O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.04.2018

OZBEKISTONNI KORISH NOBEL MUKOFOTI LAUREATI AZIZ SANJARNING 40 YILLIK ORZUSI

Aziz SANJAR, kimyogar-olim, Nobel mukofoti laureati, Shimoliy Karolina universiteti professori:

— Dunyoda O‘zbekistonni al-Farobiy, al-Xorazmiy, al-Beruniy, ibn Sino, al-Fargoniy, Mirzo Ulugbek kabi jahon fanining tamal toshlarini qoygan olimlar Vatani sifatida bilishadi.

2015 yilda menga kimyo va biokimyo fanlari boyicha Nobel mukofoti berilganida bu nufuzli mukofotni mazkur fanlarga asos solgan al-Beruniy va ibn Sinolarning avlodi sifatida qabul qilib, oldim.

Haqiqatan ham gozal yurtingiz Ozbekiston ota yurt Turkistonning qalbidir. U yerdagi qadim turkiy madaniyat, til, ilm-fanning markazlari bolmish Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xorazm kabi shaharlarda otmishda va bugungi kunda dunyo tan olgan buyuk tamaddun kamol topdi va jahoniy shuhrat taratdi.

Ulugbek madrasasida XV asrda astranomiya, matematika, kimyo, tarix kabi fanlarning taraqqiy etgani, bu madrasaning shuhrati, unda yaratilgan asarlarning, yulduzlar jadvalining Usmonli saltanati orqali Yevropaga yetib borgani hamda bu yurtlardagi ilm-fanning rivojiga turtki berganini faxr-iftixor bilan ta’kidlashni istayman.

Bugungi kunda Ozbekiston fani va madaniyatining shonli ananalarini tiklash, talim va ilm-fanni rivojlantirish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan katta kuch-gayrat sarflanayotgani meni juda quvontiradi. Ilm-fanga yonaltirilgan sarmoya va etibor, albatta, oz samarasini beradi.

Ozbekistonda yaqin yillar ichida ilm-fanning beqiyos rivojlanishiga, bu yerdan dunyoga dovrug soladigan olimlar yetishib chiqishiga ishonaman.

Yaqin kelajakda buyuk allomalar yurti Ozbekistonda bolib, u yerdagi qadimiy ilm-fan markazlarini ziyorat qilish, ozbek xalqining oz yurtini gullab-yashnatish borasida olib borayotgan faoliyati bilan tanishish niyatim bor.

Ozbekistonni korish bu mening 40 yillik orzuim. Qardosh va qondosh ozbek xalqiga, uning ilmga chanqoq yoshlariga alangali salomlarimni yollayman. Ozbekistonda korishguncha...


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: