O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.04.2018

QADRDON DOSTLARINGDAN YUZING OGIRMA, BORSANG, BOSHLARIGA TOJ ETAR SENI...

Xorazmda faoliyat boshlagan «O‘zbek — turkman dostlik uyi» dini, madaniyati bir, maqsadlari mushtarak ikki xalqning ozaro munosabatlarini yangi pogonaga kotarishga xizmat qiladi.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning yurtimizga davlat tashrifi davomida ikki davlat rahbarlari tomonidan qabul qilingan qoshma bayonot, siyosiy, iqtisodiy, savdo-sotiq, yol-transport, turizm sohalarida imzolangan shartnomalar yaqin kelajakdagi ozaro manfaatli hamkorlikka qoyilgan mustahkam poydevor boldi.

Davlat tashrifi davomida Turkmaniston Prezidentining davlatimiz rahbari bilan Xorazmda bolishi, Urganch tumani Goybu qishlogidagi Ulli hovli tarixiy obidasi, shuningdek, turkman mumtoz shoiri Maxtumquli tahsil olgan Xiva shahridagi Shergozixon madrasasi ziyorati barcha voha ahlini, shu jumladan bu zaminda necha asrlarki ozbeklar bilan bir oila farzandlaridek yashayotgan turkman millati vakillarini ham quvontirdi.

Safarboy ROZIMBOYEV, Urganch davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori:

Aynan istiqlol yillarida vohada yashayotgan turkmanlar uchun oz ona tilini, milliy qadriyatlarini rivojlantirishga barcha shart-sharoitlar muhayyo qilindi. Viloyatda tortta maktabda darslar turkman tilida olib borilayotgani buning isboti. Turkmanlar barcha sohalarda ozbeklar bilan yelkama-elka xizmat qilishmoqda. Ular orasida olimlar, yozuvchilar, san’atkorlar, turli darajadagi rahbar xodimlar talaygina.

Qoshni davlatlar bilan aloqalarning yolga qoyilayotgani, ozaro bordi-keldilar hech qanday tosiqlarsiz amalga oshirilayotgani barchamizni quvontiradi. Azaldan ota-bobolarimiz shu manzilni vatan tutishgan, ozbek bilan turkman ortasida ayirmachilik yoq, chunki ular bir daraxtning ildizlaridir. Xorazmda faoliyat boshlagan Ozbek turkman dostlik uyi dini, madaniyati bir, maqsadlari mushtarak ikki xalqning ozaro munosabatlarini yangi pogonaga kotarishga xizmat qiladi.

Qurbondurdi TORAYEV, Bogot tumani Xojalik qishlogidagi Qalajiq qala mahalla fuqarolar yigini faoli, mehnat faxriysi:

Qoraqumga tutash qishlogimizda necha asrlarki turkman bilan ozbek dost-qadrdon bolib yashab kelmoqda. Elatimizni Turkmanlik ham deb atashadi, bu yerda ikki yuzga yaqin turkman oilasi istiqomat qiladi. Lekin bizda sen turkman, men ozbek, degan gapning ozi yoq. Bolmagan. Ozbeklar bilan quda-anda bolib, jon tomirlarimiz birlashib ketgan.

Ikki davlat rahbarining Xorazmga tashrifini televizorda kordik, gaplarini eshitdik. Hammamizga maqul boldi. Yashirib nima qilaman, ilgari Turkmanistonning Mari yoki Toshhovuz viloyatidagi qarindoshlarimiz toy-maraka qilsa, borish mashaqqat edi, keraksiz tosiqlar qoyilgandi. Endi hammasi ortda qoldi. Bir beshikda ulgaygan ikki qardosh xalqning bir-birinikiga borib kelishiga yol ochildi.

Nodira ODAMBOYEVA, xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Ikki qoshni davlat rahbarining siyosiy, madaniy va iqtisodiy hamkorligi borasida imzolagan shartnomalari negizida qanchadan-qancha istiqbolli kelishuv, loyihalar mujassam. Bu ozaro savdo-sotiq yanada rivojlanadi, investitsion loyihalar amalga oshiriladi, yangi ish orinlari yaratiladi, degani. Ayni shu manoda, iqtisodiy kelishuvlar partiyamiz elektorati manfaatlariga tola mos tushadi.

Turkmaniston bilan davlatimiz ortasidagi dostona aloqalar mushtarakligini namoyon etgan oliy darajadagi uchrashuvlar ikki qardosh xalq tarixida yangi sahifa ochdi, azaliy qon-qardoshlik rishtalari endilikda siyosiy, iqtisodiy munosabatlar asosida yanada mustahkamlanadi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Rozimboy HASAN yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: