O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.04.2018

AKADEMIK MAHMUD SALOHIDDINOV

O‘zbekiston ilm-fani ogir judolikka uchradi.

Atoqli matematik olim, Ozbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Mahmud Salohiddinov shu yil 27 aprelda 85 yoshida vafot etdi.

M.Salohiddinov 1933 yil 23 noyabrda Namangan shahrida tugildi. 1958 yili Orta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Ozbekiston Milliy universiteti)ning matematika fakultetini tugatib, shu dargohda aspiranturada tahsil oldi. Dastlab nomzodlik, keyinchalik doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1974 yilda ilm-fan sohasidagi kop yillik samarali xizmatlari uchun Ozbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi.

M.Salohiddinov oz mehnat faoliyatini 1959 yili Ozbekiston Fanlar akademiyasining Matematika institutida kichik ilmiy xodim sifatida boshladi. Ushbu maskanda katta ilmiy xodim, bolim mudiri, direktor orinbosari va direktor lavozimlarida muvaffaqiyatli faoliyat korsatdi.

Katta ilmiy salohiyat va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bolgan atoqli olim kop yillar davomida Ozbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti va prezidenti, oliy va orta maxsus talim vaziri, Fanlar akademiyasining Matematika instituti bolim mudiri kabi masul vazifalarda xalqimiz va Vatanimizga sidqidildan xizmat qilib, mamlakatimizda ilm-fan va talim sohalarini rivojlantirish, yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga munosib hissa qoshdi.

Olimning zamonaviy ozbek matematika maktabini dunyoga tanitishda muhim ahamiyatga ega bolgan fundamental tadqiqotlari, ilmiy ishlanmalari, monografiya va maqolalari yurtimiz va chet el ilmiy jamoatchiligi ortasida yuksak etirofga sazovor boldi.

Tajribali olim mohir va talabchan murabbiy sifatida koplab yoshlarga ustozlik qildi. Uning rahbarligida onlab fan doktorlari va fan nomzodlari tayyorlandi.

M.Salohiddinov mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy hayotida ham faol ishtirok etdi. U bir necha bor respublikamiz parlamentiga azo etib saylangan edi.

Akademik M.Salohiddinovning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofoti, “Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan fan arbobi” faxriy unvoni, Fidokorona xizmatlari uchun, Mehnat shuhrati va Buyuk xizmatlari uchun ordenlari bilan mukofotlangan edi.

Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Mahmud Salohiddinovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

Sh.MIRZIYOYEV, N.YOLDOSHEV, N.ISMOILOV,

A.ARIPOV, B.YOLDOSHEV, Sh.AYUPOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: