafsilroq toxtalib otsangiz.

Nomon AKBAROV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

Davlat byudjeti xarajatlarining asosiy qismi davlat xaridlari orqali amalga oshiriladi. Byudjet mablaglari oqilona sarflanishi mazkur jarayonlarda ochiqlikni taminlaydi. Bu korrupsiyaga yol qoyilmasligida katta ahamiyatga egadir.

Takidlash joizki, meyoriy hujjatlarda huquqiy asos aniq, uygun, toliq aks ettirilmagan va kopgina qarama-qarshiliklar mavjudligini korish mumkin edi. Bu kabi kamchiliklar natijasida davlat xaridlarining tejamliligi, samaradorligiga putur yetgan. Barcha ishtirokchilarga nisbatan teng va xolisona munosabatda bolinmagan. Insofli yetkazib beruvchilar uchun davlat xaridlari bozorining jozibadorligi hamda raqobatdoshligi taminlanmagan edi.

Yangi huquqiy hujjat davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish, shu orqali davlat xaridlari ishtirokchilarining ishonchini oshirishga xizmat qiladi. Davlat xaridlari sohasida maxsus vakolatli organni belgilash ushbu jarayonlarni toliq nazorat qilish, tahlil yuritish va takomillashtirish imkonini yaratadi.

Davlat buyurtmachilari ikki turga byudjet va korporativ buyurtmachilarga bolinadi. Byudjet buyurtmachilar tarkibiga davlat organlari, byudjet tashkilotlari, xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yuboriladigan byudjet mablaglarini oluvchilar kiradi. Korporativ buyurtmachilar davlat korxonalari, ustav fondida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega bolgan yuridik shaxslar, shuningdek, tasischilar tarkibida ustav fondi 50 foiz va undan ortiq qismini tashkil qiluvchi yuridik shaxslar bolishi mumkin.

Qonunning togridan-togri amal qilishini taminlash uchun havolaki meyorlardan foydalanmaslik maqsadida elektron dokon, tanlov, tender va auksion otkazishning tartibi ham belgilab qoyilgan.

Yangi qonun amalda nimalarni ozgartiradi?

Davlat xaridlari asosan elektron dokon orqali amalga oshirilishi eng muhim ozgarish boladi. Bu tadbirkorlik subektlari uchun yangi imkoniyatlar yolini ochadi.

Xarid qilish tartib-taomillari davlat va jamoatchilik nazoratida bolishi juda muhimdir. Monitoring yuritilishi soha samaradorligini tahlil qilish imkonini oshiradi. Xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazorati ochiqlik va shaffoflik orqali amalga oshiriladi.

Mazkur qonun yordamida davlat xaridlarining oziga xos yangi tizimini yaratishga erishiladi. Natijada byudjet mablaglari va boshqa markazlashgan manbalar, hukumat kafolati bilan kredit resurslaridan samarali foydalanish imkoni ortadi. Davlat sektori narx-sifatning ozaro maqbulligida kerakli miqdorda zarur tovar, ishlar va xizmatlar bilan taminlanadi. Xaridlarni raqobat asosida amalga oshirishning ochiq va shaffof mexanizmi yolga qoyiladi. Eng muhimi, mazkur jarayonlarda korrupsiyaning oldini olish yolida katta qadam qoyiladi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.