O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
28.04.2018

BOYSUN MODDIY VA NOMODDIY MADANIYAT BESHIGI

28-29 aprel kunlari Boysun tumanida bo‘lib otadigan «Boysun bahori» ochiq folklor festivali doirasida Termiz davlat universitetida Boysun — moddiy va nomoddiy madaniyat beshigi mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya otkazildi.

Anjumanning ochilish marosimida mamlakatimizda milliy urf-odat va an’analarimizni, moddiy va nomoddiy madaniyat boyliklarimizni asrab-avaylash, tiklash va rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy etibor yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol goyalariga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilayotgani takidlandi.

Purviqor toglar qoynida joylashgan Boysun dunyo tamaddunining eng qadimgi beshiklaridan biri sifatida jahon ilm-fani ahlida katta qiziqish uygotib keladi. Insoniyatning ilk manzilgohlaridan biri bolgan bu gosha gozal tabiat manzaralari, oziga xos osimlik va hayvonot dunyosi, moddiy va nomoddiy madaniy boyliklari, serjilo noyob qadriyatlari bilan ham mashhur.

Ming yillar davomida noyob madaniy merosni oz bagrida avaylab-asrab kelayotgan Boysun 2001 yilda YuNESKO tomonidan Insoniyatning ogzaki va nomoddiy madaniy merosi durdonasi sifatida etirof etilib, 2008 yilda YuNESKOning Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ royxatiga kiritildi. Bunday nodir boylikni jahonda keng tarannum etish maqsadida Boysun bahori ochiq folklor festivaliga asos solindi.

Dunyo sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qoshgan qadimiy bu hududning milliy hunarmandchiligi, etnografiyasi, arxeologiyasini organish va tadqiq etishga qiziqish tobora ortib bormoqda, deydi Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov. Koplab xorijlik olimlar ham bu borada turli izlanishlar olib borayotir. Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada yurtimiz olimlari, mutaxassislari bilan birga Xitoy, Chexiya, Qozogiston kabi davlatlardan onga yaqin olim va ilmiy tadqiqotchilar qatnashayotgani ham buning yaqqol tasdigidir. Anjuman ishtirokchilari qadim yurt tarixi, nafis va boy madaniy merosining dunyo tamaddunida tutgan orni, shuningdek, Boysun milliy hunarmandchiligi, etnografiyasi va arxeologiyasini organish, hududda turizmni rivojlantirish bilan bogliq masalalarni ilmiy muhokama etdi. Qiziqarli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Konferensiya ishtirokchilarining maruza va maqolalari alohida toplam sifatida chop etildi.

Anjumanda Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimov sozga chiqdi.

Xolmomin MAMATRAYIMOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: