O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.04.2018

PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEV AMALGA OSHIRAYOTGAN ISLOHOTLAR BUTUN DUNYO EKSPERTLARI ETIBORIDA

Muhittin GUMUSH, Qirg‘iz-Turk Manas universiteti professori:

— Demokratiyani odamlar turlicha qabul qiladilar, uni yoqtiradigan va yoqtirmaydiganlar ham bor. Demokratiyani quyidagi sifatlar bilan ta’riflaydilar: sotsial demokratiya, liberal demokratiya, yarim demokratiya, muhofazakor demokratiya kabi. Mening fikrimcha demokratiya insonlarning asosiy haq-huquqlarini kafolatlash, soz erkinligiga erishish, fuqarolarning saylash va saylanish huquqini taminlash, shuningdek, har bir insonning munosib hayot kechirish imkoniyati demakdir.

Demokratik mamlakatlarda eng asosiy haq-huquq bu osoyishta yashash huquqidir. Bu bilan birga, talim olish huquqi, mol-mulkka egalik huquqi, sayohatga chiqish erkinligi, fikrlash hurriyati, oz erk-irodasini namoyon etish kabi tamoyillar ham demokratiyaning eng muhim belgilaridir.

1991 yilda mustaqillikka erishgan Ozbekiston tarixiy Turkiston mulkining moddiy, manaviy va madaniy boyliklarga eng serob, yuksak ilm-fan va madaniyat markazi bolgan. Bu yerda yashovchi insonlar ozining olijanobligi va mehnatsevarligi bilan atrofdagi qardosh xalqlarga namuna bolib kelishgan. Bolalik choglarimdan Ozbekiston mening eng sevgan mamlakatim edi. Osha kezlar fursat bolishi bilan bu qardosh yurtga xizmat qilishni orzu qilardim. 1992 yil sentabrda Anqara universitetidan Toshkentga kelib, Ozbekiston davlat jahon tillari universitetida ishlay boshladim. Osha davr balki, hayotimning eng gozal yillari edi. Togri, istiqlolning ilk vaqtlarida Ozbekistonda hali mustabid tuzumning asoratlari va yoqchilik sezilib turardi. Ammo biz Ozbekiston ozining salohiyati yuksak, mehnatkash va ishbilarmon xalqi bilan Markaziy Osiyoning yuragiga aylanishini orzu qilar va bu orzuning royobga chiqishiga ishonardik.

Oradan yillar otgach, Ozbekistonda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari tufayli bu qardosh olkada zamonaviy sanoat, mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektronika ashyolari ishlab chiqarish, tekstil vujudga kelgani, Ozbekiston oz buyuk kelajagi sari shaxdam qadam tashlayotganining guvohi boldik.

2016 yil 4 dekabrdagi saylovlar yakuniga kora, Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga Shavkat Mirziyoyevning saylanishi xalq bilan muloqot, demokratik erkinliklar, ishbilarmonlik tashabbuslariga keng yol ochdi. Ozbekiston Markaziy Osiyodagi qardosh mamlakatlar bilan qalin iqtisodiy-siyosiy, ilmiy-madaniy aloqalarni yolga qoygach, 1990-yillar boshidagi orzularimizning royobga chiqqanini kordik. Turk dunyosining muhim boginlaridan biri bolgan Turkiya Respublikasi bilan yaqin qardoshlik va dostlik aloqalari ornatildi. Ikki olkaning Yolboshchilari Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogonning samimiy dostligi mamlakatlarimiz ortasidagi munosabatlarga ham ijobiy tasir otkazdi. Hozir xalqlarimiz otashlangan qardoshlik va dostlik tuygulari ila bir-biriga intilmoqda.

Ozbekiston kop sonli moddiy va manaviy merosga ega bolgan mamlakat. Jahonda turistlar faqat dam olish uchun qitalararo sayohatga chiqmaydi. Madaniyat turizmi bugun dunyoda jadal rivojlanayotgan va ommalashgan turizm turlaridan biridir. Ozbekistonning ulkan turizm salohiyatini jahonga namoyon qilish, turizm sektorini rivojlantirish ila olka xalqining moddiy farovonligini oshirish juda-juda muhimdir. Ozbekistonda malum bir mamlakatlar fuqarolariga viza tartibining bekor qilinishi oqilona qaror bolib, bu qardosh Ozbekistonning dunyodagi obrosini keskin oshirdi. Turkiyadagi 80 million Ozbekistonni ota yurt deb hisoblaydigan insonlar uchun bu qarorning qanchalik yuksak qiymatga egaligini tariflashga soz ojiz.

Demokratiya aslida bir madaniyatdir va u xalqning azaliy qadriyatlari bilan uygunlashganda oz mevasini beradi. Har bir xalqda milliy shakldagi demokratik ananalar mavjud. Ozbekistonda muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyev turkiy xalqlarga, jumladan, ozbeklarga xos bolgan adolatli davlat, xalq bilan muloqotlarda yutuq va kamchiliklarni sarhisob qilish, xalq gami bilan yashash ananasini juda chiroyli bir shaklda royobga chiqarmoqda. Zero, davlatlar oz xalqini, millatini huzur-halovat, tinchlik-osoyishtalik, tokin hayot bilan taminlash uchun masuldir.

Usmoniylar saltanatining asoschisi Usmonbeyga uning ustozi shayx Erdebali shunday degan ekan: «Ey ogil! Sabr qilishni bil, gul oz vaqtidan oldin ochilmaydi. Shuni ham unutma, insonni yaxshi yashatki, davlat ham yashasin!» Demokratiyaning asosiy mazmuni ham shundadir. Demokratiya asta-asta organiladigan saboq kabi xalqning turmushi va hayot tarziga albatta kirib boradi, ornashadi. Qardosh Ozbekiston ana shu yoldan shaxdam qadam tashlab bormoqda.

Muhtaram Shavkat Mirziyoyevning samimiy ichki va tashqi siyosati tufayli yaqin 5-10 yil ichida Ozbekiston gullab-yashnashiga, qardosh Ozbek xalqi yanada boy va tokin yashashiga ishonaman.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev amalga oshirayotgan islohotlar butun dunyo ekspertlari etiborida...

Samarqand davlat universiteti professori Joliboy ELTAZAROV,

Farrux HAMROYEV tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: