O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
28.04.2018

KOCHALARIDAN BIRIGA KLAVIXO NOMI BERILGAN, ERTAKMONAND SHAHAR BOLMISH SAMARQANDGA SAFAR QILING

Ispaniyalik ko‘pgina sayohatchilar uchun Ozbekiston oz safarlarini rejalashtirish chogida orziqib kutilgan olkalardan biri bolib qolmoqda. Ispanlar zamini ommaviy axborot vositalarida mamlakatimizning sayyohlik sohasidagi imkoniyatlari mavzusiga bagishlangan maqolalar, radio va teledasturlar borgan sari kop kuzatilayotgani bu fikrni tasdiqlaydi. Yaqinda Valensiyaning «R?dio Manises» radiosi orqali Ozbekiston haqidagi navbatdagi radioeshittirish tinglovchilarning e’tiboriga havola qilindi.

Bugun Sayyohlik haqida deb nomlangan dasturimizning tinglovchilariga Markaziy Osiyoning yuragi — Buyuk Ipak yolining markazida joylashgan hamda ming yillar davomida Sharq va Garb ortasida koprik vazifasini bajarib kelgan Ozbekiston bilan tanishishni taklif etamiz. Biz Ozbekistonning YuNESKO Butunjahon merosi royxatidan joy olgan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva singari tarixiy shaharlari bilan tanishish uchun sizlarga noyob imkoniyatni taqdim etishni istaymiz. Radioeshittirish boshlovchisi Xulio Leal Aspano dasturni ana shunday boshladi.

Mazkur eshittirish tufayli radiotinglovchilar Ozbekiston va uning Ispaniya bilan buyuk hukmdor bobokalonimiz Amir Temur 1404 yili oz qarorgohida Kastiliya qiroli Genrix III elchisi Rui Gonsales de Klavixoni qabul qilganidan buyon davom etib kelayotgan ozaro munosabatlari haqidagi atroflicha malumotlardan voqif boldilar.

Ispaniyaliklar bu ajoyib sayohat tarixini bilishlari va faxrlanishlari kerak. Imkoniyat tugilsa ispan diplomati sharafiga kochalaridan biriga Klavixo nomi berilgan, ertakmonand shahar bolmish Samarqandga safar qiling. Biz barchangizni vatandoshimizdan namuna olishingizni taklif qilamiz, deya takidlaydi boshlovchi.

Shu tariqa 30 daqiqa davomida tinglovchilar Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz va Toshkent shaharlari boylab virtual sayohat qilish asnosida rang-barang va tokin Sharq bozorlarini tasavvur etishga, quyoshli olkamizda yetishtirilgan meva-sabzavotlarning muattar boylaridan xayolan bahramand bolishga harakat qildilar.

Eshittirish chogida hozirgi paytda Ozbekistonning Madriddagi elchixonasi orqali mamlakatimizga viza olishning tartibi soddalashtirilgani alohida takidlandi. Maqbul sayyohlik yonalishlari, tamaddi qilish va xalq amaliy sanati buyumlarini xarid qilish yuzasidan kerakli tavsiyalar ham berildi.

Dastur boshlovchining Kimda-kim Ozbekistonga borishni istasa respublikaning elchixonasiga murojaat qilishi mumkin. Vakolatxona xodimlari betakror ozbek shaharlarining sayyohlik borasidagi oziga xosliklari va gozalliklari boyicha sizni qiziqtiradigan barcha malumotlar bilan bajonudil taminlashadi, degan sozlari bilan yakunlandi.

Jahon AA,

Madrid.



DB query error.
Please try later.