O'zb  
 
01.05.2018

Prezident Shavkat Mirziyoyev Pxanmunjomda koreya davlatlari ortasidagi sammit muvaffaqiyatli otgani munosabati bilan Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inga tabrik yolladi

Koreya Respublikasi Prezidenti

Mun Chje In Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Sizni 2018-yil 27-aprel kuni koreys xalqi tarixida tom ma’noda unutilmas voqeaga aylangan koreya davlatlari o‘rtasidagi Pxanmunjom sammitining muvaffaqiyatli otgani bilan samimiy qutlayman.

Butun dunyo hamjamiyatining diqqat markazida bolganushbu uchrashuvda erishilgan ulkan natijaga Sizning qatiy pozitsiyangiz, Koreya Respublikasi hamda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi ortasidagi munosabatlarni yaxshilash, global xavfsizlik va barqarorlikni taminlash, shuningdek, mintaqada ozaro ishonch muhitini mustahkamlashgaqaratilgan tinchlikparvarlik siyosatini amalga oshirish yolidagi tinimsiz say-harakatlaringiz tufayli erishildi.

Muzokaralar samimiy va dostona muhitda otgani, uning yakuni boyicha qabul qilingan, ikki davlatni yaqinlashtirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish yuzasidan goyat muhim kelishuvlarni mustahkamlab bergan Koreya yarim orolida tinchlik va taraqqiyotga erishish, uni birlashtirish haqidagi Pxanmunjom deklaratsiyasi Koreya Respublikasi va KXDR ortasida yangi sheriklik davri boshlanganiga umid va ishonch uygotmoqda.

Ozbekiston Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud yaratish tashabbuskori sifatida, hech shubhasiz, ikki davlat ortasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish va mintaqada integratsiya jarayonlarini ilgari surishga xizmat qiladigan Koreya yarim orolidagi denuklearizatsiya jarayonini toliq qollab-quvvatlaydi.

Sizning temir yol va avtomobil qatnovini tiklash togrisidagi tashabbusingizni alohida takidlashni istardim. Bu Koreya yarim orolining bepoyon Yevroosiyo mamlakatlari, jumladan, Markaziy Osiyo bilan hamkorligini kengaytirish, uni yagona logistika tizimi va jadal rivojlangan savdo-iqtisodiy aloqalarga ega bolgan mintaqaga aylantirish uchun yangi istiqbollar ochadi.

Muhtaram janob Prezident,

Ozbekiston Respublikasi Koreya Respublikasining strategik sherigi sifatida koreys xalqining umumiy taraqqiyot va farovonlikka qaratilgan ozaro yaqinlashish, Koreya yarim orolida barqarorlik va xavfsizlikni taminlash yolidagi faol amaliy qadamlarini bundan buyon ham qatiy qollab-quvvatlaydi.

Ishonchim komil, shunday yorug kunlar keladi va koreys xalqining bolinib ketgan oilalarni birlashtirish, aloqalarni tiklash haqidagi kop yillik orzusi albatta amalga oshadi, mintaqada esa mustahkam tinchlik va farovonlikka erishiladi.

Siz, qadrdon dostim va aziz birodarimga koreya davlatlari ortasida otkazilgan sammitda erishilgan, mintaqa va butun dunyodavaziyatni ijobiy tomonga ozgartirishga, hech shubhasiz, tarixiy tasir korsatadigan kelishuvlarni amalga oshirishda mustahkam soglik va ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Siz bilan Ozbekiston zaminida yana uchrashishni sabrsizlik bilan kutib qolaman!

Chuqur hurmat-ehtirom bilan,

Shavkat MIRZIYOYEV,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: